1-mа`ruzа Mаvzu: Kirish. Geodeziya fanining vazifalari. Fanning qisqacha tarixi
Yerni o`lchami va shakli haqida ma`lumot
Download 362.91 Kb. Pdf ko'rish
|
MARUZA-1 011b300c9ae4785985cdf6d11c688f17
- Bu sahifa navigatsiya:
- (1.3-rasm).
Yerni o`lchami va shakli haqida ma`lumot.Yerni shakli va kattaligi haqidagi barcha ma`lumotlar insoniyat uchun juda ham zarur va keraklidir. Bu ma`lumotlar yerni sun`iy
yo`ldoshlarini uchirish, geologiya, geografiya,geofizika,radio,televideniya uchun juda ham muhimdir.Yerning tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, tog’liklar va tekislik, tizma tog’ va vodiylardan iborat. O’tkazilgan geodezik o’lchashlardan foydalanib yer yuzidagi nuqtalarning koordinatalari va balandliklarini hisoblab chiqarishda Yerning umumiy shakliga o’xshash va uni ifodalay oladigan ma’lum bir yuza boshlang’ich deb qabul qilinadi. Geodeziyada boshlang’ich yuza qilib Yerning asosiy sathiy yuzasi olingan. Yer yuzidagi har bir nuqtadan sathiy yuza o’tkazish mumkin (1.3-rasm). Sathiy yuza o’ziga hos hususiyatga ega bo’lib, uning barcha nuqtalarida shovun chizig’i (ipga osilgan yuk yo’nalishi) perpendikulyar yo’nalgan bo’ladi, ya’ni sathiy yuza yer yuzining har bir nuqtasidan tushirilgan shovun chizig’i to’g’ri chiziq bilan kesib o’tadi. Yerning asosiy sathiy yuzasi okeanlarning tinch turgan suv sathini Yerning quruqlik qismi ostidan u hamma joyda shovun chizig’ini to’g’ri burchak bilan kesib o’tadigan qilib davom ettirilgan deb faraz qilinganda hosil bo’lgan sathiy yuzadir. Yerning asosiy sathiy yuzasi bilan cheklangan yumaloq geometrik shakl Yerning shakli bo’lib, geoid degan nom bilan yuritiladi. Binobarin, Yerning shakli deganda, uning quruqlik qismidagi past-balandliklar e’tiborga olinmaydi.Chunki Yer yuzining ko’proq qismini (71%) okean va dengizlar, ozroq qismini (29%) quruqlik tashkil etadi. Bundan tashqari Yer radiusi 6371,11km, quruqlikning okean sathidan o’rtacha balandligi atigi 875 m,bu esa Yerning umumiy kattaligiga nisbatan nihoyatda kichikdir. Yerning geoid shakli tortish kuchi ta’siriga, tortish kuchi esa Yer bag’ridagi jinslarning joylashishi va zichligiga bog’liq. Jinslarning joylashishi va zichligi yerning hamma qismida bir xil bo’lmaganligidan geoid yuzasi ham murakkab “to’lqinsimon” bo’ladi. Masalan,yer bag’rining biror qismida atrofidagi tog’
Download 362.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling