1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari
v) Avtotransport avariya vahalokatlari
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
HFHmajmua
v) Avtotransport avariya vahalokatlari. (shu jumladan, yo'l transport hodisalari)
Ko'rinishi: transporldagi fuqarolarm halok bolishiga,portlash va yong'inlarni chiqishiga olib keladi. Agarda yuk tashuvchi avtotransportlarda avariya holati sodir clilganda, turli neft, portlovchi modda yoki zaharlanuvchi moddalaming avariya sodir etilgan joylarda tarqalishiga hamda ushbu hududdagi aholini nobud bo'lishiga. zaharlanishiga, bino va inshoatlami buzilishiga olib keladi. Kelib chiqish sabablari: fuqarolarimizni eng avvalo transport harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi, tezlikni oshirishi, spirtli ichimliklar iste'mol qilib, transport vositalarini boshqarishi, qarama-qarshi yo'llarga chiqib ketishi, texnik nosoz transportlarni boshqarishi, qolaversa yo'llarning talab darajasida emasligidir. Asosan sodir etilgan avariya va halokatlarda jabrlanganlarning 70-80 foizi, halokat sodir etilgandan keyin birinchi 2-3 soat ichida ularga tez tibbiy yordam ko'rsatilmasligidan nobud bo'lishadi. Transportlarda tibbiy yordam aptechkalaming yo'qligi. aholini va DAN xodimlarining birinchi tibbiy yordam ko'rsatish choratadbirlarini yaxshi bilmasligi ushbu transport turida sodir etilayotgan avariyalarda ko'plab insonlar nobud bo'lishiga olib kelmoqda. Bu borada DAN boshqarmasi xodimlarining transpoit texnik ko'rigini o'tkazish vaqtida ushbu yo'nalishdagi masalalarga ahamiyat bermasligi, qolaversa turli davlat transport boshqarma boshliqlarining e'tiborsizligidir. Ushbu turdagi FV lar yil sayin ortib bormoqda, achinarlisi ham shundaki, begunoh fuqarolarimiz bevaqt olamdan ko'z yummoqdalar. Oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar: rejaviy-profilaktik ko'rik va texnik ta'mirlash ishlarining o‗z vaqtida o'tkazilishi, lexnik nosoz transport vositasidan foydalanmaslik. barcha turdagi yo'l harakati qoidalariga rtoya qilish. DAN xodimlarining, haydovchilarning qolaversa aholining birinchi tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha bilim va malakalarini oshirish, yo‗l tarmoqlarini me'yoriy talab darajasida saqlash, shaharlarda ko'p sathli yo'llardan, piyodalarning yerosti yo'laklaridan samaraliroq foydalanish va h.k. Himoyasi: O'zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyallarda ularning olidini olish va harakat qilish davlat tizimi to'g'risida VM ning 23.12.97 y. dagi 558-sonli qaroriga muvofiq Davlat avtomobil nazorati organiga «Yo‗l transport xavfsizligini la'minlash xizmaliga rahbarlik qilish» vazifasi yuklariladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling