1. Ma’ruza mashg‘
So‘zlarni turkumlash tamoyillari
Download 204.5 Kb.
|
1-ma\'ruza (1)
So‘zlarni turkumlash tamoyillari
So‘z leksikologiyada ham, morfologiyada ham, sintaksisda ham asosiy birlik sanaladi. So‘z (leksema)larni turkumlarga tasniflash masalasi uzoq davrlardan: qadimgi sanskrit, misr, arab, yunon, rim tilshunoslari tomonidan ham ilgari surilib, asosiy ilmiy tortishuv maydoni bo‘lib kelgan. Arab tilshunosligidan oziqlangan turkiy tilshunoslik so‘zlarni turkumlarga ilk M.Qoshg‘ariy tomonidan XI asrda ism, harakat, harfga ajratgan. Bu tasnif XX asrgacha davom etib – yashab keldi. XX asrning birinchi choragidan boshlab so‘zlarni turkumlarga ajratish birmuncha konkretlashdi. Xususan, Fitratning «Sarf» asari (1930- yil)da ot va fe’ldan tashqari sifat, son, olmosh, ravish, undov so‘zlar, yordamchi so‘zlar tadqiqiga ham katta e’tibor berildi. Tilshunoslik tarixida morfema haqidagi (I.A.Boduen de Kurtene tomonidan) nazariya paydo bo‘lguncha, ya’ni tilning markaziy birligi sifatida morfema e’tirof etilgunga qadar, mutaxassislar diqqati so‘zga qaratib kelindi. Boshqa barcha birliklar so‘z asosida (so‘zdan kichik birliklar va so‘zdan katta birliklar) belgilandi. So‘zlarni mustaqil va yordamchi so‘zlarga ajratish an’anasi ham ana shu «so‘zmarkaz»li qarashning natijasidir. So‘zlarni semantik, morfologik va sintaktik belgisi asosida tasnif qilish eng maqbul hamda to‘g‘ri usul ekanligi barcha adabiyotlarda keng e’tirof etiladi7. Keyingi paytlarda so‘zlarni turkumlashda ham talay yangicha tasniflarning guvohi bo‘lyapmiz. Buxoro tilshunoslik vakillari so‘zlarni quyidagicha turkumlarga tasnif etadilar8
Andijon tilshunoslik vakillari so‘zlarni quyidagicha turkumlarga tasnif etadilar.
Professor Shavkat Rahmatullayev so‘zlarni quyidagicha tasnif etadilar9.
Mustaqil so‘z turkumlarining semantik munosabatlari So‘zlarni semantik xususiyatiga ko‘ra quyidagicha tasniflab olish va ularni o‘zaro taqqoslash maqsadga muvofiqdir: 1. Mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid). 2. Nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zlar (olmosh va so‘z-gaplar). 3. Lug‘aviy ma’nosiz so‘zlar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama).
Fe’llar harakat ma’nosini bildiradi. Bormoq, olmoq – Download 204.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling