1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi


-mavzu. Sinxron generatorning vazifasi vaishlash prinsipi


Download 1.52 Mb.
bet7/38
Sana26.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1128426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
EEICH vaU lotin

17-mavzu. Sinxron generatorning vazifasi vaishlash prinsipi.


Reja:

1.Umumiy tushunchalar. Uch fazali sinxron mashinaning tuzilishi.


2.Sinxron generator. Stator chulg‘ami zanjiri elektrik holatining tenglamasi. Almashtirish sxemasi va vektor diagrammasi.
3.Sinxron generatorning tavsiflari va elektromagnit quvvati. Sinxron generatorning energetik diagrammasi.


Tayanch so‘z va iboralar: elektroenergetika, mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug‘lik, atom, elektrotexnik, radiotexnik, elektromexanik va avtomatik uskunalar, elektr va magnit hodisalar, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok
Rotorining aylanish chastotasi va statordagi tokdan xosil bo‘lgan aylanuvchi magnit maydonining aylanish chastotasi o‘zaro teng va bir xil yo‘nalishi bo‘lgan uch fazali o‘zgaruvchan tok mashinalari sinxron elektr mashinalar deyiladi. Bunda aylanuvchi magnit maydoni rotor bilan bir tomonga aylanadi. Sinxron mashina ham boshka elektr mashinalari kabi, generator va motor sifatida ishlay oladi. Elektr energiyasini asosan, elektrstansiyalaridagi uch fazali sinxron generatorlar ishlab chiqaradi. Uch fazali sinxron motorlardan ko‘pincha o‘zgarmas chastota bilan aylanadigan katta quvvatli nasos, kompressor va ventilyator kabi mexanizmlarning yuritmalarida foydalaniladi. Sinxron mashinalar ham qo‘zg‘almas stator va aylanuvchi rotordan iborat. Ularning statoriga ham uch fazali chulg‘am o‘raladi. Sinxron mashinalarning rotori ikki xil: ayon va noayon qutbli tuzilishda tayyorlanadi. Gidroturbinalar bilan past chastotalarda aylantiriladigan sinxron gidrogeneratorlarga ayon, Bug‘ trubinalari bilan yuqori chastotalarda aylantiriladigan, sinxron truba generatorlarga esa, noayon qutbli rotorlar qo‘yiladi. 1-rasm, a da Sinxron mashinalarning ayon va 1-rasm b da noayon qutbli rotorlari ko‘rsatilgan. Rotor qutblariga o‘zgarmas tok bilan ta’minlanadigan qo‘zg‘atish chulg‘ami o‘rnatiladi. Bu chulg‘am tokidan Sinxron mashinalarning asosiy magnit maydoni xosil bo‘ladi.

1-rasm.
Sinxron generator. Mexanik energiyani uch fazali o‘zgaruvchan tokka aylantiradigan sinxron elektr mashinasi Sinxron generator deyiladi. Sinxron generatorning ishlash prinsipi ham elektromagnit induksiya konuniga asoslangan. Agar magnit maydoni xosil qilingan rotor nominal chastotada aylantirilsa, statorning yulduz yoki uchburchak sxemasida ulangan uch fazali chulg‘amida EYUK yuzaga keladi va bu chulg‘am uch fazali simmetrik yuklamaga ulansa, generatorda uch fazali tok xosil bo‘ladi. Bu tok: fazalari ham EYUK fazalari singari o‘zaro 1200 burchakka siljigan bo‘ladi. Sinxron generator rotorining aylanishlar chastotasi nP, juft qutblar soni Z va stator chulg‘amining o‘tadigan uch fazali tokning chastotasi f o‘zaro nP= ifoda bilan bog‘lanadi. Bu bog‘lanishdan foydalanib chastotasi f=50 Gs bo‘lgan tok hosil qilish uchun juft qutblar soni P=const bo‘lganda nP qiymatini, nP=const bo‘lganida esa R qiymati hisoblab topiladi. Generatorning uch fazali tokidan rotorning aylanish chastotasiga teng chastotada va u bilan bir tomonga aylanuvchi magnit maydoni hosil bo‘ladi. SHu sababli bunday generator sinxron generator deyiladi. Sinxron generatorning rotor va stator tokidan xosil bo‘lgan magnit maydonlari bir tomonga va bir xil chastotada aylanishi sababli ularni o‘zaro qo‘shish yoki ayirish mumkin.
Sinxron generatorni qo‘zgatish. Sinxron generatorning asosiy magnit maydonini xosil kiluvchi o‘zgarmas tok manbai sifatida uning rotor valiga o‘rnatiladigan qo‘zg‘atkich (parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatori) yoki biror tipdagi statik to‘g‘rilagichdan foydalaniladi. Qo‘zg‘atkichlar asosan 100 kVA dan yuqori quvvatli sinxron generatorlarda qo‘llaniladi. 100 kVA dan pastquvvatli sinxron generatorlarda esa rotor qutblaridagi qoldiq magnetizm yordamida o‘z-o‘zini qo‘zgatish prinsipidan foydalaniladi. 2-rasmda o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishli sinxron g eneratorining ulanish sxemasi ko‘rsatilgan.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling