1. Hozirgi zamon o’zbek menejmentining xususiyatlari. Menejmentning ilmiy maktablari. Ilmiy boshqaruv maktabi


Download 224.71 Kb.
bet5/13
Sana14.12.2022
Hajmi224.71 Kb.
#1005930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-amaliy

X (iks) nazariyasiga ko‘ra, namunaviy yollanma xodim - tabiatan yolqov bo‘lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo‘yin tovlashga urinadi, unda izzat talablik, mas’uliyat sezish, faxm - farosat etishmaydi. Bunday holatda xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo‘rqitib turish zarur.
Y (igrik) nazariyasi birinchisiga qarama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish saloxiyati xosdir. Bunday xolda menejerlik vazifasi kishilar o‘z maqsadiga va qiziqishlariga g‘oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni barpo etishdan iborat. Kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlarning xulq atvoriga asoslangan xolda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ishchini rag‘batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi. Albatta, xar ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof ko‘rinishda bo‘lmaydi. Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o‘zida xam birinchi, xam ikkinchi modellar sifatini muj assamlashtiradi.
Axloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab.
Menejment-fani boshqarish to‘g’risidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy iqtisodiy, sotsial, xuquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog’liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‘llashga, xar bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishga asoslanadi. Bir qator iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar xam menejment fani bilan chambarchas bog’liqdir.
Boshqarish fani bilan yuridik fanlari o‘rtasida muayyan munosabatlar mavjuddir. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, xuquqiy normalarni qanday qo‘llash xamda xo‘jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, rahbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy Hujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi.
Sotsiologiya, psixologiya va mehnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol o‘ynaydi.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog’langandir. U boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganadi. Kibernetika yutuqlari:

  • boshqaruvdagi axborot tizimini takomillashtirishga;

  • boshqarish jarayonini kompyuterlashtirishga;

  • avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratishga keng yo‘l ochib beradi.

Qayd qilingan aloqador fanlarni mukammal o‘rganish boshqarishning sir-
asrorlarini chuqur anglashga va uni samarali qo‘llashga imkon beradi.
XX asrning 60-80 - yillarida G‘arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlanadi. G‘arb nazariyotchilari ijtimoiy tizimlar maktabi boshqaruvini tashkil qilish maqsadida:

  • tizimli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishadi;

  • yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko‘rib chiqishadi;

  • bir qancha o‘zgaruvchi omillarning boshqaruvga bo‘lgan ta’sirini o‘rganishadi.

Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch.Barnard, G.Saymon) zamonaviy menejmentda qo‘yidagi to‘rt yondoshuvni asoslab beradilar.
Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini, elektron hisoblash texnikasini hamda eng yangi matematik usullar va vositalarni qo‘llagan xolda tadqiqotni o‘tkazishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini yuksaltirish kabi vazifani qo‘yadi.
Jarayon sifatida boshqaruv tadqiqotlari tahlilni tizim usullaridan keng foydalanishiga olib keladi. Menejmentda tizim yondoshuv ishlatilishi boshqaruv masalalarini yechishda umumiy tizimlar nazariyasi bilan bog‘liqdir. U tahmin qiladiki, rahbarlar tashkilotni o‘zaro bog‘langan elementlar birligiday ko‘rib chiqishlari lozim, ular: odamlar, tuzilma, texnoligiya, resurslardir.
Tizim nazariyasining asosiy g‘oyasi hech qanday harakat boshqalarga nisbatanalohida qabul qilinmaydi. Ularning echimi bir-biri bilan bog‘liq. Tizimni yondoshuvi bitta sohadagi echim ikkinchisiga ta’sir qilishidan qo‘rqardi.
70-yillarda Zamonaviy menejment ochiq tizim g‘oyasi patdo bo‘ldi.
XX asr 60-80 yillari boshqaruvda bir necha yondoshuvlar vujudga keladi, nazariyalar va maktablar paydo bo‘ladi. Ular o‘zaro bog‘langan holda yoki qaysidir darajada mustaqil yoki alohida yo‘nalishning rivojlanayotgan g‘oyalaridir. Bu davrda vujudga kelgan kontsepsiyalar va nazariyalar boshqaruv ilm maktabi umumiy nomi bilan nomlangan.
Tizimli” yoki zamonaviy menejment

  • Tizim - bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan qismlar. Har bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Tashkilot - bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga bog‘liq.

T izimli yondoshuvda tashkilotni boshqarishda asosan uni ichidagi, tarkibidagi muhitga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy) e’tibor beriladi.

  • Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topaolsak-da, biroq bu qismlarning qaysi biri muxim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali ekanligiga e’tibor qaratilmaydi.

Y axlitning qaysi bir qismi o‘ta muxim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o‘zgarishlar tashqi muhitning ta’siri bilan bog‘lab o‘rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.

  • Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • rejalashtirish;

  • tashkillashtirish;

  • rahbarlik qilish;

  • muvofiqlashtirish;

  • n azorat qilish va x.k.

  • Bunday yondoshuvga asosan:

Menejmentning operatsion tamoyiliga;
^Qaror qabul qilish nazariyasi tamoyillariga ^Matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e’tibor qaratiladi.
Endi boshqarish jarayonida nafaqat matematika; statistika, kibernetika, muxandislik fanlari, shuningdek sotsialogiya, ruxshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlar xam keng qo‘llanila boshlanadi.
Tizimli yondoshuv.Bu yondoshuv mazmuni shundan iborat, diqqatingizni faqat boshqaruvning alohida elementlariga qaratmay, elementlar natijasi boshqaruv samaradorligi bilan bog‘liq ekanini ko‘rib chiqish taqozo etiladi.
Boshqaruvda tizimli yondashuv avvalo boshqaruv ob’ekti murakkab ijtimoiy- iqtisodiy, uzgaruvchan tizim, ichki tartib va o’zaro aloqaga bir butun yaxlitlikni tashkil etuvchi unsurlar yigindisi sifatida urganilishini ifodalaydi. Tizim yondashuvi boshqariladigan ob’ektning barcha tarkibiy kismlari uzviy amal qilishini ta’minlaydi, bir tomonlama yondashuvni inkor etadi, tizimning turli unsurlari o’rtasida nomutanosiblik va karama - karshiliklarni bartaraf etishga yordam beradi va shu sababli fakat boshqaruv ob’ektiga nisbatan emas, balki boshqaruvning uziga nisbatan xam amalga oshirilishi kerak.
Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimni o’rganish jarayonida boshqaruvda tizimli yondashuv mohiyati asosan quyidagilardan iborat:

  • boshqaruv maqsadlarini yaratish;

  • quyilgan maqsadlarni amalga oshirishdan eng kam xarajat kilib, eng katta samaraga ega bulish;

  • maqsad, usul va va ularga erishish vositalariga mikdoran baho berish va faoliyatning rejalashtirilgan natijalariga ega bulishning barcha imkoniyatlarini baholash. Har bir murakkab tizim yirik tizim unsuri sifatida urganiladi, uning bu yirik tizim boshqa unsurlari bilan o’zaro ta’siri va aloqasi tahlil etiladi. Nisbatan mustakil (aloxida) tizim urganilganda uni unsurlar kuyi tartibdagi kichik tizimga ajratiladi xamda bu unsurlarning o’zaro aloqa va ta’siri ta’kik kilinadi. Masalan, agar milliy xo’jalikni urganiladigan bulsa, u bir tomondan yirik tizim sifatida, boshqa tomondan milliy xo’jalik tarmoklari unsurlari (sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, kurilish va x.k.) yigindisi sifatida tahlil kilinishi mumkin. Sanoat milliy xo’jalik tizimining unsuri sifatida xdmda kichik tarmoklar, soxalar, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar birikmasi sifatida, korxona esa xam assosaqiya, akqiyadorlik jamiyatlari, firma, birlashmalar unsuri sifatida, xam qex, bulinma, brigadalar majmui sifatida o’rganish mumkin.

Бошкариладиган кичик
тизим
Boshqaruvda tizimli yondashuv ko’plab muammolarni samarali xal etish uchun asos bulib xizmat qiladi. Uni qo’llash maqsadlarni anik bayon qilish, vazifalar kulami va bajarilishi lozim bo’lgan ish xususiyatlari haqida tasavvurga ega bulish, tizim doirasida buysunush tartibini urnatish, qaror qabul qilish va uni bajarish borasida majburiyat va javobgarlikni taqsimlash imkonini beradi.
Tizimli yondashuvning asosiy vazifasi butun tizim amal qilish samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Tizimli yondashuvni qo’llash umuman vaziyatga bauo berish barcha uolat va okibatlarni uisobga olgan uolda boshqaruv qarorlari qabul kiluvchi uar bir raubar uchun zarurdir. Boshqaruvda tizimli yondashuvni qo’llash raubardan mantikiy fikr yuritishni ya’ni, uar bir qarorga kelish va asoslash jarayonida tizimning umumiy maqsadini aniklash va barcha kichik tizimlar faoliyatini bu maqsadga erishishga yunaltirishni talab etadi. Bunda uar bir tizim undan yirikrok tizimning tarkibiy kismi sifatida urganiladi, uni rivojlantirishning umumiy maqsadi ushbu yirik tizim rivojlanishi maqsadi bilan muvofiklashtiriladi.
Tizimli yondashuvda vazifalar tashkilotga moslashtirilmaydi, aksincha tashkilot quyilgan maqsadlar va ularni ual etish usullariga muvofik holda tashkil etiladi yoki qayta tuziladi.
Kibernetika va unga bog’liq ravishda maqsadlarni va boshqaruv qarorlarini aniklash, ishlab chiqarish, tekshirish, tadbik etish, matematik usul va kompyuterni qo’llash tizimli yondashuvning muuim unsurlaridan biriga aylanib koldi. Model suzlar vositasida, formulalar yordamida bayon kilinishi, chizma bilan ifodalanishi, kompyuter yordamida tizimni amalda tushunish, yangi, ilgari noma’lum bo’lgan uakikatni topishga yunaltiriladi.
Bilimlarning hozirgi darajasi murakkab tizim bo’lgan iqtisodiyotni boshqarishda chizikli va dinamik dasturlash, yoppasiga xizmat ko’rsatish, uyinlar nazariyasini qo’llash, statistik ma’lumotlarni o’rganish jarayonida uar tomonlama korrelyaqiya usulidan foydalanish imkonini beradi.
Tizimli yondashuvning kompyuterlarni qo’llash natijasida rivojlanishi ma’lumotlarning aniklashtirilgan, kengaygan bazasidan samarali foydalanish imkonini beradi va uz navbatida axborot yigish va uni qayta ishlashni talab etadi. Iqtisodiyot tarkibi o’zgarishi haqida ilmiy asoslangan, anik axborotga ega bulmay turib, uning samaradorligini oshirish yullarini aniklab bulmaydi.
Shunday qilib, respublika iqtisodiyotiga o’zaro bog’liq jarayonlar tizimi sifatida qarash mumkin. qandaydir bir jarayon. Kompleksli yondoshish tahlil qilishda tashkilotning ham ichki ham tashqi muhit hisobga olishni ko’zda tutadi. Bu bildiradiki,kompleks tahlilda faqat ichki omillaringina emas, shu bilan tashqi omillarni ham hisobga olish kerakligini bildiradi; iqtisodiy, geosiyosat, ijtimoiy, demografik, ekologik va boshqalar. Boshqarish tizimining axborot ta’minotining funkqional aloqalarini o’rganish uchun integraqiyalash yondoshishidan foydalaniladi, uning mohiyati shundaki, izlanish ham vertikal bo’yicha(boshqarish tizimining alohida elementlari o’rtasida)ham gorizontal bo’yicha (mahsulotning hayotiyliklining barcha stadiyalarida) amalga oshiriladi.
Tizimli genetik yondoshish. Har qanday tizim o’zgarmas va doimo ham berilgan hisoblanmaydi. U mutloqo emas, eng asosiysi doimiy ham emas shuning uchun hamki, unga ichki qarama qarshiliklar xosdir.Har qanday tizim faqat faoliyat olib bormaydi, u doimo harakatda bo’ladi, rivojlanadi.U o’zining boshlanishiga ega, o’zining tashkil topishi va tiklanishini, rivojlanishi va gullab yashnashini, inqirozi va sinishini vaqtini bosib o’tadi. Bundan kelib chiqadiki, vaqt tizimning zaruriy atributi hisoblanadi. Har qanday tizim tarixiydir.
Tizimli axborotli yondoshish. Tizimning faoliyatini axborotlarni olish, qayta ishlash, uzatish va saqlashsiz tassavur qilib bo’lmaydi. Axborotlar tizim elementlarini bir biri bilan bog’lanish usulidir, har bir elementni - butun tizim bilan, va tizimni - butun tashqi muhit bilan qat’iy bog’langan bo’ladi. Aytilganlarni isboti sifatida, tizimiylikning mahiyatini uni axborotlashtirish tomonlarisiz ochib berishning imkoni yo’q.
Tizimli kommunikativ yondoshish. Har qanday tizim doimo boshqa, bir muncha yuqori darajadagisining elementidir, shu bilan uning o’zi ham bir muncha pastki darajadagi elementlardan tashkil topadi. Boshqacha aytganida, xech qanday tizim alohida ajratib qo’yilgan emas, u ko’pdan ko’p turli munosabatlar bilan turli tizimlar va notizim bilan tashkilotlar bilan bog’langan.
Tizimli tarkibli (elementli) yondoshish. Yaxlit tizimlarning ajralmas qismi bo’lib ularning elementlari, qismlari hisoblanadi, aynan shulardan yaxlit tizim tashkil topadi (shakllanadi), va ularsiz tizimning o’zi ham bo’lmaydi. Yaxlit tizim eng avvalo o’zining elementlarining (ntegrirovat) bir butun qilib birlashtirilgan mahsuloti. Ammo yaxlit tizimning elementlari tasodifiy bog’lanmagan ob’ektlarning to’plamini ifodasi emas. Ular tizim doirasida kuchli birlashgan, aynan shu tizimning elementlari hisoblanadi.
Tizimli boshqarish yondoshishi. Tizim doimo o’ziga ta’sir ko’rsatuvchi kuchlarni sezab turadi. Bular, eng avvalo ichki ta’sirlar, ya’ni har qanday tizimda bo’lishi mumkin bo’lgan ichki qarama qarshiliklar natijasi hisoblanadi.
Tizimli funksional yondoshishi. Yaxlit tizim - maqsadga to’g’ri keladigan tizim, qandaydir tanlangan maqsadga erishishga intilayotgan tizimdir (maqsadga intilavchan). Maqsad tizimda tizimni shakllantiruvchi eng muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Ammo maqsad unga erishish uchun kerakli harakatlarni bajarishni talab qiladi.

Download 224.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling