1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi
Download 1.52 Mb.
|
EEICH vaU lotin
Parallel ishlashiga ulash usullari. Generatorlar parallel ishlashiga ikki xil usulda: 1) aniq sinxronlashtirish va 2) o‘z-o‘zini sinxronlashtirish usuli bilan ulanadi. Birinchi usulda parallel ishlashga ulanadigan generatorlar o‘zaro sinxronlashtiriladi, ya’ni parallel ishlash shartlariga javob beradigan xolatga keltiriladi. Generatorning sinxronlashtirilgan xolati strelkali yoki cho‘g‘lanish lampalaridan iborat sinxronoskop deb ataluvchi asbob bilan aniqlanadi. Aniq sinxronlashtirish usulida generatorni tezda parallel ishlashga tushirib bo‘lmaydi. O‘z-o‘zini sinxronlashtirish usuli esa generatorni tezda parallel ishlashga o‘tkazish imkonini beradi. SHu sababli bu usuldan keng foydalaniladi. Bu usulda xam qo‘zg‘atish toki berilmagan generator birlamchi motor yordamida nominaldan 2…5% past chastota bilan aylantirilib, parallel ishlashga ulanadi va darxol unga qo‘zg‘atish toki beriladi. SHundan sung generator bir-ikki sekunda o‘z-o‘zidan sinxronlashib oladi. Parallel ishlashga ulanish paytida generatorning toki nominaldan bir necha marta kattalashib ketadi, ammo bunday rejim qisqa vaktda tugaydi. SHu sababli uning generator uchun xavfi yo‘q. O‘z-o‘zini sinxron usulida parallel ishlashga ulangan generator fazalarining ketma-ketligi ishlab turgan generatorlarnikiga moslanadi. Undagi EYUK elektr tarmog‘idagi U kuchlanishga teng, fazasi esa unga teskari qilinadi. SHu sababli bu generator chulg‘amidan tok o‘tmaydi, u yuklamasiz (salt ishlash rejimida) ishlaydi. Parallel ishlashga ulangan generatorning yuklama olishi uchun birlamchi motorning aylantiruvchi momentini oshira borib generatordagi EYUK E0 vektorini elektr tarmog‘idan V kuchlanish vektoriga nisbatan burchakka o‘zgartirish kifoya. Bunda ΔE=E0-UTta’sirida generator chulg‘amidan tok o‘tadi. Natijada generator elektr tarmog‘iga aktiv p=MUIcos quvvat bera boshlaydi. Parallel ulashga ulangan (salt ishlash rejimidagi) generatorning qo‘zg‘atish toki iK uning nominal qo‘zg‘atish toki deyiladi. Agar qo‘zg‘atish toki nominaldan oshirilsa, EYUK Eo ning kiymati tarmoqdagi UTkuchlanishdan oshib, xosil bo‘ladi. Bu ΔE EYUK ta’sirida statorchulg‘amidan ΔE dan 900 orqada qoluvchi, UT dan esa 900o‘zuvchi reaktiv ip= o‘tadi (bunda agar chulg‘amning aktiv karshiligi xisobga olinmagan bo‘lsa). Agar qo‘zg‘atish toki nominaldan kamaytirilsa E0 kiymati UT dan kamayib yana ΔE=E0-UTta’sirida ΔE va UT dan 900 dan orkada qoluvchi, ammo E0 dan 900o‘zuvchi reaktiv Ip= toki xosil bo‘ladi (8-rasm). Bu xulosani yakor reaksiyasiga asosan ham chiqarish mumkin.Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling