35
Er tokining noqulayliklari:
– hosil olish imkonining pastligi;
– kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashda
qiyin-chilikka duch
kelinishi (kimyoviy preparatlarning tokning hamma joyiga etarli sepilmasligi);
– begona o‘tlarni nazorat qilishning juda mushkulligi;
– uzum boshlarining sifati past (tuproqqa yaqin bo‘l-ganligi uchun);
– barcha ishchi kuchi bilan qilinadigan
tadbirlarning murakkabligi
(kesish, shakl berish,
xomtok qilish, chilpish va terim).
36
O‘zbekistonda aksariyat hududlar keskin kontinental iqlim sharoitiga ega
bo‘lib, qishki harorat -20
0
dan-30
0
S gacha pasayadi. Vitis viniferaturiga oid bo‘lgan
toklar bunday qattiq qishga kam chidamli bo‘lib, sovuq
urib ketish ehtimoli juda
yuqoridir. Shuning uchun ham, bunday hududlarda
sovuqdan himoya qilish
maqsadida toklar ko‘miladi. Bu o‘z navbatida simbag‘azlardan foydalanish imkonini
chegaralab qo‘yadi. Shu sababli, bu hududlarda etishtiriladigan
toklar-ning
ko‘pchiligi er tok usulida etishtiriladi.
Biroq bunday mintaqalarda ko‘milmaydigan joylarga qaraganda uzum
etishtirishning o‘ziga xos mushkulligi bor. Chunki uzumchilikda
hosildorlikning
o‘lchami gektardagi tok tuplarining soni bilan emas, balki har bir qatordagi bo‘sh
joylardan samarali foydalanish bilan o‘lchanadi. Tok tup-lari orasidagi mahsuldor
bo‘lmagan bo‘sh joylar hosilni ka-maytiradi. Shuning uchun
tok tuplarini har ikki
tomonidan baravar o‘stirish muhim hisoblanadi.