Nazorat savollari
Yasashga doir masalalarni yechishda qanday bosqichlar mavjud?
Sirkul va chizg`ich yordamida yasash aksiomalarini ayting.
Bir kateti va ikkinchi katetiga o`tkazilgan medianasi berilgan to`g`ri burchakli uchburchak yasang.
Uch tomoni berilgan uchburchak yasang.
Parallelogramni uning bir uchidan chiquvchi ikki to`g`ri chiziq bilan uchiga tengdosh bo`lakka bo`ling.
Masalada berilgan elementlarni ixtiyoriy tanlab olganda ham masala yechimga ega bo`ladimi, agar berilgan elementlar ixtiyoriy tanlab olinganda masala yechimga ega bo`lmasa, u holda qanqanday tanlab olganda masala yechimga ega bo`ladi, qanday hollarda yechimga ega bo`lmaydi?
Berilgan elementlar imkoniyati boricha tanlab olinganda masala nechta yechimga ega bo`ladi?
Yasashga doir masalalarni yechishdagi bosqichlari haqida ma’lumot bering
9. Yasashga doir masalalarni to`la yechish uchun qaysi savollarni oydinlashtirish kerak?
10. Konstruktiv masalalarni yechishning dastlabki tayyorlov bosqichi qaysi bosqich?
11. To’g’irlash metodining yasash metodidagi afzalliklari nimadan iborat?
12. To’g’irlash metodi qo’llab yechiladigan masalaga misol keltiring
13. Kubning turli kesimini yasashga doir masalani sharhlang.
14. Prizmaning turli kesimini yasashga doir masalani sharhlang.
15. Besh burchakli prizma bilan prizma qirralarida yotuvchi nuqtalar orqali aniqlangan tekislik kesimini yasang.
TESTLAR
Tekislikda yasashga oid masalalarni yechish metodlaridan birini ko’rsating.
a) Algebraik metod
b) Vatarlar usuli
c) Teng kesmalar metodi
d) Monj metodi.
Fazoviy figuralarning tasvirini yasashdagi asosiy teorema
Polke-Shvarts teoremasi
Fales teoremasi
Paskal teoremasi
Brianshon teoremasi
Markaziy proeksiyalashda saqlanadigan xossalarni aniqlang.
a) to’rtta nuqtaning murakkab nisbati
b) uchta nuqtaning oddiy nisbati
c) Kesma uzunligi
d) Burchak
Parallel proektsiyalashda saqlanadigan xossalarni aniqlang.
uchta nuqtaning oddiy nisbati
Kesma uzunligi
burchak
tug’ri chiziqlar perpendikulyarligi
Sirkul va chizg’ich yordamida xal qilib bulmaydigan klassik masalalarni ko’rsating.
burchak triseksiyasi, doira kvadraturasi, kubni ikkilantirish
b) burchak triseksiyasi, doira kvadraturasi, kesmani nisbatda ajratish
c) burchakni ikkiga bulish, doira kvadraturasi, kubni ikkilantirish
d) burchak triseksiyasi, kubni ikkilantirish
Yasashga oid masalalarni yechish bosqichlarini ko’rsating.
analiz, yasash, isbot,tekshirish
Analiz, yasash, xisoblash, isbot
Do'stlaringiz bilan baham: |