1. Ma’ruza mashg‘


Takroriy so‘zlarning xususiyatlari


Download 204.5 Kb.
bet6/12
Sana02.11.2023
Hajmi204.5 Kb.
#1739952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ma\'ruza (1)

Takroriy so‘zlarning xususiyatlari
Takroriy so‘zlar bir so‘zning takrorlanishidan hosil bo‘ladi. Takroriy so‘zlar ko‘plik (qop-qop kitob), davomiylik (ishlay-ishlay charchadik), ma’no kuchaytirish, takror kabi ma’nolarni anglatadi. Istalgan so‘zni ikki marta keltirish bilan takroriy so‘z hosil bo‘lmaydi, takroriy so‘zlar bir xil shaklda bo‘lishi lozim: tog‘-tog‘, ayta-ayta, qonib-qonib.
Toshdan toshga; qoch, qoch; ayt, aytaver kabilar takroriy so‘z emas. Ma’noni kuchaytirish uchun bir so‘zning ketma-ket keltirilishi (Yaxshi, yaxshi, ulug‘ ish qilibsiz.) takroriy so‘z emas, chunki bu holda vergul ishlatiladi, takroriy so‘zlar orasiga esa faqat chiziqcha qo‘yiladi: kim-kim, shu-shu.
Takroriy so‘zlar to‘la va qisqa takror asosida ham (yapaloq-yapaloq, yap-yapaloq; ko‘k-ko‘k, ko‘m-ko‘k; qora-qora, qop-qora, non-pon; ba-, -ma elementlari yordamida ham hosil bo‘ladi (qadam-baqadam, nom-banom, basma-bas, uchma-uch, yuzma-yuz, noma-nom).
So‘zning u yoki bu shakli maxsus vosita va usullar yordamida yuzaga keladi. Ammo o‘zbek tilida so‘zlarning maxsus grammatik ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan shakllari ham mavjud. Masalan:
institutlar – institut Ø (birlik son);
institutda – institut Ø (bosh kelishik);
ishlama – ishla Ø (bo‘lishli fe’l shakli) kabi.
So‘zning shakllari tizimida ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan so‘zning maxsus ko‘rinishi nol ko‘rsatkichli (Ø ko‘rsatkichli) shakl deb yuritiladi. So‘zning bunday ko‘rinishi so‘z shakllari tizimida belgilanadi.
So‘zning grammatik shakllari tizimi paradigma (yunoncha paradigma – «namuna») deyiladi.
Paradigma o‘z xususiyatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) xususiy paradigma, 2) to‘liq paradigma.
Bir turkumga oid so‘zning muayyan shakllari tizimi xususiy paradigmani yuzaga keltiradi. Masalan, otlardagi son paradigmasi (kitob-kitoblar), kelishik paradigmasi (kitob – kitobning – kitobni – kitobga – kitobda - kitobdan) va boshqalar xususiy paradigmalar hisoblanadi.
Bir turkumga xos xususiy paradigmalar yig‘indisi to‘liq paradigmani hosil qiladi. Masalan, otga xos to‘liq paradigma: kitob-kitoblar-kitob-kitobning-kitobni-kitobga-kitobda-kitobdan-kitobim-kitobing-kitobi-kitobimiz-kitobingiz... Bunda son, kelishik va egalik paradigmalari to‘liq paradigmani tashkil etgan.
Savol va topshiriqlar:

  1. Grammatika nimalarni o‘rganadi?

  2. So‘zning xususiy ma’nosi qaysi bo‘limda o‘rganiladi?

  3. So‘zning umumiy ma’nosi nima?

  4. So‘zshakli haqidagi bo‘limda nimalar to‘g‘risida bahs boradi?

  5. Grammatik ma’no qanday hosil qilinadi?

  6. So‘zning morfologik strukturasi nima?



1-mavzu.
Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Morfologiya grammatikaning so‘z turkumlari va shu turkumlarga xos kategaroial, nokategorial shakllar tizimi.
R E J A:
1.Morfologiya va sintaksis grammatikaning qismlari.
2.Morfologiyaning o‘rganish obyekti.
3.Morfologiyaning o‘rganish birligi
4.Morfologiyaning o‘rganilish tarixi.
Tayanch so‘zlar: grammatika, morfologiya, sintaksis, sintaktik aloqa, sintaktik munosabat, kategoriya, grammatik shakl, kategorial, nokategorial, o‘zgaruvchilar, o‘zgarmaslar, so‘z yasovchi, shakl yasovchi, aloqa-munosabat shakllari, grammatik ma’no, lug‘aviy ma’no, sintaktik usul, morfologik usul, ma’no kuchaytirish.
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 11, 15, 20, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 39, 40, 41, 44, 45.

Download 204.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling