1-Mavzu: Axborot va qaror qabul qilish tizimlari Reja


-Mavzu: Bilimlarni boshqarish va ixtisoslashgan axborot tizimlari


Download 0.49 Mb.
bet3/29
Sana04.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1158881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Axborot tizimlari mustaqil ish shon

3-Mavzu: Bilimlarni boshqarish va ixtisoslashgan axborot tizimlari
Reja:
1. Bilimlarni boshqarish tizimlari
2. Ixtisoslashgan axborot tizimlari
Bilimlar tizimi bu – asosan bilimlar bazasidir. Bilimlar bazasi biror sohada oldindan belgilangan shart-sharoitlarga javob bera oladigan ma'lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimlar bazasini shakllantirish turli uslublar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda muammolarning aksariyati bilimlar bazasining umumiy tuzilishi va uni tashkil etuvchi elementlarning o'zaro bog'lanish usuliga taalluqli bo'ladi. Umumiy hofda bilimlar bazasini yaratish dasturlar tizimini yaratishga o'xshash bo'ladi. Bilimlar bazasi - bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir. Bilimlar bazasi jamiyatning ajralmas qismi bo'lib, uning o'tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqidagi bilimlarni o'zida mujassamlashtiradi. Bilimlar bazasida jamlanadigan ma'lumotlar matn, belgi, raqam, jadval, grafik, rasm va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin.
Ma’lumotlar bilimlar bazasining berilgan qismlariga joylashtiriladi va bu qismlar sektorlar deb ataladi. A B C D Har bir sektorda ma'lum qoidalarga ko'ra ishlatiladigan bilim (ma'lumot)lar bo'laklari joylashadi. Har bir sektordagi ma'lumotlardan yakka holda foydalanish, ya'ni sektorlarni boshqarishni avtonom holda olib borish mumkin. Sektorlarni quyidagicha taqsim lash mumkin: A- matnli axborotlar, В - grafikli axborotlar, С - jadvallar, D - diagrammalar.
Bilimlar bazasidan foydalanish tartibi turlicha bo'lishi mumkin va uni belgilash foydalanuvchining xohishiga bog'liq. Qoidalar ketma-ketligi esa iyerarxik tuzilishda bo'ladi. Bilimlar bazasi qoidalar tarmog'i sifatida tasvirlanadi. Tarmoqning har bir holatdagi o'tish yo'li muloqot jarayonidagi foydalanuvchining javobiga bog'liq bo'ladi. Muloqot quyidagi tarzda olib boriladi: ¬dastur foydalanuvchiga tizimga qanday savollar berish mumkinligi haqida yo'nalish beradi.
Berilgan sohadagi bilimlar bazasidan foydalanish har bir foydalanuvchidan ma'lum darajadagi ko'nikma va malakalarni talab qiladi. Bunday ko'nikmalarga turli shakldagi aqliy faoliyat turlari: tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, strukturalash, o'xshashlik darajalarini o'rnatish va boshqalar kiradi.
Axborot qidiruv tizimlari – bu vеb-sayt hisoblanib Intеrnеt tarmog’ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunda yuqorida sanab o’tilganidеk Google , Yahoo dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimlaridan hisoblanadi. Bizning davlatimizda WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi qidiruv so’rovlari bo’yicha ilg’orlardan biridir. Bundan tashqari Intеrnеt tarmog’ida ma'lum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. Bulardan eng ommaboplari:
“KtoTam” – insonlar to’g’risidagi axborotlarni qidirishga mo’ljallangan yangi turdagi axborot-qidiruv tizimi. Bunda insonlarni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi, lavozimi va unvoni hamda tashkilot va boshqa insonlar orqali topish mumkin.
“Tagoo” – musiqalarni qidirishga mo’ljallangan qidiruv tizimi. Boshqa qidiruv tizimlariga nisbatan ushbu tizim o’zining kеngaytirilgan musiqa bazasidan va boshqa saytlarning mp3 rеsruslaridan qidirib ularning ro’yxatini shakllantiradi. So’rovda musiqa nomini, uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish mumkin.
“Truveo” – Intеrnеtning turli rеsurslaridagi vidеomatеriallarni qidirishga ixtisoslashgan axborot – qidiruv tizimi. Bu tizim orqali on-layn vidеo hamda tеlеdasturlar namoyishlarini ham qidirib topish mumkin.
“Kinopoisk” – filmlar to’g’risidagi axborotlarni qidirish tizimi. Qidiruv vaqtida filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan davlat nomi, kompaniya nomi, aktеrlar ismlari hamda rеjissеrlar va stsеnariy mualliflari ism shariflaridan ham foydalanish mumkin.
“Ebdb” – elеktron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma'lumotlar bazasida elеktron ko’rinishda tarqatiladigan adabiyotlarning ko’plab mashhurlari to’plangan. Qidiruv natijalari kitob nomlari bo’yicha guruhlanadi.
“Ulov-Umov” – rеzyumе va vakant joylarni qidirish tizimi. Bunda qidiruv jarayonida karеra va ishga bag’ishlangan hamda ijtimoiy tarmoq va boshqa saytlar vakansiyalari tеkshiriladi va ro’yxati shakllantiriladi.
Ma’lumotlar bazasi fani insonlarda axborot muhitida ma‟lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o’ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatlarini oshiradi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining faoliyat yuritishi ma’lumotlar bazasini tashkil qilishni ikki jismoniy va mantiqiy darajalarda olib borishga asoslangan. Bu ikki daraja ma’lumotlarni tashkil qilishning ikkita jihatiga mos keladi: ma’lumotlarni shaxsiy kompyuter xotirasida saqlash nuqtai nazaridan jismoniyga va ma’lumotlarda amaliy dasturlardan foydalanish nuqtai nazaridan mantiqiy bo’linadi. Ma’lumotlar bazasi haqidagi eng umumiy tasavvur quyidagilardan iborat: ma’lumotlar bazasi - bu, shaxsiy kompyuterning tashki xotirasida saklanadigan ma’lumotlarning katta hajmining majmuasidir. Shunday qilib, ma’lumotlar bazasi - bu, shaxsiy kompyuter xotirasida saqlanadigan va muammo soha holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va o’zaro bog’langan ma’lumotlarning majmuidir. Ma’lumotlar bazasi yana ayrim foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini ta’minlash uchun ham mo’ljallangan.
Kompyuter axborot tizimlari o’rtasida eng katta taraqqiyot sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan ekspert tizimlarini ishlab chiqish sohasida qayd etildi. Ekspert tizimi menejerga yoki mutaxassisga tizimlarda to’plangan bilishlarga doir har qanday muammo bo’yicha maslahat olish imkoniyatini beradi. Misol. AQShning davlat agentligi shunday bir ekspert tizimini yaratgan. U ob-havo va g’allaga tegishli ma’lumotlarni tahlil qilib, fermerlarga irrigasiya, o’g’it solish va hosil olishning optimal vaqtini belgilaydi. Sun’iy intellekt deyilganda, odatda kompyuter tizimlarning shunday harakatlarni bajarish qobiliyati tushuniladiki, agar bu harakatlarni odam bajarganda uni intellektual deb atash mumkin bo’lardi. Aksariyat hollarda bu yerda odamning fikrlashi bilan bog’liq, qobiliyatlar nazarda tutiladi.
Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar ekspert tizimlari bilan chegaralanmaydi. Shuningdek, ular o’z ichiga odamning asab tizimi, uning eshitish, ko’rish, sezish, o’qish - o’rganish qobiliyatini modellashtiruvchi robotlar, tizimlar yaratishni ham oladi. Maxsus masalalarni yoki vazifalarni hal qilish maxsus bilimlarni talab etadi. Lekin har qanday kompaniya ham o’z shtatida uning ishi bilan bog’liq barcha muammolar bo’yicha ekspertlarni saqlay yoki hatto har safar bunday muammolar paydo bo’lganda ularni taklif qila olmaydi. Ekspert tizimlari texnologiyasidan foydalanishning bosh mohiyati ekspertdan uning bilimlarini olish va uni kompyuter xotirasiga kiritib, har safar zaruriyat tug’ilgan hollarda undan foydalanishdan iboratdir.
Bilimlar tizimi bu – asosan bilimlar bazasidir. Bilimlar bazasi biror sohada oldindan belgilangan shart-sharoitlarga javob bera oladigan ma'lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimlar bazasini shakllantirish turli uslublar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda muammolarning aksariyati bilimlar bazasining umumiy tuzilishi va uni tashkil etuvchi elementlarning o'zaro bog'lanish usuliga taalluqli bo'ladi. Umumiy hofda bilimlar bazasini yaratish dasturlar tizimini yaratishga o'xshash bo'ladi. Bilimlar bazasi - bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir. Bilimlar bazasi jamiyatning ajralmas qismi bo'lib, uning o'tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqidagi bilimlarni o'zida mujassamlashtiradi. Bilimlar bazasida jamlanadigan ma'lumotlar matn, belgi, raqam, jadval, grafik, rasm va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin.
Ma’lumotlar bilimlar bazasining berilgan qismlariga joylashtiriladi va bu qismlar sektorlar deb ataladi. A B C D Har bir sektorda ma'lum qoidalarga ko'ra ishlatiladigan bilim (ma'lumot)lar bo'laklari joylashadi. Har bir sektordagi ma'lumotlardan yakka holda foydalanish, ya'ni sektorlarni boshqarishni avtonom holda olib borish mumkin. Sektorlarni quyidagicha taqsim lash mumkin: A- matnli axborotlar, В - grafikli axborotlar, С - jadvallar, D - diagrammalar.
Bilimlar bazasidan foydalanish tartibi turlicha bo'lishi mumkin va uni belgilash foydalanuvchining xohishiga bog'liq. Qoidalar ketma-ketligi esa iyerarxik tuzilishda bo'ladi. Bilimlar bazasi qoidalar tarmog'i sifatida tasvirlanadi. Berilgan sohadagi bilimlar bazasidan foydalanish har bir foydalanuvchidan ma'lum darajadagi ko'nikma va malakalarni talab qiladi. Bunday ko'nikmalarga turli shakldagi aqliy faoliyat turlari: tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, strukturalash, o'xshashlik darajalarini o'rnatish va boshqalar kiradi. Bilimlar bazasini yaratishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
1-bosqich. Predmet sohasini aniqlash. Bu bosqichda muayyan bilim sohasi tanlanadi.
2-bosqich. Bilimlar to'plamini yaratish. Berilgan mavzu bo'yicha materiallarga darslik, ma'lumotnoma, ilmiy maqolalar, jurnal, gazeta, yaratuvchining oldindan to'plagan xususiy bilimlari va boshqalar kiradi. Yaratiladigan bilimlar bazasining sifati va hajmi yaratuvchining birlamchi bilim manbalaridan oladigan axborotlari sifatiga bog'liq bo'ladi.
3-bosqich. Bilimlarni tizimga tushirish. Bu bosqichda asosiy tushunchalar va ularning xossalari, atamalarning mazmuni (tub mohiyati) aniqlanadi, tushunchalar mazmuni bo'yicha turlarga ajratiladi, ular o'rtasida mantiqiy bog'lanish o'rnatiladi. Axborotlarning tuzilishi tartibini to'g'ri belgilash undan foydalanish samarasini oshiradi.Materialni bilimlar bazasida ifodalash uchun tizimli tahlildan foydalaniladi. Materialni tizimga solish jarayonida, avvalo, ko'rilayotgan mavzuning iyerarxik modeli tuziladi, so'ngra elementlar orasidagi bog'lanishlar aniqlanadi. To'plangan materialning modelini yaratishda tahlil, turlarga ajratish, guruhlash, qiyoslashtirish, tartiblash, tizimlashtirish, formatlash, modellashtirish kabi usullardan foydalaniladi.
4-bosqich. Materialni shaklan tasvirlash. Tanlangan mavzu tushunchalari orasidagi o'zaro bog'lanish va asosiy yo'riqlarini aks ettiradigan materialning shakliy ko'rinishi grafik, jadval, matn, mantiqiy sxema, gipermatn kabi sxemalashtirilgan vositalar yordamida berilishi mumkin.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling