1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi
Xromatografiyaning nazariy asoslari
Download 0.5 Mb.
|
1. Kompleksimetriya usullarining sinflanishi
22.Xromatografiyaning nazariy asoslari
Xromatografiya usuli 1903-yilda rus botanigi M.S.Svet tomonidan tavsiya qilingan. Har qanday xromatografik sistemada A modda molekulasi turg'un va harakatchan fazalar orasida dinamik muvozanatda bo'ladi. Ax-Am Moddaning kolonka bo'ylab harakati natijasida diffuziya tufayli cho'qqilaming kengligi yemiriladi (yuviladi). Cho‘qqilaming kengligi xromatografik sistemaning samaradorligi bilan belgilanadi. Xromatografik yo‘l yemirilishining o‘lchovi sifatida uzunlik o‘lchamiga ega bo'lgan kattalik - nazariy tarelkaga ekvivalent balandlik (h) (NTEB) qabul qilingan: Xromatografik kolonkani bir necha o'zaro ajralgan tarelkalar qatori, deb qarash mumkin. Bunda har bir tarelkada muvozanat holati (taqsimlanish) o'matiladi va harakatchan faza moddaning bir qismini bir tarelkadan ikkinchisiga va hk. tashiydi. Fazalararo tashilishda zonada moddaning turg'un sorbent va harakatchan faza orasida yangicha taqsimlanishi kuzatiladi. Oqibatda modda bir necha qatlamlarda taqsimlanadi, uning konsentrasiyasi, ayniqsa, o'rta qatlamlarda eng ko'p bo'ladi. Modda qatlamlar orasida qancha ko'p tarqalsa, xromatografik sistemaning samaradorligi shuncha kam bo‘ladi. Moddaning ushlanish vaqti nazariy tarelkalar soniga mutanosib, ya’ni: Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling