1-mа`ruzа Mаvzu: Kirish. Geodeziya fanining vazifalari. Fanning qisqacha tarixi
Davlat rivojlanishida geodeziyaning o`rni
Download 362.91 Kb. Pdf ko'rish
|
MARUZA-1 011b300c9ae4785985cdf6d11c688f17
Davlat rivojlanishida geodeziyaning o`rni
Bizga ma`lumki,insoniyatning asosiy xo‘jalik faoliyati yer usti va yer osti qazilma boyliklaridan oqilona foydalanish bilan bog‘liqdir. Bu masalalarni ilmiy, maqsadli tarzda, reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun, dastlab, Yer yuzasida ma'lum topografik - geodezik ishlari bajariladi. O`lchashlar va hisoblashlar natijasida tayyor qilingan plan,karta va profillargeodezikishlarning asosiy mahsuloti bo‘lib, ulardan xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng foydalaniladi. Ular turli korxonalarni, binolarni, ish olib borilgan karyer va shaxtalarni yer yuzasini bosh planlarini tuzish, kerakli bo`lgan
maydonlar chegaralraini aniqlash, ular yuzasini hisoblash, konchilik korxonalarini qurishda eng zarur bo`lgan ishlardan hisoblanadi. Konchilik korxonlarni binolarini qurish jarayonida konchi geodezist marksheyderlar geodezik uslublar yordamida devorlar tikligi, ustunlar vertikalligi va gorizontalligi, uskunularni loyihaviy holatiga o‘rnatish, hamda muhandislik inshootlardan foydalanish jarayonida ular deformatsiyasi va cho‘kishlarini kuzatish amalga oshiriladi.Avtomobil va temir yo‘llar, ko‘priklar, tunnellarni loyihalash va qurishni geodezik ishlarsiz umuman tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hozirgi zamon geodezik asboblar yani elektron teodolitlar, raqamli nivelirlar, elektron taxeometr,yer ustilazerskanerlar,lazer ruletkalar va boshqa texnikalarlardan foydalanib, turli murakkab geodezik ishlarni bajarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Berilgan yer bo‘lagining plan, karta va profillarini tuzishda Yerning sun'iy yo‘ldoshi yordamida yer nuqtalari koordinatalarini tez va kam mehnat sarflab aniqlash, topografik syomka natijalarini maxsus yodlash kartasiga yozib olib, kompyuterda ishlab chiqish va joyning elektron kartasi yoki joyning raqamli modelini tuzish texnologiyasi qo‘llanilmoqda. Download 362.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling