… 1,2 m.
175. Suyuqlik oqimining uzviylik tenglamasi. Uzviylik tenglamasining har xil shaklari. i
Uzviylik tenglamasi tabiatning suyuq muhitga qo‗llaniladigan fundamental
qonunlaridan birini - massaning saqlanish qonunini ifodalaydi. Uzviylik tenglamasini chiqarishda, xuddi suyuqlik harakati dinamikasini ifodalovchi differensial tenglama kabi, har xil, qo‗zg‗almas yoki suyuqlik bilan birgalikda harakat qiluvchi koordinatalar sistemalaridan foydalanish mumkin. Bu ikkala koordinat qoidalari mos ravishda Eyler va Lagranj usullaridir. Tenglamani
chiqarishda kichik (differensial) yoki makroskopik (integral) kuzatuv hajmini tanlash mumkin. Biz quyida Eyler va Lagranj differensial usullarini o‗quvchiga amaliyot mashqlarida mustaqil o‗rganish uchun havola qilgan holda Eylerning integral usuli bilan uzviylik tenglamasini chiqaramiz.S sirt bilan chegaralangan V hajmni qaraylik (3.14-rasm). S sirtning dS elementini ajratamiz. Faraz qilaylik, n-tashqi normalning birlik vektori, u- tezlik vektori bo‗lsin. Ajratib olingan dS element orqali vaqt birligi ichida hajm ichiga undS miqdordagi suyuqlik massasi oqib kiradi, bunda manfiy ishora nva uvektorlarning qarama-qarshi yo‗nalganligidan olingan. Butun yopiq sirt bo‗ylab hajmga kirib kelgan sekundlik massa miqdori quydagiga teng: Boshqa tarafdan esa, hajmga oqib kirgan suyuqlik uning massasini o‗zgartiradi. Bunda ajratib olingan hajm o‗zgarmas, u holda massaning o‗zgarishi faqatgina zichlikning o‗zgarishi hisobigagina sodir bo‗ladi.
208. Tekis devorga suyuqlik bosimi. Suyuqlikning vertikal tekis sirtga bosim kuchi.Normalining yo‗nalishi ixtiyoriy aniqlangan ABCD tekis sirtga ta‘sir etayotgan (unga ta‘sir etayotgan gidrostatik bosim kuchini o‗zgarmas deb) to‗la bosim kuchi quyidagi formula bo‗yicha hisoblanadi: Pto‗la = р0 ω + γho.m. ω, (2.26)
bu yerda ω [m2] – ABCD tekis sirtning ho‗llanish yuzasi; γ [N/m2] – suyuqlikning
solishtirma og‗irligi; ho.m [m]– ho‗llangan yuza og‗irlik markazining cho‗kish chuqurligi. Ushbu (2.26) formulada p0 = pаt bo‗lganda manometrik bosim kuchi quyidagi formuladan topiladi:
85. Gidrostatik bosim va uning xossalari. Suyuqlikning ixtiyoriy ichki nuqtasidagi gidrostatik bosim uning ajratib olingan hajmiga uringan yuzaga perpendikulyar va u qaralayotgan hajmning ichiga normal bo‘ylab yo‘nalgan.2.. Suyuqlik ichida berilgan ixtiyoriy nuqtadagi gidrostatik bosimning miqdori barcha yo‘nalishlarda bir xil, ya’ni bosim o‘zi ta’sir qilayotgan normalining yo‘nalishi ixtiyoriy aniqlangan yuzadan bog‘liq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |