1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi
Download 1.52 Mb.
|
EEICH vaU lotin
Sinxron generatorning yakor reaksiyasi. EYUK xosil qilinadigan chulg‘amni yakor chulg‘ami deb olingani sababli, sinxron generatorining stator chulg‘amini xam yakor chulg‘ami deb deb karash mumkin. SHunga binoan, stator tokidan xosil bulgan aylanuvchi magnit maydonining rotor qutblaridagi asosiy magnit maydoniga bo‘lgan ta’siri Sinxron generator yakor reaksiyasi deb yuritiladi. O‘zgaruvchan tok mashinalarida yakor reaksiyasi yuklama tokining qiymatidan tashqari, uning xarakteriga xam bog‘lik. Amaliy xisoblashlarda sinxron generator quvvat koeffitsienti sos =0,8 bo‘lgan aktiv-induktiv yuklamada ishlaydi deb qabul qilinadi. YUklama tokining induktiv tashkil etuvchisidan xosil bo‘lgan bo‘ylama magnit oqimi asosiy magnit okimiga teskari yo‘nalgan, shu sababli uni kamaytiradi. YUklama tokining aktiv tashkil etuvchisidan xosil bo‘lgan ko‘ndalang magnit oqimi esa uni burib, qutbning bir tomonida zo‘raygan, ikkinchi tomonida sustlashgan magnit oqimini yuzaga keltiradi. 3-rasm, a da sinxron generator MYUK larning aktiv-induktiv yuklamadagi, 3-rasm, b3-rasmda aktiv sig‘im yuklamadagi vektor diagrammalari ko‘rsatilgan, Sinxron generator yakor reaksiyasining magnitsizlantirish ta’sirini yo‘qotish uchun uning qo‘zg‘atish tokini ko‘paytirish kifoya. Ammo, bu qo‘zg‘atish tokining nominaldan ortig‘i qo‘zg‘atish tokining nominaldan qo‘zg‘atish chulg‘amini xavfli darajada q izdirib yuborishi mumkin.Sinxron generatorning salt ishlash tavsifi. Sinxron generatoridagi EYUK E0 ning qo‘zg‘atish tok ik ga boglanish ifodasi E0f(iK) – Sinxron generator salt ishlash tavsifi deyiladi. 4-rasmda sinxron generatorning salt ishlashdagi ulanish sxemasi va sinxron generator salt ishlash tavsifi kursatilgan. Sinxron generator salt ishlash tavsifiyuklama ulanmagan generator rotorining nominal chastotada aylanishida, ya’ni n=nH=const, f=fN=const bo‘lgan sharoitda olinadi. Bunda qo‘zg‘atish toki iK=0 bo‘ladi, generator qoldiq magnetizmdan xosil bo‘lgan EYUK Eqol dan foydalanib ishga tushiriladi. Sungra iK oshira boriladi. Bunda EYUK avval iK ga proporsional ravishda, qutb o‘zaklarini to‘yingandan keyin esa egri chizik bo‘yicha ko‘payib boradi.Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling