1. kirish nazariy materiallar reja


Tok ildiz sistemasi (chuqurligini bilish juda muhimdir)


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Tok ildiz sistemasi (chuqurligini bilish juda muhimdir) 
Muhim fiziologik davrlar 
• Kurtak bo‘rtgunga qadar bo‘lgan davr (quruq, qish mavsumida yog‘ingarchilik 
kam bo‘lgan hududlarda) ya’ni tinim davri: 
– qishdagi tinim davrida, o‘simlikni suvga bo‘lgan talabi kam bo‘ladi;
– toklarni sovuq urmasligi uchun tuproqni nam holatda ushlash tavsiya etiladi; 


30 
– kurtak bo‘rtishigacha, novda o‘sishidan to gullash davrigacha tuproqda yetarli 
namlikning mavjudligi juda muhimdir.
• Kurtak bo‘rtgandan to gullagungacha bo‘lgan davr:
– bahorgi past havo harorati va barg sathining kichkina bo‘lganligi sababli suv kam 
talab etiladi;
– faqat yangi novdalargina suv talab etadi.
• Gullashdan meva tukkungacha bo‘lgan davr:
– bu davr meva rivojlanishining birinchi davri hisob-lanadi; 
– Bu davrda suvning etarli bo‘lishi muhimdir;
– meva tugishida tuproqdagi namlikning ta’siri katta; 
– tuproqda suv etarli bo‘lganda meva rivojlanishi yax-shilanadi va hosildorlik 
oshadi;
– bu davr meva tugishidan so‘ng 3–4 xafta davom etadi.
• Mevani no‘xat kattaligidan to uzum pishgungacha bo‘l-gan davri: 
– meva rivojlanishining ikkinchi davri;
– birinchi davrga nisbatan kam suv talab etadi;
– tokning o‘sishi bu davrda sekin bo‘ladi.
• Meva pishish davri: 
– meva rivojlanishining uchinchi davri;
– meva yumshoqlashib rang kira boshlaydi;
– meva kattalashadi (hujayralar kattalashishi natija-sida), shakar iqdori oshadi va
kislotalilik darajasi kamayadi;
– ushbu davrda tokni suvga bo‘lgan talabi juda yuqori bo‘ladi;
– tok olishi oson bo‘lgan suvlar sathini ko‘p me’yorda ushlash zarur. 
Toklar meva tugish paytida etarlicha sug‘orilmasa mavsum davomida suv etarli 
bo‘lishiga qaramay uzum boshlari kichkina bo‘lib qolaveradi. Shuning uchun, meva 
tugish vaqtida namlikning etarli bo‘lishi juda muhimdir. 


31 
Terimdan so‘ng: 
– tok kelasi mavsumga zaxira to‘playdi;
– ildizlar jadal o‘sadi;
– tuproq namligini kerakli me’yorda ushlab turish kerak lekin novdalarning 
o‘sishiga imkon bermaslik zarur (novdalarning jadal o‘sishi xavflidir chunki ular 
sovuqdan himoya qiluvchi zaxirani sarflashi mumkin);
– faqat barglar faol bo‘lishini ta’minlash kerak; 
– novdalarni qishki sovuqqa chidamliligini oshirish maqsadida ularni pishib 
etilishini ta’minlash. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling