1. Marketing tizimi haqida tushuncha
Download 91.22 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Makromarketing va mikromarketing
Marketing tizimi - F.Kotler fikricha, korxona bilan uning hamkorlari va tovar (xizmat)lari sotiladigan bozordagi subyektlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi eng muhim munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi (majmuyi)ni ifodalaydi. Marketing tizimiga ta’minotchilar, vositachilar, sotuvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bozor subyektlari kiradi.
Marketing tizimi korxonaning bozordagi faoliyat strateiyasiga qarab shakllanadi va undagi o‘zgarishlar asosida yangilanaveradi. Marketing tizimining shakllanishiga va o‘zgarishiga asosiy sabab bozor konyunkturasi hisoblanadi. Marketing tizimi korxona tashqi muhitini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, texnik-texnologik, siyosiyhuquqiy va madaniy omillar ta’sirida shakllanadi va faoliyat yuritadi. Uning muvaffaqiyatli faoliyati korxona imkoniyatlarini bozor faoliyatiga nechog‘lik muvofiqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga marketing tizimiga korxonaning raqobatchilari sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ko‘pincha ularning bozor strategiyalari o‘zgarishi bilan tizimda yangi yo‘nalish boshlanishiga olib keladi. Aniq korxona uchun marketing bo‘limi haqida Nizom ishlab chiqishda korxonaning xususiyatlari: strategik maqsadlari, vazifalari, boshqaruvning tashkiliy strukturalari, faoliyat sohasi, biznes turining soni, moliyaviy, mehnat resurslari, shuningdek, qonunchilik va me’yoriy hujjatlar hisobga olinadi. F.Kotler marketing tizimi tushunchasiga kompleks yondashib, uni jiddiy bozor munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi deb tushunib, firmaning bozorlarga bevosita bog‘liq faoliyatiga katta e’tibor beradi. Bunday sharoitda firmaning ichki va tashqi muhiti tahliliga alohida e’tibor qaratish zarur. Demak, marketing tizimi – firma faoliyatining operativ va strategik yo‘nalishini belgilab beradigan tashkiliy, boshqaruv, rejalashtirish sohalariga tegishli to‘xtovsiz jarayon, subyektlar, vositalar va axborot oqimlari kompleksidir. 2. Makromarketing va mikromarketing 1986 – yilda F.Kotler megomarketing tushunchasini muomalaga kiritdi. Bu tushuncha maqsadli iste’molchilarga nafaqat tovar va xizmatlar taklif etish, balki bozor muhitining makro guruhlari bilan imkoniyat darajasida kelishilgan holda faoliyat olib borishni nazarda tutadi. Ayirboshlashning maqsadi, u yoki bu faoliyatning natijalariga ko‘ra tijorat va notijorat marketingi farqlanadi. Tijorat marketingi – foyda olish maqsadida daromadi yuqori kompaniyalarda asosan, savdo va xizmatlar sohasida qo‘llaniladi. Ko‘p tarqalgan tovarlar va xizmatlar turlariga muvofiq shakllangan faoliyatdir. Ijtimoiy tashkilotlarda – maktab, kasalxona, bolalar bog‘chasi, qariyalar pansionati kabilarda notijorat marketing tadbirlari o‘tkazilib, tashkilotlardagi muammolar aniqlanadi va chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Professor X.Meffert tomonidan tijorat marketingining asosiy shakllari tavsiflangan. Hududiy jihatlariga qarab: milliy, mintaqaviy, lokal va xalqaro (eksport, global va jahon) marketingi; qo‘llanish sohasiga qarab iste’mol, sanoat, investitsion va xizmatlar marketingi xarakterlanadi. Bugungi kunda jismoniy shaxs yoki tashkilotning faoliyat turiga qarab tashkilot marketingi, shaxs marketingi, joy marketingi, ijtimoiy marketing qo‘llaniladi. Tarmoqli marketing – sotish tizimi bo‘lib, mahsulot iste’molchilarining o‘zlari ham uning tarqatish jarayonida qatnashishlari yangi tarmoqlarni yaratishlariga imkoniyat beriladi. Tarmoqli marketing – bu tovarlarni mustaqil ravishda tarqatuvchi sotuvchi agentlarning tarmoqli tashkilotini yaratishga asoslangan tovarlar chakana savdosining bir turidir. Mikrodarajada marketing ishlab chiqaruvchi va iste’molchini o‘rganish uchun dasturlar yaratiladi. Mikromarketing (ingl. Micromarketing) — iste’mol bozorining alohida geografik, demografik va psixografik segmentlariga yo‘naltirilgan marketing dasturlari ishlab chiqilishi, mahsulotlar ishlab chiqarilishi, firma bozor strategiyalari va reklama kompaniyalari borasidagi aniq maqsadga qaratilgan marketing sa’y-harakatlari. Mikromarketing – «ma’lum bir kompaniya tomonidan iste’molchilarning xohish va istaklarini qondirgan holda tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq harakatlar majmuasidir». Fransuz olimi J.J. Lamben bozor iqtisodiyoti sharoitida makromarketingning ahamiyatini yanada batafsilroq ochib berib, uni iqtisodiy demokratiyaning muhim omili sifatida talqin qiladi. Aynan makromarketing iste’molchini birinchi bo‘lib eshitadi va iste’molchi talabidan kelib chiqib, investitsiyalarni, innovatsiyalarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltiradi. Makromarketing hozirgacha nazariy jihatdan bahs — munozaraga sabab bo‘lgan muammo hisoblanadi. 1960 – yilgacha turli marketing yo‘nalishlari o‘z diqqat – e’tiborini makromarketing muammolariga qaratdi. Tashqi muhit o‘rganilmagan holda sotuv va iste’molchi bilan munosabatlar o‘rnatildi. Bozor infrastrukturasining rivojlanishi jamiyatning ehtiyoj va talablarini yuqori darajada o‘rganish muhimligiga urg‘u berdi. AQShda o‘sha davrda marketingni jamiyatning bir faoliyati turi, deb ham qarashgan (R. Xollovey, Dj. Fiska, R. Xinkok va b.). Download 91.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling