1-ma’ruza Organik bogʻlovchi materiallar. Reja
Qattiq bitum va qatronlar
Download 464.2 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuq bitum va qatronlar
- Tabiiy bitumlar
- Tabiiy suyuq bitumlar
- Neft bitumlari
Qattiq bitum va qatronlar- 20-25
0 C da qayishqoq va mo‘rt xossaga, 180- 200 0 C da esa siljishlik qobiliyatiga ega bo‘ladi. 2) Yopishqoq bitum va qatronlar- 20-25 0 C da yarim qattiq material holida bo‘lib, yuqori plastik va kam egiluvchanlikka ega bo‘ladi. 3) Suyuq bitum va qatronlar- 20-25 0 C da yarim suyuq material holida bo‘lib, ularning tarkibidagi uchuvchi yengil uglevodorodlar uchraydi. Ularning uchib chiqishi natijasida, suyuqbitum va qatronlar qotish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra bitumlar: 1) Oksidlangan; 2) Qoldiq; 3) Kreking. Qatronlar esa: 1) Haydalgan; 2) Tayyorlangan bo‘ladi. Organik bog‘lovchilarning asosiy xususiyatlari xom ashyolarning turiga bog‘liq. Bitum ishlatiladigan xom ashyolarni quyidagicha izohlash mumkin: Tabiiy bitumlar - qattiq, suyuq yoki yopishqoq, rangi qora yoki jigarrang bo‘lib, tabiatda sof holda deyarli uchramaydi, asosan cho‘kindi tog’‘ jinslari, ohaktosh va qumga shimilgan holatda uchraydi. Tarkibida 5% dan 20% gacha tabiiy bitum bo‘lgan tog’‘ jinslari asfalt deyiladi. Asfalt 25% moy, 20% smola va 55% asfaltendan tashkil topgan bo‘lib, uning zichligi 1,10-1,20 g/sm 3 , yumshash darajasi 145-215 0 C. Asfaltlar tarkibida yana asfaltog’en kislota va angidridlar bo‘ladi. Tabiiy bitumlar shimilgan qum va qumoq tuproq kir deyiladi. Kirlar tarkibidagi bitum miqdori tog’‘ jinsining hajmiga nisbatan 10-25% ni tashkil etadi. Kir tarkibidagi asfaltlar 35% moy, 30% smola va 30% asfaltenlardan iborat. Tabiiy suyuq bitumlar- maltalar sof holda bo‘lib, tog’‘ jinslari ko‘pincha kirlar tarkibida uchraydi, maltalarning zichligi 0,96-1,03 g/sm 3 bo‘lib, 55% moy, 10% smola, 15% asfaltendan iborat. Maltalar 76%-uglerod, 10%-vodorod, 10%-kislorod, 1%- oltingugurt, 1% azot va 1% boshka elementlardan tashkil topgan. Tabiiy bitum qizdirilganda asta-sekin yumshaydi, sovutilganda qotadi. Suvda parchalanmaydi, benzol, skipidar, xloroform va boshqa organik erituvchilarda oson eriydi. Tog’‘ jinslarining issiq suv yoki organik erituvchilar bilan ishlash natijasida sof tabiiy bitum oladi. Neft bitumlari- moysimon, rangsiz holatda to‘q qora ranggacha bo‘lib, murakkab birikma, ya’ni kislorodlar azot, oltingugurt birikmalari, hamda uglevodorodlardan iborat. Neft tarkibida: -83-87%- uglerod; -12%-vodorod -2%-kislorod; -0,2%- azot , -5%-oltingugurt bo‘ladi. Neftning massasi 0,85 0,97g/sm 3 , zichligi 0,73dan 1,04 g/sm 3 bo‘ladi. Neft quyidagi kimyoviy uglevodorod gruppalariga bo‘linadi: metan (parafinli), naften (sikloparafinli), benzol (xushbo‘y). Slanetsli bitumlarning asosiy xom ashyosi yonuvchi slanetslar hisoblanadi. U mineral birikmalar, ya’ni karbonatlar gruppasi-ohaktosh, kvars va tuproqdan tashkil topgan bo‘lib, solishtirma og‘irligi 1,3-1,7 g/sm 3 ga teng, rangi och va qung‘ir rangdan iborat. Yonuvchi slanetslar cho‘kindi tog’‘ jinslariga mansub bo‘lib, kerogendan tashkil topgan. Kerogen 65-80% uglerod, 8-11% vodorod, 5-12% kislorod va boshqa elementlardan iborat bo‘lib, kerogen organik bog‘lovchilarda erimaydi va 200 0 C dan yuqori haroratda ajralib chiqadi. Bu mahsulot zararli hasharotlarning yo‘qolishida, paxta hosildorchiligini oshirishda va chidamli qurilish materiallari (g‘ishtlar, bloklar) ishlab chiqarishda va hokazolarda ishlatiladi. Download 464.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling