1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi


Download 1.52 Mb.
bet11/38
Sana26.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1128426
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
EEICH vaU lotin

Sinxron generatorini kompaundlash. YUklamaning o‘zgarishida sinxron generatordan yuklamaga beriladigan kuchlanish ma’lum sabablarga ko‘ra gox kamayib, gox ko‘payib turadi. YUklamaning o‘zgarishida kuchlanishning o‘zgarmasligi uchun generatorning qo‘zg‘atish tokini rostlab turish kifoya. Bunda qo‘zg‘atish chulg‘amidagi iK tokini reostat orqali rostlashdan ko‘ra generator qo‘zg‘atkichi tokini rostlash tejamlirok bo‘ladi. Kuchlanishni avtomatik ravishda o‘zgartirmay saqlash uchun maxsus kuchlanish rostlagichlari yoki maxsus sxemalardan foydalaniladi. Bunday maxsus kuchlanish rostlagichlari yoki maxsus sxemalardan foydalaniladi. Bunday maxsus sxemadan foydalanish sinxron generatorini kompaundlash deyiladi. 7-rasmda kompaundlangan sinxron generatorning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Unda yuklama tokining ortishi bilan toktransformatori (TR)ning ikkilamchi chulg‘amidagi EYUK ko‘payib to‘g‘rilagich T dan qo‘zg‘atgich K ning qo‘zg‘atish chulg‘amiga beriladigan tok kuchayadi va natijada generatorning qo‘zg‘atish toki kupayib, uning kuchlanishi avtomatik ravishda o‘zgartirilmay saqlanadi.

O‘rta va kichik kuvvatli sinxron generatorlarning kuchlanishini o‘zgartirmay saqlash uchun maxsus rostlagichlardan xam keng foydalaniladi. Sinxron generatorlarning parallel ishlashi. Elektr stansiyalarda generatorlar o‘zaro parallel ulanib, o‘z energiyasini umumiy shinaga beradi. Bunda yuklamaning ko‘p-ozligiga qarab, parallel ulangan generatorlar soni o‘zgartib turiladi vashu bilan xar bir generatorning to‘la quvvat bilan ishlashi ta’minlanadi. SHuningdek, bir necha elektr stansiyasi o‘zaro parallel ulanib, umumiy energosistema tashkil qilishi mumkin. Bunda elektr stansiyalarining foydali ish koeffitsienti yuqori bo‘ladi, ularda o‘rnatilgan mashina-agregatlar va uskunalardan yaxshiroq, to‘laroq foydalaniladi va extiyot generatorlarining soni kamayadi. Sinxron generatorlarnin

parallel ishlashida quyidagi shartlarga rioya qilinishi: 1) ishlab turgan va parallel ulangan generatorlarning kuchlanishi bir xil, fazalari esa 1800 burchakka surilgan bo‘lishi; 2) generatorlarning chastotalari o‘zaro teng va ularning fazalari bir xil k etma-ketlikda bo‘lishi kerak.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling