jinslariga nisbatan yuksak zichlikdagi T massa joylashgan deylik,bu massaning
tortish kuchi atrofdagi jinslarning tortish kuchidan ortiq bo’lganligidan C va E
nuqtalardagi shovun chiziqlari T massaga tomon og’ishadi. Natijada sathiy yuza
KNL yoyi bo’yicha emas, balki KML yoyi bo’yicha o’tadi.
Yer po’stlog’ini tashkil etgan jinslarning zichligi hozirga qadar to’liq
o’rganilmaganligi sababli geoidninng aniq shaklini bilish hal qilinishi qiyin
bo’lgan juda og’ir masaladir. Keyingi yillarga qadar geoid shaklini aniqlash oliy
geodeziyaning asosiy vazifasi deb hisoblanilar edi. Yerning tabiiy yuzasini
aniqlash uchun olim M.S.Molodenskiy geoid shakliga to’gri keladigan kvazigeoid
deb ataladigan yordamchi yuzani taklif etdi. Okeanlar sathida geoid bilan
kvazigeoid yuzalari bir-biriga mos, lekin quruqlikda ular bir-biridan farq qiladi:
tekislikda ulardagi farq bir necha santimetr bo’lsa, tog’li rayonlarda eng ko’pi 1 m,
baland tog’li rayonlarida 2m ga yaqin. Shuning uchun geodeziyada ko’pchilik
masalalarni yechishda geoid bilan kvazigeoid yuzasi bir-biriga to’g’ri keladi deb
qabul qilinadi. Geoid (kvazigeoid) shakli murakkab bo’lganligidan, uni biron
ma’lum geometrik shakl bilan ifodalash mumkin emas. Shuning uchun geodezik
masalalarni yechishda bevosita geoidga asoslanib bo’lmaydi.
Geodezik o’lchashlar geoidni
aylanmaellipsoidga,
ya’ni
ellipsoidning kichik o’qi
b atrofida
aylanishidan hosil bo’lgan geometrik
shaklga yaqin ekanligini ko’rsatdi.
(1.4- rasm).
Bu shaklda ellipsoid uzluksiz chiziq
bilan, geoid esa punktir chiziq bilan
berilgan.Yer yuzining ba’zi nuqtalarida geoid bilan ellipsoidning farqi 150 metrdan
oshmaydi. Shuning uchun geodeziyada Yer aylanma ellipsoid shaklida deb
Do'stlaringiz bilan baham: