1. kirish nazariy materiallar reja


Tuproqda namni saqlashda mulchalashning ahamiyati


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

3. Tuproqda namni saqlashda mulchalashning ahamiyati 
Tuproqda namlikni saqlash uchun tuproqni mulchalash ayniqsa, qumli, shag‘alli, 
sho‘rlangan hamda shartli sug‘oriladigan tuproqlarda yaxshi samara beradi. Bundan 
tashqari, sho‘rlangan tuproqlarda mulchalash tuzni kamayishiga yordam qiladi. Mulcha 
sifatida poxol, qipiq, chirigan go‘ng, o‘rilgan o‘t, sholi qipig‘idan foydalanish mumkin. 
Mulcha 10–12 sm qalinlikda va 100 sm enlikda (radius) solinadi. Tuproqni 
mulchalaganda–70 m3G’ga suv iqtisod qilinadi. 
Tokzorlarda suvdan unumli va samarali foydalanib, bir tekisda namlikka erishish 
uchun sug‘orish ariqlarining uzunligini qisqartirish zarur. 
Suvni kuchsiz o‘tkazadigan og‘ir tuproqlarga nisbatan shag‘alli va qumli tuproqlarda 
sug‘orish ariqlarining uzunligi 100–120m dan oshmasligi kerak. Agarda uzunligi oshib 
ketsa, suv sarfi ko‘payib ketadi. Sug‘orish ariqlarini qisqartirish natijasida suvning 
iqtisodi 105 m 3G’ga ni tash-kil etadi. 
Janubiy hududlar hamda Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining lalmi 
erlari, tog‘ va tog‘oldi tumanlarida namlikni saqlash katta ahamiyatga ega. Ushbu 
hududlarda namlikni saqlash ishlarini erta boshlab, sho‘rlangan erlar-ning sho‘rini 
yuvish zarur. 
Suv tanqisligi sharoitida bor imkoniyatlardan–buloq suvidan, soylardagi suvlarni 
nasoslar orqali chiqarib sug‘orishdan foydalanish zarur. Har bir sug‘orishdan so‘ng 
tuproqda namlikni saqlash maqsadida albatta kultivatsiya o‘tkazish kerak. 
Sug‘orish imkoniyati yo‘q tumanlarda, ayniqsa, yosh va hosilli tokzorlarda 
kultivatsiya o‘tkazib, tuproqni albatta mulchalash kerak. Kultivatsiya tuproq 
strukturasini yaxshilaydi va 80 m3G’ga hajmda namlikni yig‘ish va saqlashga imkon 
yaratadi. 
Yosh tokzorlarda tupdan 60 sm uzoqlikda o‘simlikning ikki tomonidan olingan 
ariqlarning ikkala arig‘i orqali sug‘oriladi. Hosilli tokzorlarda qator orasidan bitta 40sm 
chuqurlikda ariq olinib, (imkon bo‘lsa kanavokopatelda) sug‘oriladi. Bu qisqa vaqt 
ichida asosiy ildiz tizimi joylashgan tuproqning pastki gorizontlarining namlanishiga 
imkon beradi. 
Suv iqtisodi 30% gacha yoki 210 m3/ga ni tashkil etadi. 
Suv ta’minoti etarli bo‘lmagan hududlarda sentyabrgacha imkoniyatga qarab,1–2 
marotaba sug‘orishni o‘tkazish kerak. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling