1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari
Download 345.5 Kb.
|
KIMYO REFERATLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Na va K tuzlari.
- 2. Berilliy guruhchasining umumiy tavsifi. Kalsiy, uning oksid, gidroksid va tuzlari .
O`yuvchi ishqorlar. Suvda yaxshi eriydigan asoslar o`yuvchi ishqorlar deyiladi. Ulardan eng muhimlari NaOH va KOH lardir. NaOH va KOH–oq, xira, qattiq kristall moddalar. Suvda yaxshi eriydi, bunda ko`p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Suvdagi eritmalarda deyarli to`liq dissotsilanadi va kuchli ishqorlar hisoblanadi.
NaOH ↔ Na+ + OH- NaOH + CO2 = NaHCO3 KOH ↔ K+ + OH- 2NaOH + CO2 = Na2CO3 + H2O Na va K tuzlari. Natriy barcha kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Ularning barchasi suvda yaxshi eriydi hamda ulardan eng muhimlari–NaCl, Na2CO3 va Na2SO4 hisoblanadi. NaCl ovqatga solinadigan zarur modda, oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda, NaOH, Cl2, HCl, Na2CO3 olish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Na2CO3 kristall soda, ichimlik soda, shisha, sovun, qog`oz ishlab chiqarishda va ro`zg`orda yuvish vositasi sifatida ishlatiladi. Na2SO4 soda va shisha ishlab chiqarishda hamda Na2SO4•10H2O kristallgidrati tibbiyotda ichni yumshatuvchi sifatida ishlatiladi. Natriy tuzlari (natriy ionlari) alangani sariq rangga kiritadi. Bu kimyoviy birikmalardagi Na ni aniqlashning eng seziluvchan usulidir. Kaliyli tuzlardan asosan kaliyli o`g`itlar sifatida foydalaniladi. Kaliy tuzlari (kaliy ionlari) alangani gunafsha rangga kiritadi. Bu kimyoviy birikmalardagi K ni aniqlashning eng seziluvchan usulidir. 2. Berilliy guruhchasining umumiy tavsifi. Kalsiy, uning oksid, gidroksid va tuzlari. Berilliy guruhchasini Be, Mg, Ca, Sr, Ba va Ra elementlari tashkil etadi. Bular s-elementlardir. Atomlarining tashqi energetik pog`onasida ikkitadan elektron bo`ladi. Ular kimyoviy reaksiyaga kirishganida valent elektronlarini berib, +2 ga teng oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Ular ham kuchli qaytaruvchilar hisoblanadi, lekin ular ishqoriy metallarga qaraganda kuchsizroqdir. 7. 2-jadval. Berilliy guruhchasi elementlarining xossalari.
Ca dan keyingi elementlarning oddiy moddalari ishqoriy-yer metallari deyiladi. Ular ham kimyoviy birikmalarida ko`pincha ionli bog`lanishli bo`ladi. Tartib raqami ortishi va ionlanish energiyasi kamayishi bilan elementlarning elektronlar berishi osonlashadi, shuning uchun ularning metallik xossalari kuchayib boradi. Bu hodisa ishqoriy-yer metallarda yaqqol kuzatiladi. Bu elementlar kislorod bilan RO tipidagi asosli oksidlar hosil qiladi, bu oksidlarga R(OH)2 tipidagi asoslar muvofiq keladi. Asoslarning eruvchanligiga va asos xususiyati Be dan Ra ga tomon ortib boradi. Be(OH)2–amfoter birikma. Xossalari jihatidan Be bilan Mg boshqa metallardan birmuncha farq qiladi. Masalan, Be suv bialn reaksiyaga kirishmaydi, Mg faqat qizdirilganda, qolgan metallar esa odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishadi: R + 2H2O = R(OH)2 + H2↑ Bu metallar vodorod bilan RH2 tipidagi birikmalarni hosil qiladi, ular ham metallarning gidridlari deyiladi. Gidridlarda vodorodning oksidlanish darajasi –1 bo`ladi. Be guruhchasi elementlaridan eng katta ahamiyatga ega bo`lgani Ca dir. Download 345.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling