1. Inson resurslarining shakllanishi hususiyatlari. Inson resurslarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar


Personalni kasbga yo’naltirish, joy-joyiga qo’yish va yangi xodimlarni xizmat vazifasiga


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/33
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1547340
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
4-мавзу.Tashkilotda inson resurslarini shakllantirish

 
5. Personalni kasbga yo’naltirish, joy-joyiga qo’yish va yangi xodimlarni xizmat vazifasiga 
moslashtirish. 
 
Kasbga yo’naltirish – insonning xislatlari, qiziqishlari, qobiliyatini, shuningdek, milliy 
iqtisodiyotning tegishli ixtisosliklarga ehtiyojini hisobga olgan holda uni mehnat faoliyatining 
muayyan turiga qiziqishini shakllantirish, bevosita shu inson uchun eng maqsadga muvofiq bo’lgan 
hunar tanlanishini ta’minlashdir. 
Kasbga yo’naltirish odamlarni, ayniqsa o’quvchi yoshlarni faoliyat turlari, kasb-hunarlar, 
korxona va tashkilotlar, mehnat sharoitlari va yo’nalishlari bilan tanishtirish orqali amalga 
oshiriladi. 
Hozirgi davr sharoitlarida kasbga yo’naltirish sohasida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: 
— ta’limga yo’naltirilish, ya’ni mehnatga layoqatli insonga kasb tayyorgarligi turlari va 
shakllarini tanlashda, kasb ta’limini amalga oshirishdagi qiyinchiliklarni yengishda yordam 
ko’rsatish; 
— kasb axboroti, ya’ni mehnatga layoqatli insonga uning qiziqishlari va qobiliyatiga mos 
keladigan kasb-hunar tanlashda yordam berish; 
— psixologik qo’llab-quvvatlash, ya’ni shaxsiy va ijtimoiy muammolarni hal etishda yordam 
berish; 
— qayta yo’naltirish, ya’ni mehnatga layoqatli insonga uning kasb tajribasi, ish staji, sog’ligi, 
kasbga qiziqishi va qobiliya-tini hisobga olgan holda kasbiy qayta tayyorlash dasturlarini tanlashda 
yordam ko’rsatish. 
Xodimlarni kasbga yo’naltirishga ta’sir ko’rsatuvchi omillar 8-rasmda ifoda etilgan. 
O’zbekiston Respublikasida tarkib topgan ko’p ukladli iqtisodiyot turlicha qobiliyat va 
qiziqishlarga ega xodimlarga mehnat sohasida o’z o’rnini topishi uchun zarur imkoniyatlar yaratadi. 
Ayni vaqtda kasbga yo’naltirish maqsad va vazifalarini ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan bog’liq 
bo’lishi uchun zarur chora-tadbirlar ko’rilmoqda. 



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling