Maxalliy anestetiklar
Diklonin
|
Ta’siri tez (4-6 min.) boshlanadigan maxalliy anestetik. Farmakologik xossalari novokainga yaqin. 3 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1 ledensidan xar 2 soatda sekin shimish tavsiya etiladi.
|
Efir moylari
|
Evkalipt moyi
|
YAllig‘lanishga qarshi, antiseptik ta’sirga ega. Kuchsiz sedativ ta’sirni namoyon qiladi.
|
Arpabodiyon moyi
|
YAllig‘lanishga qarshi, kuchsiz antiseptik ta’sirga ega.
|
Qalampir yalpiz moyi
|
Asosiy ta’siri tarkibidagi mentol bilan bog‘liq. Kuchsiz dezodirlovchi ta’sirga ega.
|
Aerozol preparatlar
Kameton (xlorobutanolgidrat, mentol, kamfora, evkalipt va vazelin moyi) antiseptik, maxalliy og‘riqsizlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
Kamfomen (furatsillin, mentol, kamfora, evkalipt, kastor, zaytun moyi) yallig‘lanishga qarshi va antimikrob ta’sir ko‘rsatadi.
Ingalipt (sulfanilamid, sulfatiazol, evkaliptqalampir yalpiz moyi) antibakterial, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
Stopangin (arpabodiyon, qalampir yalpiz, evkalipt moyi) antiseptik, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. 4–6 soat interval bilan ishlatiladi. CHayish uchun eritmasi ham chiqariladi.
Kollustan (mentol, xlorgeksidin, amilein) — antiseptik, kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |