1-Mavzu: Axborot va qaror qabul qilish tizimlari Reja


Download 0.49 Mb.
bet1/29
Sana04.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1158881
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Axborot tizimlari mustaqil ish shon


1-Mavzu: Axborot va qaror qabul qilish tizimlari
Reja:
1. Axborot tizimlari
2. Qaror qabul qilish tizimlari
Axborot tizimi(AT) - axborotni saqlash, qidirish va qayta ishlash uchun moʻljallangan, axborotni taʼminlovchi va tarqatuvchi(ISO/IEC 2382:2015) hamda tegishli tashkiliy resurslar (inson, texnik, moliyaviy va boshqalar) tizimidir .
AT axborotga ehtiyojmand odamlarni oʻz vaqtida toʻgʻri maʼlumot bilan taʼminlash , yaʼni maʼlum bir predmet doirasidagi aniq axborotga boʻlgan ehtiyojni qondirish, axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatish natijasi esa axborot mahsulotlari - hujjatlar, axborot massivlari, maʼlumotlar bazalari va axborot xizmatlaridir . Axborot tizimi tushunchasi kontestga qarab turlicha talqin qilinadi.
Axborot tizimini yetarlicha keng tushunish uning ajralmas tarkibiy qismlari maʼlumotlar, apparat va dasturiy taʼminot, shuningdek, xodimlar va tashkiliy yordam ekanligini anglatadi.
Axborot tizimini tor doirada tushunish uning tarkibini maʼlumotlar, dasturlar va texnik vositalar bilan cheklaydi. Ushbu komponentlarning integratsiyasi axborotni boshqarish jarayonlarini va oxirgi foydalanuvchilarning axborotni olish, oʻzgartirish va saqlashga qaratilgan maqsadli faoliyatini avtomatlashtirish imkonini beradi.
Axborot tizimi(AT) axborotni yigʻish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish uchun moʻljallangan rasmiy, ijtimoiy-texnik, tashkiliy tizimdir . Sotsial-texnik nuqtai nazardan, axborot tizimlari toʻrt komponentdan iborat. Bular: vazifa, odamlar, tuzilma (yoki rollar) va texnologiya . Axborot tizimlarini maʼlumotlarni toʻplash, saqlash va qayta ishlash, maʼlumotlarni axborot bilan taʼminlash, bilimga hissa qoʻshish, shuningdek, qaror qabul qilishni osonlashtiradigan raqamli mahsulotlar komponentlarining integratsiyasi sifatida taʼriflash mumkin .
Kompyuter axborot tizimi — axborotni qayta ishlovchi yoki sharhlovchi odamlar va kompyuterlardan tashkil topgan tizim . Bu atama baʼzan oddiygina dasturiy taʼminot oʻrnatilgan kompyuter tizimiga murojaat qilish uchun ham ishlatiladi.
„Axborot tizimlari“ shuningdek, odamlar va tashkilotlar maʼlumotlarni toʻplash, filtrlash, qayta ishlash, yaratish va tarqatish uchun foydalanadigan maʼlumotlarga va kompyuter texnikasi hamda dasturiy taʼminotining qoʻshimcha tarmoqlariga tegishli tizimlar haqidagi akademik sohaviy tadqiqotdir. Asosiy eʼtibor aniq chegaraga ega boʻlgan axborot tizimiga, foydalanuvchilar, protsessorlar, saqlash, kirish, chiqish va yuqorida aytib oʻtilgan aloqa tarmoqlariga qaratiladi .
Koʻpgina tashkilotlarda axborot tizimlari va maʼlumotlarni qayta ishlash uchun mas’ul boʻlgan boʻlim yoki funksional soha „axborot xizmatlari“ deb nomlanadi . Har qanday maxsus axborot tizimi operatsiyalarni, boshqaruvni va qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan . Axborot tizimi - bu tashkilot foydalanadigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT), shuningdek, biznes jarayonlarini qoʻllab-quvvatlashda odamlarning ushbu texnologiya bilan oʻzaro munosabati hamdir .
Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiq0ilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir ko’rsatish - qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning shakllanish jarayoni esa – qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Iqtisodiy ob’ektni boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi. Qaror qabul qilish jarayonini ta’minlash, ya’ni aynan, kerakli axborotni kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish - iqtisodiy ob’ekt axborot tizimining asosiy vazifalaridan biridir. SHu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo’lishi iqtisodiy ob’ektning axborot tizimi faoliyatiga, u erda qo’llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta’sir qiladi va xatto axborot tizimining butun boshli sinfi - qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Boshqarish deb ob’ektning asosiy xossalarini saklab kolish yoki ma’lum bir maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funktsiyasiga aytiladi. Tizimni boshqarish maqsadiga ma’lum bir funktsiyani amalga oshirish orqali erishiladi. Bunday funktsiyalarga:
 rejalashtirish;
taxlil etish;
 nazorat;
 xisobot;
 qaror qabul qilish funktsiyalari kiradi.
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi. Uning evolyutsiyasi. Menejerlarning faoliyati turli murakkablikdagi qarorlarni qabul qilish zaruriyati bilan bog‘liq. (masalan, firmani rivojlantirish yo‘nalishini tanlash, kompaniya faoliyatini avtomat-lashtirish variantlari, ofis uchun binoni tanlash, filiallarni joylashtirish variantlarini belgilash, ishlab chiqariladigan yoki sotib olinadigan tovarlar turlari, asbob-uskuna turlari, kreditor, ishning hamijrochisi, vakant joylarga nomzodlardan birini tayin-lash). Bu birinchi galda axborot qarorlarini qabul qilish uchun talab etiladigan yig‘in zaruriyati bilan bog‘liq. Axborotga ega bo‘lish zarur, biroq to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun bu yetarli emas. Buning uchun predmet sohasini yaxshi bilish, qaror qabul qilish ko‘nikma-sini hosil qilish, bir qator vosita va usullarga ega bo‘lishi lozim.
Shuning uchun ancha murakkab qarorlarni qabul qilishda turli sohalardagi ekspert-mutaxassislarni jalb etish kerak bo‘ladi. Biroq ekspertlar bilimidan samarali foydalanish uchun, birinchidan, qanday ekspertlar zarurligini, ikkinchidan, ular oldiga qanday masalalarni qo‘yishni, va nihoyat, qaror qabul qilish uchun ularning bilimidan qanday foydalanishni bilish kerak bo‘ladi. Ayni paytda qaror qabul qilish mas’uliyati baribir menejer zimmasida qoladi.

Qaror qabul qilishdagi asosiy vazifa - bu alternativ (muqobil) variantlarni tanlash yoki ularning bir nechtasini maqsadga yetishish uchun qanchalik ahamiyatligiga ko‘ra qatorlashtirib chiqish. Axborot-lashtirish variantlarini tanlashda, avvalo firmaning asosiy maq-sadi sifatida firma rentabelligini oshirishni ko‘rsatish mumkin. Variantlarni baholash mezonlari sifatida esa axborotlashtirishga ketgan harajatlar, boshqa faoliyat turiga moslashish imkoniyati, axborotni himoyalash imkoniyati, so‘rovga javob berish tezligi, asbob-uskunalarning ishonchliligi va hokazo omillarni qo‘llash mumkin.
Qarorlar qabul qilish bosqichlarida va jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni hal etishning ko‘plab usullari mavjud. Bu barcha usullar maxsus axborot tizimlari – qaror qabul qilishni qo‘llab – quvvatlash tizimi (QQQQT) orqali amalga oshiriladi. QQQTni loyhalash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikka asoslangan bo‘lib, vazifalarning murakkabligi bilan aniqlanadi. Mazkur tizim - dialog ko‘rinishidagi avtomatlashtirilgan tizimdir. U boshqaruvning axborot tizimidagi muhim darajalaridan (katego-riya) biri sanaladi. So‘nggi paytlarda QQQT kichik va o‘rta biznesda ham (masalan, savdo nuqtalarini joylashtirish variantlarini tanlash) qo‘llanila boshlandi. Umuman olganda, ular alohida yakka uslubni qo‘llab – quvvatlash va menejerning shaxsiy talablariga mos kelish imkoniyatiga ega.
Katta tijorat va davlat tashkilotlarida murakkab muammo-larni hal etish uchun yaratilgan tizimlar ham mavjud.
Aviakompaniya tizimi. Aviatashish tarmog‘ida «Boshqaruvning Tahliliy Axborot Tizimi» deb nomlangan qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimidan foydalaniladi. U American Airlines tomonidan yaratilgan, ammo boshqa kompaniyalar, samolyot ishlab chiqaruvchilar va assotsiatsiyalar, tahlilchilar tomonidan ham foydalaniladi. Bu tizim transportdan foydalanish chog‘ida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil etish, yuk oqimini baholash jadvalini statistik tahlil etish orqali ko‘pincha qarorlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, u kompaniyalar ulushi, tushumi va rentabellik bo‘yicha aviabozorlar uchun bashoratlash (prognoz qilish) imkonini beradi. Mazkur tizim shu tarzda aviakompaniyalar rahbariyatlariga chiptalar narxi, taransportga bo‘lgan talab va hokazo masalalar yuzasidan qaror qabul qilishga ko‘maklashadi.
Geografik tizim. Geografik axborot tizimi – bu qarorlar qabul qilishga ko‘maklashuvchi tizimning maxsus kategoriyasi bo‘lib, kompyuter grafikasini geografik ma’lumotlar bazasi hamda tizim-ning boshqa vazifalari bilan integrallash imkonini va odamlarni geografik jihatdan taqsimlashga oid qarorlar qabul qilishda ko‘maklashuvchi haritalar va shunga o‘xshash ob’ektlarni tuzish hamda ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, u jinoyatchilikka tegishli geografik haritani tuzish va politsiya kuchini to‘g‘ri taqsimlashga katga yordam beradi. Shuningdek undan urbanizatsiya darajasini, o‘rmonchilik san’atini, temir yo‘l biznesini o‘rganishda foydalaniladi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling