1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Iaslab chiqarishda gazlarni tozalash
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
32. Iaslab chiqarishda gazlarni tozalash..
Sentrifugalash, fugat, turlari, normal, turli jinsli sistemalar ,o‘rta, davriy, ajratish koeffisiyenti, xisobi, ultrafiltrlash, osmos, unumdorlik. Sentrifugalash - suspenziya va emulpsiyalarni markazdan qochma kuchlar ta’sirida yaxlit yoki g‘ovaksimon to‘siqlar yordamida ajratish jarayonidir. Suyuqlik yordamida ajratish usuli deb gaz tarkibida bo‘lgan qattiq zarrachalarni biror suyuqlik ishtirokida ushlab qolish jarayoniga aytiladi. Bu jarayon og‘irlik yoki inersiya kuchlari ta’sirida olib boriladi va gazlarni tozalash uchun ishlatiladi. Xar xil fazalardan tashkil topgan aralashmalar turli jinsiy sistema deb ataladi. (m: suyuqlik - qattiq modda, suyuqlik - gaz va xokazo) Ko‘pchilik turli jinsli sistemalar ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonlarni amalga oshirish paytida xosil bo‘ladi. Xar qanday turli jinsli sistema ikki yoki undan ko‘p fazalardan tashkil topadi. Zarrachalari juda maydalangan xolatdagi faza dispers yoki ichki faza deyiladi. Dispers faza zarrachalarini o‘rab olgan fazasi esa dispersion yoki tashqi faza deyiladi. Fazalarning fizik xolatiga ko‘ra turli jinsli sistemalar quyidagi guruxlarga bo‘linadi: suspenziyalar, emulsiyalar, ko‘piklar, changlar, tutunlar, tumanlar Suspeziya. Suyuqlik va qattiq modda zarrachalaridan tashkil topgan aralashmalar suspenziya deyiladi. Qattiq modda zarrachalarining o‘lchamiga ko‘ra suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 100 mkm dan ortik); mayin suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 0,5 - 100 mkm); loyqasimon- suspenziyalar (zarrachalar o‘lchami 0,5 - 0,1mkm); kolloid eritmalar (zarrachalar o‘lchami 100 mkm dan kichik). Sanoatda suspenziyalar juda ko‘p uchraydi. Qattiq sochiluvchan moddalarni suyuqlik bilan aralashtirish paytida suspenziyalar xosil bo‘ladi. Emulsiyalar ikki xil o‘zaro aralashtirilgan suyuqliklardan iborat bo‘lib, bunda birinchi suyuqlikning ichida ikkinchi suyuqlikning tomchilari tarqatilgan bo‘ladi. Emulpsiyaga sut eng xarakterli misol bo‘la oladi. Sut tarkibida suv va 3-4 xil yog‘ zarrachalaridan iborat. O‘z tarkibida gaz pufakchalari tutgan suyuq sistemalar ko‘piklar deb ataladi. Suyuqlik - gaz sistemasi o‘zining xossasiga ko‘ra emulpsiyalarga yaqin turadi. Changlar deb o‘z tarkibida qattiq moddaning mayda zarrachalarini tutgan gaz sistemalariga aytiladi. Chang tarkibidagi qattiq zarrachalar o‘lchami 3...70 mkm oralig‘ida bo‘ladi. Tutunlar tarkibida o‘lchami 0,3...5 mkm ga teng bo‘lgan qattiq modda zarrachalari bo‘ladi. Tutunlar bug‘ yoki gazlarning suyuq yoki qattiq xolatga kondensasiyalanish jarayoni orqali o‘tishda xosil bo‘ladi. Tumanlar suyuq va gaz fazalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Tuman tarkibidagi suyuqlik zarrachalarining o‘lchami 0,3... 0,5 mkm ga teng Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling