1. Ma’ruza mashg‘
Download 204.5 Kb.
|
1-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik va tilshunoslik
Savol va topshiriqlar:
Grammatika nimalarni o‘rganadi? So‘zning xususiy ma’nosi qaysi bo‘limda o‘rganiladi? So‘zning umumiy ma’nosi nima? So‘zshakli haqidagi bo‘limda nimalar to‘g‘risida bahs boradi? Grammatik ma’no qanday hosil qilinadi? So‘zning morfologik strukturasi nima? 1-mavzu. Ona tilida so‘z turkumlari va ularni ajratish tamoyillari haqida umumiy ma’lumot. Hozirgi ona tilida so‘zlarning ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal so‘z, undov so‘z, taqlid so‘z turkumlariga ajratilishi R E J A: 1. Mustaqillik va tilshunoslik. 2. So‘zlarni turkumlash tamoyillari. 3. Mustaqil so‘z turkumlarining semantik munosabatlari. 4. Mustaqil so‘z turkumlarining morfologik munosabatlari. 5. Mustaqil so‘z turkumlarining sintaktik munosabatlari. Tayanch so‘zlar: fonema, morfema, leksema, qolip, so‘z, so‘zshakl, kategoriya, grammatik shakl, mustaqil so‘zlar, yordamchi so‘zlar, alohida so‘z turkumlari, oraliq uchinchilik, taqlid so‘z, tasvir leksema, so‘z-gap, tasdiq/inkor, taklif/ishora, oraliq so‘zlar, o‘zgaruvchilar, o‘zgarmaslar, so‘z yasovchi, shakl yasovchi, aloqa-munosabat shakllari, atributiv. Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 11, 15, 20, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 39, 40, 41, 44, 45. Mustaqillik va tilshunoslik Til va tafakkur o‘zaro ajralmasdir. Dunyodagi har bir tilning fonetik, leksik, grammatik qurilishi ma’lum me’yor va qonun-qoidalarga ega bo‘lib, bu shu tildan foydalanuvchilarning ijtimoiy ruhiyati bilan bog‘lanadi. Shuning uchun har bir tilning individual sistemasi bo‘lib, ishni shu sistemalikdan boshlash lozim. Grammatikada aks etuvchi milliylikni uning tarkibiy qismi – morfologiya va sintaksisdan izlash mumkin. Ma’lumki, o‘zbek tilshunosligida keyingi yillarda morfemaga oid turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. An’anaga ko‘ra morfema o‘zak va affiksga ajratib kelingan. Leksik ma’no ifodalash o‘zak morfemaning, leksik va grammatik ma’noni shakllantirish affiks morfemaning funksiyasi deb qaralgan. Yangicha qarashlarda morfema faqat affiksga nisbatan qo‘llanilmoqda: «Morfemika so‘zning nomustaqil tarkibiy qismlari haqidagi ta’limot»5. Lug‘aviy ma’no ifodalovchi o‘zak faqat leksema – tilning asosiy birligi sifatida belgilanmoqda. Affikslar lug‘aviy va grammatik ma’no ifodalovchi bo‘lsa-da, so‘z yasovchilarda leksik ma’no ifodalash bilan birga grammatik ma’no ifodalay olish xususiyati borligi ham aytilmoqda. Haqiqatan, so‘z yasovchi morfema o‘zakning lug‘aviy ma’nosini shakllantirish asnosida grammatik ma’noga ham ta’sir etadi: o‘r – fe’l, bo‘lishli, o‘timli, aniq nisbat, buyruq-istak maylda, 2-shaxs, birlik, sodda tub kabi grammatik ma’nolarga ega. Shu o‘zakdan yasalgan o‘roq oti – birlik, bosh kelishikda, sodda yasama ot. Chiroy – ot, birlikda, bosh kelishikda, sodda tub; chiroyli – sifat, oddiy darajada, sodda yasama. Demak, leksik ma’no o‘zgarishi bilan so‘zning grammatik ma’nosi ham o‘zgarishga uchraydi. Bu munozarali qarashlar, albatta, mustaqillik tufayli milliy mafkuraning tilga ta’siridandir. O‘zbek tilining grammatik xususiyatlariga boshqa tildagi tasnif asoslarini ko‘r-ko‘rona qo‘llash oqibati emas, balki tilning o‘z sistemasi doirasida farqlash asosida kuzatish belgisidir. Sintaktik hodisalarning yangi nuqtayi nazardan tadqiq qilinishi natijasida ta’limga olib kirilayotgan ilmiy yangiliklar – gapning markazi sifatida kesimning belgilanishi, gap va so‘z kengaytiruvchilarining farqlanishi, gap bo‘laklarining darajalanishi, sodda va qo‘shma gap orasida uyushgan gaplarning ajratilishi, gap markaziga tayangan holda qo‘shma gaplarning yangicha tasniflanishi, bir bosh bo‘lakli gaplarning barchasi faqat kesim bilangina ifodalanishi (atov gap ham faqat kesimdan iborat, ega gap bo‘la olish funksiyasini bajara olmasligi), yig‘iq gapning faqat kesimdan tuzilishi, o‘zbek tili sintaksisining mazmuniy aspektda o‘rganilishi kabi qarashlar fikrimizga dalil bo‘la oladi. Keyingi paytlarda grammatik ma’noni ifodalovchi vositalar sifatida quyidagilar ko‘rsatilmoqda: 1. Affiksal morfemalar: 1) so‘z yasovchi morfemalar; 2) shakl yasovchi morfemalar; 3) aloqa-munosabat shakllari. 2. Sof nomustaqil va nomustaqil vazifadagi so‘zlar. 3. So‘z tartibi. 4. Takror. 5. Ohang. 6. Sintaktik qoliplar6. Download 204.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling