1. Ma’ruza mashg‘


Download 204.5 Kb.
bet12/12
Sana02.11.2023
Hajmi204.5 Kb.
#1739952
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-ma\'ruza (1)

Maktabga bor.Xo‘p gapida xo‘p so‘z-gapi boraman so‘zi anglatgan lug‘aviy ma’noga teng ma’noga ega. Lekin bu ma’no mustaqil emas.
Sh.Rahmatullayevning fikricha: «Olmosh leksik ma’no anglatmaydi, odatda leksik ma’no anglatadigan leksema o‘rnida ishlatiladi, shunga ko‘ra olmosh turkumi deb nomlangan.
Olmosh turkumi birliklari semantik va grammatik jihatdan turli-tuman: qaysi turkum birligiga olmosh bo‘lsa, o‘sha turkum tabiatiga ega. Olmosh deb turkumlash semantik va grammatik belgi asosida emas, balki biror turkum birligi o‘rnida ishlatilish asosida amalga oshiriladi. Olmosh turkumi o‘zida bir necha turkum xususiyatlarini birlashtiradi. Ko‘rinadiki, olmosh turkumi leksik ma’no anglatadigan turkumlar orasida emas, balki ulardan ajratib, ular uchun umumiy turkum sifatida joylashtirish to‘g‘ri»10.
Mustaqil so‘z turkumlarining morfologik munosabatlari
So‘zlar grammatik shakllarni olish-olmasligiga ko‘ra quyidagi turlarni tashkil qiladi:
I. O‘zgaruvchi leksemalar:
1.Fe’l. 2.Ot. 3.Sifat. 4.Son.
II. O‘zgarmas leksemalar:
1.Ravish. 2.Ko‘makchi. 3.Bog‘lovchi. 4.Yuklama.
5.So‘z-gap:
1) undov;
2) modal;
3) inkor/tasdiq;
4) taklif/ishora so‘zlar.
O‘zgaruvchi leksemalar uchun tasniflovchi grammatik shakllar mavjud. Masalan: otlarda son, subyektiv baho shakllari, fe’llarda nisbat, zamon, mayl, sifatda daraja.
Fe’llar nisbat (daraja), mayl, zamon, shaxs, son kabi kategoriyalar va bo‘lishli-bo‘lishsiz, o‘timli-o‘timsiz shakllarga ega bo‘lib, bular fe’l semantikasiga bog‘liq.
Fe’llardagi mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari predikativlik munosabati ifodalanishining asosiy shakllariga kiradi.
Ot morfologik jihatdan o‘ziga xos morfologik paradigmalarga ega. Ular ichida kelishik va son kategoriyasi doimiy, barqaror, egalik kategoriyasi esa, ikkinchi darajali beqaror belgi sanaladi. Otlarda erkalash, qarashlilik, hurmat, chegara kabi shakl yasovchilar ham bor.
Sifatlar grammatik jihatdan narsa belgisini boshqa narsa belgisi bilan qiyoslab, darajalab ko‘rsatadi.
Sonning ma’no turlari va modal shakllari uning o‘ziga xos maxsus qo‘shimchalarini qo‘shish bilan yasaladi.
Ushbu tasnifda olmosh va taqlidlarga o‘rin berilmagan. Chunki olmoshlar o‘zlari ishora qiluvchi barcha mustaqil so‘z turkumlariga xos o‘zgarish tizimiga ega. Shuning uchun olmoshlarni ot-olmoshlar, sifat-olmoshlar, son-olmoshlar, fe’l-olmoshlar kabi turlari mavjud.
Ot-olmoshlar son qarashlilik shaklida kelsa, fe’l-olmoshlar nisbat, mayl, zamon shakllarini oladi, sifat-olmoshlar darajalanadi, son-olmoshlar sonning ma’no turlarini qabul qiluvchi shakllarni qabul qiladi.
Taqlid so‘zlarning esa o‘ziga xos morfologik kategoriyasi yo‘q, biroq u o‘zgarmas so‘zlar qatoriga ham kirmaydi. Taqlidlarning morfologik kategoriyaga ega bo‘lishi gapda ularning qanday bo‘lak bo‘lib kelishi bilan bog‘liq. Chunki taqlidlarda leksemalarning hali ajralmagan davridagi “embrion-diffuz” holati saqlanib qolgan.
Aloqa-munosabat shakllari (sintaktik) kategoriyalari so‘z turkumlariga emas, balki, gap bo‘laklariga, so‘zlarning sintaktik mavqeiga xosdir. So‘z ma’lum bir turkumga xos bo‘lgani uchungina emas, balki, qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelayotganligiga, gapda qanday sintaktik vazifa bajarayotganiga qarab aloqa-munosabat formalarini qabul qiladi.
Aloqa-munosabat shakllari barcha mustaqil so‘zlar uchun betarafdir.
Ravish, taqlid va yordamchi, so‘z-gaplar morfologik bo‘linmas hisoblanadi.
Mustaqil so‘zlar tuzilish jihatdan quyidagicha tasnif etiladi:
Sodda tub so‘zlar fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid va olmoshlarga xos. Sodda yasamalik faqat fe’l, ot, sifat va ravishlarga mansub. Qo‘shma so‘zlar fe’l, ot, sifat, son, ravish va olmosh turkumlarida uchraydi. Juft va takroriy shakllar barcha mustaqil so‘zlar hamda undov, taqlid, modal so‘zlarda mavjud.

Sodda tub so‘zlar

Sodda yasama

Qo‘shma so‘z

Juft va takroriy shakllar

fe’l

fe’l

fe’l

fe’l

ot

ot

ot

ot

sifat

sifat

sifat

sifat

son




son

son

ravish

ravish

ravish

ravish

olmosh




olmosh

olmosh

taqlid







taqlid










undov










modal

So‘z yasovchi qo‘shimchalar fe’l, ot, sifat, ravishga; shakl yasovchi qo‘shimchalar fe’l, ot, sifat, songa; aloqa-munosabat shakllari asosan ot va fe’llarga va otlashgan hamda fe’llashgan barcha turkumlarga xos.
Fe’l undov, taqlid, ot, sifat, ravish, son, olmosh, tasdiq-inkor turkumlardan yasaladi, morfologik usul bilan fe’ldan fe’l yasalmaydi. Ot, sifat va ravishning yasalishiga asos bo‘ladi.
Ot fe’l, ot, sifat, taqlid so‘z, ravish, son, olmosh, tasdiq-inkor so‘z turkumlaridan yasaladi. Sifat, fe’l va ravish yasalishiga asos bo‘ladi.
Sifat ot, fe’l, taqlid, sifatdan yasaladi. Fe’l, ot va ravish yasalishiga asos bo‘ladi.
Son yasalmaydi; ot va fe’l yasalishiga asos bo‘ladi.
Ravish ot, sifat, olmosh, ravish, fe’l, tasdiq-inkor so‘zlardan yasaladi. Fe’l va ot yasalishiga asos bo‘ladi.
Taqlid so‘zlar yasalmaydi; fe’l, ot, sifat yasalishiga asos bo‘ladi.
Olmosh yasalmaydi; ot, fe’l va ravish yasalishiga asos bo‘ladi.
Tasnifning bu turida barcha turkumlarning rang-barang morfologik shakllarga egaligiga guvohi bo‘ldik, lekin bu o‘rinda ham umumiylikning xususiyliklari mavjud ekan. Turkumlar grammatik shakllarni qabul etishda pog‘onali o‘rinni egallashar ekan.
Mustaqil so‘z turkumlarining sintaktik munosabatlari
Leksemalarning sintaktik tasnifida ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog‘lana olish-olmasligi farqlanadi.
1. Gap bo‘lagi bo‘lishga xoslangan so‘zlar: fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlidlar, olmoshlar.
2. Gap bo‘lagi bo‘lishga xoslanmagan so‘zlar: undov, modal, so‘z-gaplar.
3. Sintaktik aloqa vositasi bo‘lishga xoslangan so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.
So‘z-gaplar boshqa so‘zlar bilan birga sintaktik aloqaga kirishmaydi, o‘zi mustaqil gap bo‘lib kelish qobiliyatiga, ya’ni ajralish xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi so‘zlar esa bog‘lanish xususiyatiga ega bo‘lib, bulardan yordamchilar gapda alohida bo‘lak bo‘lib kela olmaydi, balki sintaktik jihatdan bog‘lash vazifasini bajaradi. Mustaqil leksemalar esa mustaqil ravishda gap bo‘lagi bo‘lib kela oldi.
1. Fe’l sintaksisda asosan kesim vazifasini bajaradi. Bundan tashqari kirish so‘z vazifasida keladi, so‘z birikmasida ergash so‘zlarni boshqaruv, bitishuv yo‘li bilan boshqarib, bosh so‘z vazifasida keladi. Fe’lning kesim bo‘lishiga tuslovchi asos bo‘lib, u doimo chapga ishora etadi, ya’ni egaga moslashadi.
Fe’l shakllari esa:
A. Harakat nomi ega, kesim, to‘ldiruvchi, qaratqich, hol; so‘z birikmalarida ergash so‘zni bosh so‘zga boshqaruv, moslashuv usullari bilan bog‘laydi. Tobe bog‘lanishli qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi.
B. Ravishdosh hol; so‘z birikmalarida ergash so‘zni bosh so‘zga bitishuv usuli bilan bog‘laydi. Tobe bog‘lanishli qo‘shma gap qismlarini tobelik asosida bog‘lamaydi.
C. Sifatdosh sifatlovchi; otlashib ega, to‘ldiruvchi, qaratqich, hol, undalma vazifasini bajaradi. So‘z birikmalarida ergash so‘zni bosh so‘zga bitishuv, boshqaruv, moslashuv usullari bilan bog‘laydi. Tobe bog‘lanishli qo‘shma gap qismlarini tobelik asosida bog‘lamaydi.
2. Ot leksema o‘zi olgan kelishik formasiga muvofiq ega, to‘ldiruvchi, qaratqich vazifasida keladi. Bu – otning birlamchi sintaktik vazifasi. Otlardagi kelishik shakli otni o‘ngga, egalik esa chapga bog‘laydi.
Ot sifatlashsa, atributiv shaklga kirsa, sifatlovchi bo‘lib keladi. Bu otning ikkilamchi sintaktik vazifasidir.
Otlar so‘z birikmalarida ergash so‘zni bosh so‘zga moslashuv, bitishuv, boshqaruv usullari bilan bog‘laydi.
Otlar bundan tashqari kesim, hol, izohlovchi, undalma, kirish so‘z, so‘z-gap, atov gap bo‘lib kela oladi.
Ot kesim vazifasida kelganda ma’lum kelishik shaklidan so‘ng tuslovchini qabul qiladi. Bu o‘rinda kesimni kelishik shakli emas, tuslovchi shakllantiradi.
3. Sifat sifatlovchi, kesim, hol; ega, to‘ldiruvchi, qaratqich, undalma, kirish so‘z, so‘z-gap vazifasini bajaradi, so‘z birikmalarida ergash so‘zni bosh so‘zga bitishuv, boshqaruv, moslashuv usullari bilan bog‘laydi.
4. Son sifatlovchi, ega, to‘ldiruvchi, qaratqich, kesim, hol, undalma, kirish so‘z vazifalarida keladi. So‘z birikmalarida ergash so‘zni bosh so‘zga bitishuv, boshqaruv, moslashuv usullari bilan bog‘laydi. Son hech qachon sifatlovchi olmaydi.
5. Ravish hol, kesim, sifatlovchi; ega, to‘ldiruvchi, qaratqich, undalma, kirish so‘z vazifalarida keladi. So‘z birikmalarida ergash so‘zni bosh so‘zga bitishuv, boshqaruv, moslashuv usullari bilan bog‘laydi.
6. Taqlid so‘z ravish holi, sifatlovchi, kesim; ega, to‘ldiruvchi, qaratqich vazifasida keladi. So‘z birikmalarida ergash so‘zni bosh so‘zga bitishuv, boshqaruv, moslashuv usullari bilan bog‘laydi.
7. Olmosh ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim, hol vazifasida keladi. So‘z birikmalarida ergash so‘zni bosh so‘zga bitishuv, boshqaruv, moslashuv usullari bilan bog‘laydi. His-hayajon gap hosil etadi. Nisbiy so‘z bo‘lib tobe bog‘lanishli ergash gaplarni bosh gapga tobelik asosida bog‘laydi.
8. Undovlar: so‘z-gap; undalma (hoy, hay), ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, his-hayajon gap hosil qiladi.
9. Modallar: so‘z-gap, kirish so‘z.
10. Tasdiq/inkor: so‘z-gap, kirish so‘z; kesim, ega.
11. Taklif/ishora: so‘z-gap, kirish so‘z.
12. Ko‘makchilar so‘z birikmasi va ergash gapli qo‘shma gap qismlarini tobelik asosida bog‘laydi.
13. Bog‘lovchilar teng bog‘lanishli so‘z qo‘shilmasi va teng huquqli qo‘shma gap qismlarini tenglik asosida bog‘laydi.
14. Yuklamalar teng bog‘lanishli so‘z qo‘shilmasi, teng va tobe huquqli qo‘shma gap qismlarini tenglik, tobelik asosida bog‘laydi, so‘roq gap hosil etadi, gumon olmoshi yasaydi.
Barcha so‘z turkumlari gap hosil qila oladi (yordamchilardan tashqari).
Demak, mustaqil so‘zlarning barchasi biror gap bo‘lagi vazifasi bo‘lib kelishda faol sanaladi, sintaktik vazifa uddalash esa barcha turkum so‘zlarining funksiyasini tashkil qila oladi. Mustaqil so‘zlar bu tasnifda ham xususiylik bilan bir qatorda umumiyni tashkil eta olar ekan.
Savol va topshiriqlar:
1. Tilshunosligimizning mustaqillik yillardagi ravnaqini belgilang.
2. So‘z turkumlari necha tamoyilga asoslanib turkumlanadi?
3. Nima uchun so‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga e’tibor so‘zlarni turkumlashda asos bo‘la oladi?
4. Nima uchun morfologik belgilar so‘z turkumlari tasnifida yetakchi prinsip hisoblanadi?
5. So‘zlarni turkumlashda nega sintaktik vazifa ham hisobga olinadi?
6. So‘zlarni turkumlashdagi o‘zaro o‘xshash va farqli tasniflarni taqqoslab, xulosa chiqaring.
7. Nima so‘zlar mustaqil va yordamchi turkumlarga ajratiladi?
8. Alohida olingan turkum so‘zlarning grammatik belgilarini ko‘rsatib bering.
9. Yordamchi so‘z turkumlari qaysi belgilariga ko‘ra guruhlanadi?
10. Yordamchi so‘z turkumlari ichidagi tarmoqlanish haqida mulohaza yuriting.
11. So‘z yasalishi hodisasiga qarab ham so‘zlarni tasnif etish mumkinmi?
12. Juft va takroriy so‘zlarning so‘z yasashini asoslay olasizmi?



1 Сафаров Машариф. Тил ва адабиёти таълими // 2006. – №5. Б.94 – 96.



2 Сравнително-историческая грамматика тюркских языков. Морфология, И., 1988, с.5.

3 Сравнително-историческая грамматика... с. 7.

4 Милославский И.Г. Морфологические категории современного русского языка. М., 1981, с.12.

5 Sayfullaeva R., Mengliev B. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. (Morfologiya). Toshkent: Universitet. – 2005 – B.4.

6 Sayfullayeva R. va boshq. – B.31.

7 Eltazarov J. So‘z turkumlari haqidagi nazariyalar. – Samarqand. – 1996.

8 Sayfullayeva R. va boshq. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Toshkent: Universitet. – 2005 – B.60.

9 Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Toshkent: Universitet. – 2006 – B.139.

10 Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Toshkent: Universitet. – 2006 – B.129.


Download 204.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling