1. kirish nazariy materiallar reja


Toklarni sovuqdan saqlash


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Toklarni sovuqdan saqlash 
O‘zbekiston maydonining katta qismida ayrim yillarda qishda havo harorati minus 
25–30
o
S gacha pasayadi, bu tokni qishda ko‘mishni talab etadi. 
Novdalarning yaxshi pishishi va chiqishini ta’minlaydigan yuqori agrofonda 
o‘stiriladigan toklar yaxshiroq qishlaydi. Qishki zaxira suvi berish ham sovuqning zararli 
ta’sirini susaytiradi. 


44 
Xuddi shunga o‘xshash holni yoz oxirida azotli o‘g‘itlardan foydalanilganda ham 
kuzatish mumkin, chunki bu o‘g‘itlar novdalarning o‘sish davrini cho‘zib yuboradi va 
pishishini sekinlashtiradi. 
Toklar dastlab kuzda kesilgandan keyin ko‘mishdan oldin qator bo‘ylab qo‘ndoqlab 
yotqiziladi, MPV mashinalari bo‘lsa, tok novdalari shu mashinalar yordamida yotqiziladi. 
O‘zbekistonning shimoliy tumanlarida tok ustiga yotqizilgan tuproq uyumining 
balandligi 25–30 sm, boshqa tumanlarda esa 20–25 sm bo‘lishi kerak. O‘zbekistonning 
shimoliy tumanlarida tok uchun havfli kuzgi sovuqlar noyabrning boshida tushadi
shuning uchun tok-ni ko‘mish ishlari bu erlarda 1 noyabrda, qolgan tumanlarda 10 
noyabrgacha tugatilishi kerak. Toklar yaxshi ko‘milishi zarur. Yomon ko‘milgan yoki 
kech ko‘milgan tok kuzgi sovuqlardan, keyinchalik esa qishki sovuqlardan zararlanadi
novdalari-ni sovuq uradi va ular qurib qoladi. 
 
HOSILNI YIG‘ISHTIRISH VA TASHISH  
Uzum hosilini o‘z vaqtida va to‘g‘ri yig‘ishtirib olish uchun hosilni yig‘ishtirish 
rejasini tuzish kerak. Reja hosil miqdorini oldindan aniqlash, meva saqlagich idishlari, 
zarur bo‘ladigan transport vositalari, quritish may-donchalarini, mahsulotni qishda 
saqlash uchun omborlar tayyorlash va shu kabi bir qator ishlab chiqarish texnologik 
ishlarni o‘z ichiga oladi. 
Hosilni yig‘ishtirib olish vaqti uning pishganligi yoki ma’lum bir mahsulot ishlab 
chiqarish uzumning qandliligi va kislotaliligi bu maqsad uchun yaroqliligi bilan 
belgilanadi. Kishmish navlar qandliligi 24–25% ligida, mayiz-bop navlar–22–23% ligida 
uzib olinadi. Oq musallas ish-lab chiqarish uchun uzum qandliligi 17–18%, qizil 
musallas uchun 18–20 % ligida, xo‘raki navlar tarkibida qand miqdori 16–17% va undan 
yuqoriligida yig‘ishtirib olinadi. 
Uzum quritish yoki joylarga yuborish uchun mo‘ljallangan tokzorlarni sug‘orish 
hosil yig‘ishtirib olishdan 2–3 hafta oldin to‘xtatilishi kerak. Uzumni havo quruq vaqtda 
uzish kerak. Xo‘raki navlar tanlab, faqat pishgan uzum boshlarigina uziladi. Uzum 
boshlari o‘tkir bog‘ qaychi yoki maxsus qaychilar bilan kesiladi, bunda uzum boshini 
bandidan ushlab turish kerak. Zararlangan yoki shikastlangan mevalar alohida joylanadi. 
Uzilgan uzum boshlari yashiklarga yoki sig‘imi 10–12 kg li savatlarga joylanadi. 
Navlarni aralashtirib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Uzumni qatorning o‘rtasidan boshlab uzish va qatorning ikki tomonidagi yo‘lga olib 
chiqish kerak.
Uzum maxsus shiypon yoki joyida yashiklarga joylanadi. Uzumni yashiklarga 
joylashtirishda bandlari pastga qaratib qo‘yiladi, yashikda bo‘sh joylar bo‘lmasligi kerak, 
bunday joylarga massasi 150 gr dan kam bo‘lgan uzum boshlari joylanadi. 
Uzumni poezdlarda yoki samolyotda jo‘natishda yashik qopqog‘ining ikkita chetki 
taxtachalari qoqilgan bo‘lishi kerak. 
Yashiklarni taxlashda bu taxtachalar reyka-qistirmalar uchun tayanch bo‘lib xizmat 
qiladi. 


45 
Uzum quritish uchun sig‘imi ko‘pi bilan 20 kg li yashiklarga yig‘iladi va quritish 
punktiga tashiladi, u erda saralana-di va yaroqsizi chiqarib tashlanadi. Ezilgan va yaxshi 
pishmagan yirik uzum boshlari g‘ujumlarga bo‘linadi va keyingi jarayonga uzatiladi. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling