12-rasm
Statorga uch fazali tok berilsa, rotordagi qisqa tutashtirilgan chulg‘am tufayli sinxron motorlarasinxron motor singari ishga tushiriladi. So‘ngra uning aylanish chastotasi asinxron chastotan2=n1(1-S)ga tenglashganda rotorning qo‘zg‘atish chulg‘amiga o‘zgarmas tok beriladi. Bunda rotor va statordagi aylanuvchi magnit maydonlarining qarama-qarshi qutblari o‘zaro tortishib, guyo elastik zanjir bilan bog‘langandek bo‘lib qoladi va natijada rotor xam sinxron n1chastotada aylana boshlaydi. SHu sababli bunday motor sinxron motorlar deyiladi. Sinxron motorlarning salt ishlash rejimida rotor va stator magnit qutblarining o‘qlari orasidagi burchak nolga teng. YUklama rejimida esa rotor qutblari biroz ketinda kolib, >0 bo‘ladi. Sinxron motorlarning yuklamasi nominalga tenglashib, undan biroz oshguncha burchak kattalashib boradi va bunda rotor o‘zgarmas sinxron chastotada aylanishni davom ettiraveradi. Sinxron mashinalarning almashinish prinsipi. Elektr tarmog‘i bilan parallel ishlashga ulangan sinxron generatorni aylantiruvchi birlamchi motorning aylantirish momenti kamaytirib borilsa, generatordagi Eo EYUK va tarmokdagi UT kuchlanish orasidagi burchak xamda generator toki kichiklashib boradi, salt ishlash rejimida esa, =0; va I=0 bo‘ladi. Agar birlamchi motorning aylantiruvchi momenti generatorning salt ishlashdagi qarshilik momentidan xam kamaytirilsa, yoki birlamchi motor butunlay to‘xtatilsa, generator rotori bir oz ketinda kola boshlaydi. Natijada Eo bilan VT orasidagi burchak manfiy tomonga kattalashadi va xosil bo‘ladi. Bu ta’sirida elektr tarmog‘idan statorga tok berila boshlaydi va natijada sinxron generator motor rejimida ishlashga o‘tadi. 1 3-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |