1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja
Download 230.78 Kb.
|
1-7 марузалар Кушмаков
Elektr qurilmalari va ularni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasiga
quyiladigan talablar Tashkilotda raxbarning buyrugi bilan muxandis-texnik xodimlardan elektr xujaligi uchun mas’ul shaxs tayinlangan bulishi va bu shaxs elektr xavfsizligi buyicha tegishli malaka guruxiga ega bulishi shart. Kuchlanish 1000 V va undan yukori bulgan elektr uskunalarga xizmat kursatishda elektr xujaligi uchun mas’ul shaxs elektr xavfsizligi buyicha V malaka guruxiga va kuchlanishi 1000 V gacha bulgan elektr uskunalarga xizmat kursatishda IV malaka guruxiga ega bulish talab etiladi. Mas’ul shaxs xamda tashkilotdagi elektr uskunalarga xizmat kursatuvchi elektrotexnik xodimlar davriy ravishda urnatilgan tartibda elektr xavfsizligi buyicha bilim sinovidan utishlari shart. Tashkilotning elektr xujaligiga javobgar shaxs kuyidagilarni ta’minlashi shart: elektr kurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini; elektr kurilma, apparatura va tarmoklarda rejali ta’mirlash ishlari va profilaktik sinovlarni belgilangan muddatlarda utkazilishini tashkil etishni; elektr energiya sarfining xisobini olib borishni; ximoya vositalari va yonginga karshi jixozlar mavjudligi va ularning uz vaktida sinovdan utkazib turilishini. Elektr kurilmalariga xizmat kursatuvchi barcha elektrotexnik xodimlar kerakli ximoya vositalari bilan ta’minlangan bulishlari talab etiladi. Tashkilotlarda elektr kurilmalarini urnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari xamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari va mazkur qoidalar talablariga rioya kilinishi kerak. Energota’minot korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar talablariga zid bulgan elektr kurilma va jixozlaridan xamda shikastlangan elektr kabellar va simlardan foydalanish taqiqlanadi. Yoritkichlar, elektr kurilmalar xamda elektr tarmoklari xonalarning muxit sharoitlariga va u yerdagi ishlab chikarishning xususiyatiga mos xolda tanlanishi kerak. Elektr kurilmalarda izolyatsiyaning ishdan chikishi natijasida xodimlarning elektr tokidan jaroxatlanishini oldini olish maksadida barcha elektr kurilmalar zaminlangan yoki nollangan bulishi kerak. Elektr kurilmalarni zaminlash yoki nollash kuyidagi xolatlarda amalga oshirilishi lozim: kuchlanish 380 V va undan yukori bulgan uzgaruvchan tok xamda 440 V va undan yukori bulgan uzgarmas tokda barcha elektr kurilmalarda; nominal kuchlanish 42 V dan yukori, lekin 380 V dan past bulgan uzgaruvchan tok va 110 V dan yukori, lekin 440 V dan past uzgarmas tokda — fakat yukori xavfli, uta xavfli xonalardagi va tashki kurilmalarda. Nominal kuchlanishi 42 V gacha bulgan uzgaruvchan tokda va 110 V gacha bulgan uzgarmas tokda ishlaydigan elektr kurilmalarni zaminlash yoki nollash talab etilmaydi. Umumiy metall konstruksiyaga urnatilgan, kuchlanishi 42 V gacha bulgan uzgaruvchan tokda ishlaydigan va 110 V gacha bulgan uzgarmas tokda ishlaydigan kontrol kabellari, kuch kabellarining metall kobiklari xamda portlash xavfi bulgan xonalardagi elektr kurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi chulgamlari bundan mustasno. Yerga tok utkazuvchi konstruksiyalar konturga payvandlangan, elektr uskuna, mashina va apparatlarning korpuslari kup tolali egiluvchan sim orkali zanglamaydigan bolt bilan konturga biriktirilgan bulishi kerak. Elektr dvigatellarning aylanadigan kismlari va elektr dvigatelni mexanizmlar bilan boglovchi kismlari (mufta, shkiv) tusik bilan ximoyalangan bulishi lozim. Avtomobil yullarini kurish, ta’mirlash va saklash ishlarini olib borishda xavfsizlik talablari Kupriklar va binolar qurilishida xavfsizlik texnikasi buyicha tadbirlar ishlab chikilishi va grafik tuzilishi kerak. Grafiksiz ishlarni bajarish taqiqlanadi. Yul-qurilish ishlari chukurligi 1,5 m dan ortik bulgan suv ustida bajarilayotganda ish joyi yakinida kutkaruv jixozlari bilan jixozlangan navbatchi kayik turishi kerak. Yul-qurilish ishlari boshlangunga kadar transport vositalarini kurilayotgan ob’ektlarga bemalol borishini ta’minlovchi kirish yullari va ichki qurilish yullari bulishi lozim. Xarakatni tashkil etishga salbiy ta’sir kursatadigan xar kanday tasdiklangan sxemalardan chetga chikish, shuningdek nosoz texnik vositalardan foydalanish taqiqlanadi. Yul-qurilish ishlarini boshlashdan oldin xodimlar va yul-qurilishi mashinalari mashinistlari bilan turli ishoralar va bayrokchalar yordamida beriladigan shartli signallar, yul-qurilishi mashinalari va transport vositalarining xarakatlanishi, burilish, kirish, materiallar va jixozlar saklanadigan joylarda manyovrlash tartibi buyicha yuriknoma utkazilishi kerak. Yul-qurilish ishlarini bajarish chogida ishlatiladigan vaktinchalik yul belgilari, tusiklar va boshka texnik vositalarni urnatish lozim. Ish xududidagi xavfli joylar (xandaklar, kotlovanlar, uralar) tusiklar (devorlar) xamda korongi va tuman paytida yokiladigan signal fonarlari bilan tusilishi kerak. qurilish xududi transport vositalari va marshrutlar xarakat xavfsizligini ta’minlovchi yul belgilari bilan jixozlangan bulishi lozim. Balandlikda ishlarni bajarishda xavfsizlik talablari 5 m dan ortik balandlikda bajariladigan ishlarga yoshi 18 dan kichik bulmagan, tibbiy kurikdan utgan, ishlarni xavfsiz bajarish talablarini biladigan va balandlikda ishlarni bajarish xukukini beruvchi guvoxnomaga ega shaxslar kuyiladi. Tirkama narvonlarda turib bajariladigan ishlar kamida ikki kishi tomonidan amalga oshirilishi kerak. Sillik yuzaga urnatiladigan kuchma narvonlarga rezina koplangan bulishi kerak. Yerga urnatiladigan tirkama narvonlarga metall uchlar urnatilgan bulishi kerak. Boglangan narvonlardan, shuningdek elektr kurilmalariga xizmat kursatayotganda va ularni ta’mirlayotganda metall narvonlardan foydalanish taqiqlanadi. Yogoch tirkama narvonlarning pogonalari xar 2 m dan tortki boltlar bilan tortilgan tarang ip bilan maxkamlangan bulishi kerak. Mix bilan kotirilgan yoki pogonalari tarang ipsiz maxkamlangan narvonlardan foydalanish taqiqlanadi. Yogoch narvonning uzunligi 5 m dan oshmasligi kerak.Tirkama narvonning umumiy uzunligi xodimga narvonning yukori uchidan kamida 1 m masofadagi pogonada turib ishlarni bajarish imkonini berishi kerak. Chakmok paytida va shamolning kuchi 6 balldan yukori bulganda xavoza va kuprikchalarda turib ishlarni bajarish taqiqlanadi.1,5 m dan ortik balandlikda ishlarni bajarishda ximoya kamarlaridan foydalanishlozim.Ximoya kamarlarida pasport bulishi va u xar 6 oyda 225 kg statik yuk ostida 5 minut davomida sinalishi kerak. Ximoya kamarida rakam va sinovdan utkazilgan sana bulishi kerak. Download 230.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling