1. Marketing tizimi haqida tushuncha
Marketing klassifikatsiyasining asosiy xarakteristikalari
Download 91.22 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing turi Marketingni qo‘llash sohasi Marketing qo‘llashning shakli va yo‘nalishi
- Xalqaro marketing
- To‘g‘ri marketing
Marketing klassifikatsiyasining asosiy xarakteristikalari
Xalqaro marketing - tashqi iqtisodiy faoliyat, jahon bozori marketingidir. Uning mamlakat ichki bozorlari marketingidan ko‘pgina farqi bor. Avvalo, jahon bozoriga har bir mamlakat o‘z marketing strategiyasi bilan kirish uchun tanlangan mamlakatning umummadaniy va iqtisodiy muhitlarini chuqur tahlil qilishi zarur. Shu bilan birga xalqaro marketing: firmaning tashkiliy ishlarini jahon standartlari darajasida, mahsulotni rejalashtirish, sotish, harakatini tashkil etish va narxlashtirishda o‘ziga xos talablar qo‘yadi. Xalqaro marketing strategiyasi eksport, import va qo‘shma korxonalar tashkil etishga alohida-alohida yondashishni taqozo etadi. Xalqaro marketing jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini, tashqi muhitni, aniq bozorni tanlash va unga kirish usullarini aniqlash, marketing rejasini tuzish, raqobatchilar faoliyatini tadqiq qilish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. To‘g‘ri marketing - Interaktiv marketing tizimi bo‘lib, iste’molchining istagini uyg‘otish, uning buyurtmasini olish uchun bir yoki bir necha media reklama vositalaridan foydalanadi. To‘g‘ri marketingni iste’molchidan to‘g‘ri buyurtma olish marketingi ham deyiladi. To‘g‘ri marketing xaridorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish va saqlab qolishga imkon beradi. To‘g‘ri marketing - kataloglar, pochta orqali to‘g‘ri jo‘natish va telemarketlardan foydalanib savdo qilishni bildiradi. Tashkilot marketingi - alohida aniq tashkilotlarga tegishli bo‘lgan vaziyatni qo‘llab-quvvatlash yoki o‘zgartirish, shuningdek, kerakli muhit tashkil qilish maqsadida qo‘llaniladigan amaliy faoliyat. Download 91.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling