1. Ma’ruza mashg‘


harakatni, qo‘rqmoq, cho‘chimoq, zavqlanmoq, qahrlanmoq – psixik o‘zgarishni


Download 204.5 Kb.
bet11/12
Sana02.11.2023
Hajmi204.5 Kb.
#1739952
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-ma\'ruza (1)

harakatni, qo‘rqmoq, cho‘chimoq, zavqlanmoq, qahrlanmoq – psixik o‘zgarishni, gullamoq, o‘smoq, sarg‘aymoq, ko‘karmoq – biologik protsessni ifodalaydi. Bu fe’llardan har birining o‘ziga xos xususiy tomonlari bo‘lishi bilan birga, ularning hammasi uchun umumiy bo‘lgan tomon ham bor, ya’ni bularning hammasi zamon bilan bog‘liq holda yuz beruvchi hodisa sanaladi. Shu tufayli bu harakat-hodisalarni bildiruvchi so‘zlarning hammasi nima qilmoq? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Fe’l shakllari quyidagicha ma’no turlari ifodalaydi:
Harakat nomi:
1. Harakat nomini: o‘qish, yozish, ko‘rmoq.
2. Maqsadni: Men o‘qish uchun keldim.
3. Paytni: Borishimda tushaman.
Ravishdosh:
1. Harakat-holat tarzini: hovliqib gapirdi.
2. Harakat paytini: yo‘lga chiqqach.
3. Maqsadni: o‘qigani.
4. Sababni: qo‘rqib kirmadi.
Sifatdosh:
1. Predmet belgisini: o‘qigan bola, sehrlovchi kuy, allalovchi ohang.
2. Sababni: U o‘qiganiga «besh» oldi.
3. Paytni: Borganimda aytarsan.
Otlar borliqdagi narsa predmetlarni (dala, daraxt, shahar, maktab), shaxsni, (bola, yigit, odam, ona, o‘g‘il), jism va modda nomini (suv, yog‘, asal, tuz), jonli narsa va organizmlarni (baliq, bulbul, tana, mikrob, virus), belgi-xususiyat, harakat va holat nomlari kabi turlicha mavhum tushunchalar nomlarini (shodlik, qo‘rqinch, shovqin, yig‘ilish, saylov, uchrashuv) bildiradi.
Sifat predmetning belgisini:
1. Xususiyat: muloyim, yoqimtoy, dilkash, yaxshi.
2. Holat: xafa, g‘amgin, toza, sovuq, quruq.
3. Shakl: novcha, uzunchoq, yassi, dumaloq, aylana.
4. Rang-tus: oq, qora, qizil, yashil, pushti, zarg‘aldoq.
5. Maza-ta’m: shirin, achchiq, nordon, taxir, sho‘r.
6. Hid: xushbo‘y, badbo‘y, qo‘lansa.
7. O‘lchov: keng, tor, uzun, yaqin, katta.
8. Miqdor: oz, mo‘l, ko‘p, to‘la, butun.
9. O‘rin: ichki, tashqi, devoriy, qishloqi.
10. Payt: yozgi, chillaki, ertapishar, bahorgi.
11. Harakatning belgisini: chiroyli gapirdi.
Son predmetning:
1. Sanog‘ini: ikki nafar bola, o‘nta daftar.
2. Miqdorga bog‘liq tartibni: beshinchi uy.
3. Otga bog‘lanmagan holda mavhum, miqdor tushunchasini: Besh karra besh – yigirma besh.
4. Harakat holatini: Ular uchovlashib kirib keldi.
5. Payt ma’nosini: Soat oltida majlis.
Ravishning semantik xususiyatlari:
1. Harakat-holat belgisini ifodalaydi: Topshiriq mardlarcha uddalandi.
2. Harakat-holatning o‘rnini: Otliqlar olg‘a yurdi.
3. Harakatning bajarilish paytni: Bugun erta turib tongni ko‘rdim.
4. a) harakat miqdorini: Akram arang gapirdi.
b) predmet miqdorini: Ko‘plab odamlar keldi.
5. Harakat-holat sababini: Sanam noiloj keldi.
6. Harakat-holat maqsadini: Ataylab g‘ashiga tegdi.
Taqlid:
1. Harakat holatini: duv-duv to‘kildi.
2. Predmet miqdorini: duv-duv gap.
3. Tovushga taqlid: taq-tuq tovush.
Olmosh ifodalayotgan ma’no u almashtirayotgan so‘zlarning ma’nosidir. Shu sababli u nomustaqil so‘zlar sifatida o‘rganilishi to‘g‘ri. So‘z-gaplar esa hatto butun gap vazifasida kela oladi. Bu ularning lug‘aviy ma’nosi so‘zlarning farqini ko‘rsatadi, lekin bular kontekst yordamida lug‘aviy ma’no anglatadi. M:
Download 204.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling