1-laboratoriya ishi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash Ishning maqsadi


Solodni amilolitik aktivligini aniqlash


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/40
Sana03.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1690947
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
download-edfiles-21919

Solodni amilolitik aktivligini aniqlash
. Shtativga 3 qator qilib nomerlangan 
prrobirkalar qo„yamiz. Birinchi qatordagi hamma probirkalarga pipetka bilan 1 ml dan 
distillangan suv quyamiz, birinchi probirkaga 1 ml α – amilaza eritmasini qo„shamiz. 
Birinchi proibirkadagini aralashtirib, unga “grusha” dan pipetka orqali havo yuboramiz. 
Birinchi proibrkadan pipetka orqali 1 ml olib, uni 2 chi probirkaga solamiz. 2 chi 
probirkani aralashtirib, 1 ml olib 3 chi probirkaga solamiz. Xuddi shu yo„l bilan 4 chi va 
5 chi probirkalarda eritma tayyorlaymiz. 
Ikkinchi qatordagi probirkalarga α – amilaza eritmasini suyultirish yo„li bilan 
qo„shiladi. Uchinchi qatordagi probirkalarga solod ferment preparatining asosiy 
eritmasidan qo„shiladi. 
Hamma probirkalarda suyultirilgan ferment preparatlarini eritmalarni 1 ml dan 
qolishi kerak. 
Hamma probirkalarni 40 
0
C haroratda termostatlash kerak. Suv hammomidan 
probirkalarni olmay turib har biriga 2 ml dan 0,1 % kraxmal eritmasi 10 minutdan keyin 
esa 2 ml yod ishchi eritmasi qo„shiladi. (0,1 n HCl eritmasida tayyorlangan) 
Rangli eritmalarni optik zichligini fotoelektrokolorimetrda o„lchanadi. Bunda 
kyuvetaning qalinligi 10 mm, svetofiltrning to„lqin uzunligi 670 nm bo„ladi. 
Eritmadagi kraxmalning qoldiq kontsentratsiyasi (C
kol
-mg/ml) kalibrovkali egri 
chiziq orqali topiladi. 
Gidrolizlangan kraxmal miqdorini (X, mg) quyidagi formula orqali topamiz: 
X = (C
ber 
- C
kol
)
.
V, 
Bu yerda: 
C
ber
– ishchi eritmadagi kraxmal konsentratsiyasi, mg/ml; 


C
kol
– kalibrovkali egri chiziq orqali topilgan, ishchi eritmadagi kraxmalni qoldiq 
konsentratsiyasi, mg/ml; 
V – kraxmal ishchi eritmasi hajmi, ml 
Eksperiment natijalari quyidagi jadvalga yoziladi. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling