1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


Paster effekta deganda, bijg’ishni kislorod ishtirokida nafas olish bilan bosishni


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

Paster effekta deganda, bijg’ishni kislorod ishtirokida nafas olish bilan bosishni 
tushuniladi. 
Nafas olish substratlari uzgarmagan sharoitda, nafas olish koeffitsentini ko’payishi, 
nafas olish bijgishni tuxtataolmayotganligini va xatto kislorodli sharoitida xam kallusli 
hujayralarda nafas olish bilan bir kdtorda, uglevodlarni kislorodsiz parchalanishi bijgish 
jarayoni sodir bulayotganligidan xabar beradi. Тartibsiz o’sishda uglevorodlarni kislorodsiz 
parchalanishiga misol kilib, bulinadigan hujayralarda etil spritini tuplanishini kursatish 
mumkin. Ilmiy adabiyotlarda bunday misollarni ko’plab topsa bo’ladi. 
Kallus hujayralarni mitoxondriyalari, meristem hujayralarga uxshab, juda past 
rivojlangan ularda kristlar kam, bu esa aerob nafas olishga ta’sir kursatmasdan kolmaydi. 
Paster effektini buzilishi ko’proq xayvonlarni shish hujayralarida kuzatiladi. Bu xodisa 
Varburg tomonidan aniqlangan bo’lsada xrzirgacha aniq tushuntira olingancha emas. Paster 
effektini buzilishi okibatida kelib chiqadigan anaerob glikoliz (uglevodlarni kislorodsiz 
parchalanishi), kislorod ishtirokida shishli hujayralarni uglevodlar iste’mol qilishini keskin 
(19 marotabaga) oshirib yuboradi. 
Kallusli hujayralarni nafas olish harakterini uzgarishi bilan bir kdtorda uglevodlarni 
kislorodsiz prchalanishini kuchayishi yunalishida, bulinadigan hujayralar uchun zarur 
bo’lgan pentozofosfat yo’li tomon siljish namoyon bo’ladi. 
Hujayra suspenziyalari kulтurasi 
Kallusni suyuq ozuqa muhitiga utkazib, avtomatik ravishda aralashtirish orkdli hujayra 
suspenziyasi olish mumkin. Fermentlar yordamida. Masalan pektinaza fermenti yordamida 
tugridan-tugri eksplant to’qimalardan (barg, poya, ildiz va x.k) xam hujayra suspenziyasi 
tayyorlash mumkin. Dastlab, eksplant yuzasida kallusli to’qima paydo bo’ladi, keyin undan 
hujayra va hujayra agregatlari ajraladi va okibatda hujayra suspenziyasi olinadi. 
100 ml hujayra suspenziyasi olish uchun 2-3 g kallusli to’qima kerak bo’ladi. 
Hujayra suspenziyasini tayyorlash uchun eng zarur sharoit - bu domiy ravishda 
aralashtirib yoki chaykdtib turishdir. Agar hujayra suspenziyasi kimirlamay tursa, undan 
bulinish natijasida kallusli to’qimalar hosil bo’ladi. 
Suspenzion hujayralarni bo’linishi auksinlar va sitokininlar, ya’ni kallus hujayralarni 
o’sishi va induksiyasi uchun zarur bo’lgan gormonlar yordamida ximoya kilib turiladi. 
Shunday kilib, suspenziyali hujayralar kallus hujayralarni uzginasi bo’lib, ular da bunday 
hujayralarga xos bo’lgan barcha xususiyatlar namoyon bo’ladi. 
Suspenziya 2,4-D sakdagan muhitda hosil bo’ladigan pukak hujayradan yaxshiroq hosil 
bo’ladi. Muxit tarkibidan kalsiy olib tashlansa, suspenziya hosil bulishi yengillashadi. 
Oziqaga pektinaza fermenti aralashtirilsa (bu ferment ozuqa tarkibidagi alohida hujayralarni 
bir-biriga boglab truvchi pekrat kalsiyni parchalaydi) suspenziya yanada yengilroq hosil 
bo’ladi. 


Biotexnologiyada hujayra suspenziyasidan ikkilamchi metibolitlar olish maqsadida 
foydlaniladi. Ikkilamchi metabolitlarni ko’pchiligi dorivor moddalar xisoblanadilar va 
hujayra biomassasini sanoat mikiyosida ko’paytirish va hujayra seleksiyasida keng 
ishlatiladilar. Bundan tashkdri hujayra suspenziyasidan aloxida protoplastlar olish uchun 
ham foydalaniladi. 
Suspenzion 
kultur 
alardan 
ikkilamchi 
metabolitlar 
produtsiyenti 
sifatida 
foydalanilganda, davriy yoki okdva usulida ochiq yoki yopiq tizimda hujayralarni 
ko’paytirish usullari ishlatiladi. Yopiq tizimda hujayra suspenziyasiga toza ozuqa muhiti 
kiritilmaydi, tizimda domiy rejimda o’stirilganda esa ozuqa muhiti tozasiga almashtirib 
turiladi. 
Suspenzion hujayralar bilan ishlaganda ularni harakteristikasini bilish shart: tirikligi, 
hujayralarni suspenzion kulturada ko’p yoki kamligi, agregatsiya darajasi, o’sish tezligi va 
x.k. 
Hujayralarni tirik yoki tirik emasligi ularni buyash (kuk metilen yoki Evans kuki) orkdli 
aniqlanadi. Тirik xujayrlar, hujayra membranasi buyokni utkazmasligi sababli buyalmaydi. 
Ulik hujayra kobigidan buyoq tez utadi va shuning uchun ham kuk rangga buyaladi. Hujayra 
suspenziyasini asosiy kursatgichlaridan biri, hujayra populyatsiyasini kdlinligidir. Hujayra 
soni Fuks-Rozental xisob kamerasida mikroskop ostida matseransiyadan keyin (hujayralarni 
ajratilgandan keyin) aniqlanadi. Matseratsiya kiluvchi modda sifatida xrom kislotasini 10-
20% li eritmasidan foydalaniladi. Bu kislota, hujayralarni biriktirib turuvchi urtadagi 
plastinkani eritib (gidroliz kilib) yuboradi. 
Yaxshi rivojlanuvchi suspenziya, kallusli kulturaga uxshab, S- simon o’sish chizigiga 
ega. Odatda, passajni davomiyligi 14-16 kundan iborat. Bunda suspeziyaning kdlinligi 5x10 
dan 5x10 hujayra 1 ml gacha oshadi. Hujayra sonini ko’payishi, ularni kuruk va xul massasi- 
suspenzion kulturani asosiy o’sish kriteriyasini tashkil etadi. 
Suspenziyani sifati, hujayralarni agregatsiya darajasiga bogliq. Agregatlar 10-12 
hujayradan ko’p bulmasligi kerak. Shuning uchun ham yirikroq agregatlardan kutulish 
maqsadida suspenziyani marlya, naylon yoki metal filtrdan utkaziladi. Bu operatsiya bir 
vaqtni uzida eksplantlar koldigidan yoki kallus to’qimalarni bulakchalaridan kutulish 
imkonii beradi. 
Hujayra suspenziyasida qimmatbaho ikkilamchi metobolitlardan tashkdri yangi ajoyib 
birikmalar: komptotetsin, xirringtonin kabi antikanserogenlar, xdr xil peptidlar (proteaza 
fermenti ingibitori, fitoviruslar ingibitorlari) va boshkd birikmalar sintez bulishi ham 
kuzatilgan. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hujayralarni bo’linishi okibatida hujayra biomassasini 
ko’payishi va ikkilamchi metabolitlarni sintez bulishi xdr xil vaqtga tugri keladi. Ikkilamchi 
metabolitlar sintez bulishini maksimumi, o’sishni statsionar fazasiga tugri keladi. 

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling