1. kirish nazariy materiallar reja


-mavzu. TOKLARNI O‘G‘ITLASH VA ULARNI O‘G‘ITGA


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

3-mavzu. TOKLARNI O‘G‘ITLASH VA ULARNI O‘G‘ITGA 
BO‘LGAN TALABI.
 
 


36 
yaxshilash suv–havo rejimi qulayligida o‘simliklarning mineral o‘g‘itlar bilan etarlicha 
oziqlanishini ta’minlaydi. 
Shu bilan birga tok qator oralarida poliz va sabzavot ekinlarini ular uchun qabul 
qilingan o‘g‘itlash va sug‘orish texnologiyasi bo‘yicha etishtirishda ham tokzorlarda 
qulay suv–ozuqa rejimi yaratiladi. 
Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda o‘stiriladigan hosildorligi gektaridan 200–250 ts li 
tokzorlarda mineral o‘g‘itlarning asosiy me’yori 120 kg azot, 90 kg fosfor va 30 kg kaliy 
(sof holda)ni tashkil etadi. 
Hosildorligi yanada yuqori bo‘lgan, shuningdek, unumsiz tuproqlarda (qumloq, 
toshloq) o‘stiriladigan tokzorlarda fosfor va kaliy me’yorini gektariga 90–120 kg gacha 
oshirish mumkin. 
Tok novdalari yaxshi o‘smaganda yoki tupda ko‘p hosilli novda va sho‘ralar 
rivojlanib, hosil mo‘l bo‘lgan yillarda, yoki fiziologik aktiv moddalar (gibberellin, TUR) 
qo‘llanilganda, toklarni birinchi marotaba may oyida, ikkinchi marotaba 10–15 kundan 
keyin gektariga 60 kg azot, 45 kg fosfor va 15 kg kaliy bilan qo‘shimcha mineral 
oziqlantirish talab etiladi. 
Sug‘orilmaydigan erlardagi tokzorlarda tuproqda etarlicha nam to‘planganda (kech 
kuz va bahorda) organik o‘g‘itlar aralashmasini solish kerak, bu o‘g‘itlarning o‘simlik 
ildizlariga yaxshi etib borishini ta’minlaydi. Bunday sharoitda o‘g‘itlarni chuqurchalarga 
solish ayniqsa, samaralidir. O’rtacha qumoq tuproqlarda gektariga 3 t go‘ngni mineral 
o‘g‘itlar gektariga 60 kg dan azot va fosfor va 15 kg kaliy bilan 30–40 sm chuqurlikka 
solish zarur. Og‘ir qumoq tuproqlarda 1t go‘ng bilan 30–40 sm chuqurlikka solish zarur. 
Og‘ir qumoq tuproqlarda 1t go‘ng gektariga 120 kg azot, 90 kg fosfor va 30 kg kaliy bilan 
qo‘shib 40–50 sm chuqurlikka solinadi. 
Kompleks mineral o‘g‘itlar (ammofos, nitrofos va boshqalar) oddiy o‘g‘itlarga 
nisbatan bir qator agrokimyoviy iqtisodiy afzalliklarga ega. 
Ozuqa elementlari bo‘yicha ularni solish miqdori oddiy o‘g‘itlar uchun tavsiya 
etilgan miqdor bilan bir xil. Shunga ko‘ra ozuqa elementlari tarkibini ko‘paytirish uchun 
kompleks va oddiy o‘g‘itlardan birgalikda foydalanish kerak. 
Masalan sug‘oriladigan hosildor tokzorlarda har yili bahorda toklar ochilgandan 
keyin gektariga 225 kg ammofos bilan birga 225 kg ammiakli selitra va 250 kg kaliy 
tuzlari yoki 455 kg nitrofos hisobidan mineral o‘g‘itlar solinadi. 
Toklarga gullashdan ikki hafta oldin ventilyatorli purkagichlar bilan ishlov beriladi. 
TUR ta’sirida hosildorlik 40 % ga oshadi. 
Uzum boshining o‘rtacha og‘irligi yaxshi meva tugishi hisobiga 1,5–2 marotaba 
ortadi. Urug‘siz navlarga TUR preparatining 1% li eritmasi bilan gullashidan 2 hafta oldin 
ishlov berish maqsadga muvofiqdir, keyin to‘pgullarga giberellin eritmasi purkaladi. 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling