1. kirish nazariy materiallar reja
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)
Oziqlantirish talablari
• Quyidagilarni bilish katta ahamiyatga ega: – tokning o‘g‘itga bo‘lgan talabi; 37 – har bir o‘g‘itning vazifasi; – tokning o‘g‘itga bo‘lgan talabini fiziologik davrlarga bog‘liqligi; – o‘g‘itlash vaqti; – qancha miqdorda o‘g‘it berish kerakligi. Asosiy mineral o‘g‘itlar Eng muhim makroelementlar: – Azot (N); – Fosfor (P); – Kaliy (K); – Kaltsiy (Ca); – Magniy (Mg). • Boshqa (makro va mikro elementlar): – Temir (Fe); – Bor (B); – Marganets (Mn); – Rux (Zn); – Oltingugurt (S). Makro va mikro elementlarning ahamiyati • Azot: – o‘sishga ta’sir qiladi; – vegetativ a’zolarning tarkibi hisoblanadi; – oqsil (protein) manbai; 1 tonna hosil uchun 3,9 kg talab etiladi. • Fosfor: – energiya tashuvchi; – hujayra bo‘linishi, yangi novdalar rivojlanishini ta’minlaydi; – 1 tonna hosil uchun 3 kg talab etiladi. • Kaliy: – eng kerakli moddalardan; – tokning kaliyga bo‘lgan talabi kuchli; –moddalar almashinuvidagi рН (ishqoriylik) va kislotalilik darajasi me’yorini ta’minlaydi; – tez harakatchan; –uglevodlar harakati va sintezi, novdalarning pishish jarayonida qatnashadi, tokni sovuqqa chidamliligini oshiradi; – 1 tonna hosil uchun 1 kg talab etiladi. • Kaltsiy: – tok qismlarida ahamiyati katta (novdalar, barglar, ildizlar); – hujayra devorlarini tashkil qilish, hujayra devorlarining ozuqalarni o‘tkazish qobiliyatini yaxshilaydi; – ozuqani o‘tkazadi shuning uchun oziqlantirishda ahamiyati katta; 38 – uzum po‘stining mustahkamligini oshiradi (saqlash imkoniyati oshadi); – 1 tonna hosil uchun 0,2 kg talab etiladi (uzumdagi ulushi past). • Magniy: – fotosintez jarayonida, xlorofil donachalarida ahamiyati katta; – fermentatsiya jarayonida; – uglevodlarni hosil kilishda; – 1 tonna hosil uchun 0,1 kg talab etiladi; – uzumdagi ulushi past. – Temir: – xlorofil sintezi; – tokni nafas olishida; – рН (ishqoriylik darajasi) darajasi yuqori tuproqlardagi etishmovchiliklar. • Bor, Rux: – hujayra bo‘linishi; – gul changining rivojlanishida muhim va katta ahamiyatga ega; – bularning yetishmasligi tok changlanishiga zarar ko‘rsatadi. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling