1-Mavzu bilim inson manaviy kamoloti omili
-mavzu zardushtiylikning vujudga kelishi
Download 103.12 Kb.
|
14-mavzu zardushtiylikning vujudga kelishi
Zardushtiylik mil. av. II-I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahiy orqali e’lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko’p ta’sir o’tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ustidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritilgan. Keyingi asrlarda bu g’oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan o’zlashtirildi. Aytib o’tish joizki, ushbu din paydo bo’lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to’liq yechilgan masala emas. Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so’zni «Mazdaga sig’inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash mavjud Birinchisi – «G’arb nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bo’lganligidir. E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. av. VI asrdan to mil. VII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O’rta Sharqda davlat dini maqomida bo’lgan. Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Хorazm hisoblanadi. Ko’pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Хorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog’langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», deyiladi. «Airyanem-Vaeja»ning Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteistik ta’limotdir. U behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda vabarcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi.Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishnibuyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylik dinida Axura Mazda Oliy ibtido, u hamma mavjudotlarning yaratuvchisi va boshqaruvchisi, yaxshilik va ezgulik timsoli – Oliy ruh sifatidanamoyon bo’ladi. Zardushtiylikda yana olti ilohiy ruh – quyi tangrilarga hamsig’inilgan. Zardusht ta’limotiga ko’ra ular bir-biriga singib ketgan, manbaning ayrim joylarida quyi tangrilar Axura Mazdaning emanatsiyalari (ya’ni o’zidan nurlantirib chiqargan) deb berilgan. Avestoda quyi tangrilar Amesha Spenta –“abadiy ruhlar” deb nomlanadilar. «Abadiy ruhlar” dunyo yaratilishining ma’lumbir pog’onasini boshqarib turgan. Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha past, baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go’shtlarini qushlar yeb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklarmaxsus sopol idishlarga solinib minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zardust, Zoroastr ko’rinishlarida ham ishlatiladi. Тadqiqotchilar o’rtasida Zardushtning tarixda bo’lgan yoki bo’lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Ingliz tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan ko’pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. 15 15-mavzu BUDDAVIYLIK DINIY TA LIMIY TARBIYAVIY G'OYALAR Reja: 1)Budda Shakuyamuni. 2) Buddaviylikning paydo bo`lishi va tarqalishi. 3)Buddaviylikning ta`limoti va uning mazmuni. 4)Buddaviylikning okimlari. 5) Hozirgi zamonda buddaviylik
Milliy dinlar (iudaizm, xinduiylik, sintoizm, konfutsiylik va boshqalar) elatlarning, keyin esa millatlarning shakllanish jarayonini aks ettirgan. Bu dinlar O`zlari paydo bO`lgan xududdagi odamlarning (elat, millatlarning) O`z millatlariga, davlatlariga sig`inishni ifodalovchi dinlar edi. Milliy dinlar namoyondalari mazkur etnosning vakilidir. Bu dinlarga odamlarning odatdagi xatti-xarakatlarini diniy marosimga aylantirish, O`ziga xos irimchilik, boshqa dindagi kishilar bilan muomala qilishni qiyinlashtiradigan diniy ta`qiqlarning qat`iy tizimi xosdir. Jahon dinlariga prozelitizm (yunoncha-kelgindi), ya`ni boshqa diniy e`tiqoddagi odamlarni O`z diniga kiritishga urinish uchun faol targ`ibotchilik xususiyati xosdir. Shuning uchun ham bugun boshqa dinga e`tiqod qilayotgan shaxslar ertaga (agar xohlasa, albatta) istagan jahon dinini qabul qilishi mumkin. Jahon dinlari paydo bO`lishi bilan endilikda xalqlar hayotida muhim xodisa-bir dindagi turli xalqlarning yaqinlashuvi jarayoni ham rO`y bera boshladi. Biz yuqorida sanab O`tgan uchta jahon dini ham jamiyat taraqqiyotidagi buyuk tarixiy burilishlar davrida, bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan ikkinchisiga O`tish, yagona markazlashgan davlatlarga birlashish, jahon imperiyalari tarkib topgan paytlarda, ya`ni jahon imperiyasi uchun jahon dini yaratish ehtiyoji tug`ilgan paytda paydo bO`lgan. Uch jahon dini ichida birinchi paydo bO`lgan din Buddaviylik dini edi. U miloddan avvalgi VI asrda Xindistonda vujudga keldi. Milodning boshlarida Xristianlik dini, milodning VII asrida Islom dini paydo bO`ldi. 1.Buddiylik dini. a). Budda Shakuyamuni. Buddiylikning paydo bO`lishi va tarqalishi. Buddiylikning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda hisoblangan. U tarixiy shaxs bO`lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar mavjud. Uning nomi hind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan ma`noni anglatadi. Rivoyatlarga qaraganda, keng ma`noda kO`p marta ilohiy tug`ilishlar tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshqalarga ham diniy najot yO`lini kO`rsata oladigan odam bO`lgan. Tarixiy manbalarning dalolat berishicha buddiylikning asoschisi shahzoda Sidxartxadir. U vafot etgandan sO`ng Budda - “haqiqatga erishgan” deb atalgan; u ushbu oliy maqsadga erishish uchun Gautama urug`idan bO`lgan eng obrO`li Shak`ya qabilasini tanlagan; ana shundan bu diniy rivoyatda Budda-Gautama nomi keng tarqalgan. Diniy rivoyatlarga kO`ra Gautama hind qabilasi hukmdorlaridan birining O`g`li bO`lib, u befarzand bO`lgan; ammo uning xotini g`oyibdan homilador bO`lib, 45 yoshida O`g`il tuqqan; bola tug`ilganda mO`jiza yuz bergan: tabiiy hodisalar - yer qimirlab, chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumbirlab turgan; uning ovozini Koinotdagi ilohiy kuchlardan tashqari barcha tirik mavjudodlar ham eshitib turganlar; chaqaloqqa Sidxartxa (topshiriqni bajaruvchi) deb nom qO`yganlar; U 7 kundan keyin yurib ketgan va gapira boshlagan. Sidxartxaning otasi O`g`lini din yO`liga bag`ishlashga rozi bO`lmay, unga yaxshi ma`lumot bergan hamda yaxshi sharoitlarda tar-biyalagan va u hech qanday qiyinchilik kO`rmay O`sgan; O`spirinligidayoq O`zining donoligi, kuchliligi va epchilligi bilan hammani hayratga solar ekan. U bir cholga duch kelgan, kasal yotgan kishini, O`likni kO`rgandan sO`ng hayotning mohiyati, maqsadi, og`irliklari, kasallik va O`lim haqida O`ylay boshlagan. Binobarin, hayotning behudaligini anglab, tarki dunyo qilgan, darvesh yO`liga kirgan; bu bilan u gO`yo kishilar boshiga tushadigan kulfatlar, azob-uqubatlar sabablari-ning mohiyatiga tezroq yetib, ulardan qutulish yO`lini topmoqchi bO`lgan. Nihoyat, 36 yoshida “haqiqiy bilim” ni topganligini e`lon qilgan. Shundan sO`ng u Budda deb nom olgan (“budda” sO`zi ilohiy haqiqatga erishgan, degan ma`noni anglatadi). Shu tariqa u 4 ta ulug`vor haqiqat siri ochilgan, ular buddiylik ta`limotiga asos qilib olingan. Qadimgi Hindistonda buddiylik shakllanganga qadar murakkab sinfiy munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, O`rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga braxmanlar, xarbiylar, O`rta tabaqaga-dehqonlar, eng quyi tabaqaga oddiy xalq, xizmatkor, chO`rilar kiritilar edi. Buddiylik quldorlik jamiyatida braxmanlik mazhablaridan biri sifatida paydo bO`lgan. Buddiylik diniy ta`limotining asosiy manbai muqaddas kitob - “Gripitaka” (Uch savob donolik) deb atalgan. Bu t`limotda Budda uchta savatda ta`limot qoldirgan deyiladi: birinchi savob - Vinoyapitana (pand - nashhablar, axloqiy me`yorlar); ikkinchi savat - Suttapitaka (duolar, dostonlar); uchinchi savat - Abxidhammapitaka (diniy-falsafiy masalalar bayoni) lardan iborat. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi va madaniyatida buddiylik muayyan O`rin egallagan. U zardushtiylik dini ta`sirida va u bilan yonma-yon shakllangan dinlardan biri bO`lgan buddiylik miloddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonning shimolida vujudga kelgan; keyinchalik Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo hamda Uzoq Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Uning vujudga kelishi hind jamoalarida rO`y bergan muhim ijtimoiy-iqtisodiy O`zgarishlar - urug`-qabilachilik aloqalari va tartiblarining yemirilishi, sinfiy jamiyatlarning vujudga kelishi va yirik quldorlik davlatlarining paydo bO`lishi bilan bog`liq edi. III-asrga kelib dunyoviy jamiyat (imperator Ashoka) ning faol qO`llab-quvvatlashi natijasida mulkchilik darajasida yagona bO`lgan budda tashkiloti (monaxlik jamoasi - singxa) va diniy aqidachilik shakllangan. Buddiylikning Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda bu yerlardagi qabilalarning avlodlari tugatgan grek-baqtriya podshohligining O`rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga tO`g`ri keladi. Kushon imperiyasi O`zining eng gullagan davrida (milodning I-III asrlarida) hozirgi Markaziy Osiyoning bir qismini, Afg`oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston, ehtimol Uyg`uristonni ham O`z ichiga olgan. Kushon podsholigi davrida buddiylik Hindistondan Markaziy Osiyoga, undan esa Buyuk ipak yO`li orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan. Keyingi O`n yilliklar mobaynida olib borilgan arxeologik izlanishlarning natijalari va tarixiy ma`lumotlarni umumlashtirgan holda taxmin qilish mumkinki, islomgacha bO`lgan davrda buddiylik Markaziy Osiyo g`oyaviy hayotining muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etgan. Buddiylik faqat maxsus ibodatxonalargagina emas, balki podsho saroylaridan boshlab, oddiy kambag`al dehqon va hunarmandlarning kulbasigacha kirib borgan dindir. Buddiylikni qabul qilgan Markaziy Osiyo xalqlari diniy ibodatlar uchun har xil maxsus inshootlar qurganlar. Buddiylik bilan bog`liq obidalar, ibodatxonalar, haykallar, devorlarga solingan rasmlar Markaziy Osiyoda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim O`rin egallaufy. Buddiylik bilan bog`liq imoratlar, qurilishlar hozirda ham Shimoliy Qirg`iziston, O`zbekiston va Turkmanistonning Janubiy tumanlarida, Tojikis-tonda va Qozog`iston janubida ma`lumdir. Bular orasida eng yirik inshoot eski Termizdagi Qoratepa nomli g`or ibodatxonasidir. Bu ochiq sariq rangli katta tepalik bO`lib, unga qumtoshli g`or binolar O`yib solingan; yer ustida binolar barpo etilgan; bularning hammasi bir butun uyg`un bO`lgan buddaning 20-25 ibodatxonasini tashkil qilib, Kushon podshohligida buddiylikning muhim ahamiyatga egaligidan dalolat beradi. Devorlarga solingan rasmlarni, haykallarni, toat-ibodat buyumlarini, tangalarga, sovg`a qilingan sopol idishlarga bitilgan har xil yozuvlarni O`rganishlar Qoratepaning milodning I asr oxiri va II asri boshlarida bunyod qilinganligidan, arablar bosqinchiligidan keyin ular tugatilgan va keyinchalik vayronaga aylanganligidan dalolat beradi.
Buddiylik ta`limotida har qanday borliq (moddiylik) barcha kO`rinish va shakllardagi har qanday hayot-hamma mavjudodlarga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob-uqubatlarning sababi-insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga qayta tug`ilib kelish dunyosi (sansara) ga bog`langanligi, unga kO`ngil qO`yganligidir. Uningcha har qanday insoniy tuyg`u, hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatni chuqurlashtiradi; “borliq girdobi” dan chiqib olish uchun g`aflatdan uyg`onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan kO`ngilxushliklarga, lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlar-dan voz kechish lozim; faqat shundagina “najot topish yO`li” ga kirish mumkin. Ilk buddiylikda bunday najotdan faqat zohid yoki monaxgina umid qilishi mumkin edi. Buddiylik ta`limotiga kO`ra, azob-uqubatlardan xalos bO`lishning eng maqbul yO`li rohiblik (monaxlik) jamiyati (sangxa) ga O`tish hisoblanadi. Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda buddiylikda barvaqt vujudga kelgan bO`lib, hozirgi kunda buddiylik mahzablaridan bO`lmish hinayana tarqalgan mamlakatlar xalqlarining ijtimoiy hayotida g`oyat salbiy rol O`ynamoqda. Rohiblar buddiylikka e`tiqod qiluvchilar orasida noO`rin tarzda juda katta obrO` va hurmatga sazovar bO`lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish zarur, deb hisoblanadi. Buddiyzm ta`limoti asosan uch qismdan iborat: axloq; meditatsiya; donolik; Axloq normalari-«Pancha shela» (Buddaning besh nasixati) -qotillikdan saqlanish; -O`g`irlikdan saqlanish; -gumroxlikdan saqlanish; -yolg`on qalbaki narsalardan saqlanish; -mast qiluvchi narsalardan saqlanish. Meditatsiya -tO`g`ri tushunish, buddaning birinchi davatida sO`z yuritilgan tO`rt xaqiqatni bilish va unga ishonish; -tO`g`ri niyat qilish-dunyoning lazzat-xalovatlaridan xalos bO`lishga, keraksif fikrlardan saqlanishga intilish; -O`zini tO`g`ri tutish-O`ziniki bO`lmagan narsaga kO`z olaytirmaslik, ortiqcha xissiyotga berilmaslik; -tO`g`ri anglash-O`z tanasi va ruxiga O`zini yO`qotib qO`ymaydigan darajada nazoratda bO`lish xamda bunda extiroslar va iztiroblarga chek quyish. -tO`g`ri xarakat qilish-O`zidani yomon tuyg`ularni jilovlash. -tO`g`ri xayot kechirish-noma`qul xayot tarzidan saqlanish. -tO`g`ri fikr yuritish-kamolotni tO`rt bosqichini ketma-ket bosib O`tish. -tO`g`ri gapirish-yolg`ondan, tuxmatdan, xaqoratdan saqlanish. 3) Donishmandlik-bu buddizmni asosiy maqsadi bO`lib, narsalar tabiatini tO`g`ri tushunishdan iborat bO`lish. Buddiylik ta`limotida olam uch bosqichli deb tavsiflangan. Birinchisi eng yuqori olam bO`lib, unda mutlaq osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof ruhgina mavjud emish. Bu olam ruhning makonidir. Buddiylikning ta`lim berishicha, mutlaq ilohiy kuch - ruhni mutlaqo bilib bO`lmaydi. Birinchi olamda ruh moddiy olamdan tashqarida, u hech harakatsiz mutlaq osoyishta holatda yashar emish. Ikkinchi olam, rivoyatlarga kO`ra, ruhiy mavjudotlar bilan tO`la jannat-bodisatvadir. Bu olamning hokimi Amitabadir. Uning olamida ruh O`z gunohidan xalos bO`lgan, lekin eng oliy olamga, nirvanaga, mutlaq bO`shliq va osoyishtalik olamiga kO`tarilmagan avliyolar yashar emish. Buddalar kishilarga budda ta`limotini O`rganish, yaxshi yO`ldan boshlab borish uchun yerga yuborilar ekan. Uchinchi olam eng quyi olam bO`lib, unda odamlar va hayvonlar yashar emish. Bu olamdagi ruh gO`yo qafasda yashar ekan, u hayot davomida ozod bO`lish hamda yuqori olamga kO`tarilishiga harakat qiladi; ruhning yuqori olamga kO`tarilishi odamlar qiladigan savobli ishlarga bog`liq; agar odam buddiylik ta`limotiga e`tiqod qilsa, yaxshilikka intilsa, uning joni qayta tug`ilishlardan sO`ng jannatga va undan nirvanga kO`tarilar emish. Yomonlikka mansub gunohkor kishilarning ruhi esa quyi dunyoda azoblanib, qafas ichida yura berar, yuqori olamga hech kO`tarila olmas emish. Agar insonning din ta`limotiga zid ishlari kO`payib ketsa, hirs yoki tovlamachilikka berilib, undan qutila olmasa, bunday odamning ruhi bir necha qayta tug`ilishlardan keyin dO`zaxga tushar va unda abadiy azoblanar emish. Buddiylikda qayta tug`ilish deganda yangidan paydo bO`lish tushunilmaydi, balki ilgari O`lgan odamlarning jismidan tarqalgan dxarmalarning yangi asosda birlashib, kelajak avlodga O`tishi tushuniladi. Shuning uchun buddiylik inson O`z qilmishlari uchungina javobgar bO`lib qolmaydi, balki kelajak avlod uchun ham javobgar deb hisoblangan. Agar odam yaxshi bO`lsa, budda ta`limotiga tO`liq rioya qilsa, boy va e`tiborli bO`lsa, uning dxarmalari asosida qayta tug`ilgan odam ham boy va badavlat, sofdil bO`ladi. Aksincha, odam yomon bO`lsa, kambag`al, qashshoq bO`lsa, budda ta`limotiga rioya qilmasa, uning dxarmalaridan paydo bO`lgan odam ham kambag`al, qashshoq bO`lar ekan. Buning sababi avvalgi avlodlar yomon hayot kechirgani uchun berilgan jazodir, deb hisoblangan. Buddiylik O`zining bu ta`limoti bilan jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik va ekspluatatsiyaning tub mohiyatini yashirishga harakat qiladi. Boshqa dinlar kabi buddiylik ham hayotda passiv bO`lishni, taqdirga tan berishni targ`ib qiladi, zohidlikni yoqlab, ekspluatatsiyani oqlaydi.
v). Buddiylikning parchalanib ketishi. Hozirgi zamonda buddaviylik. Barcha jahon dinlari kabi buddiylik ham ijtimoiy taraqqiyot natijasida va turli mamlakatlardagi ijtimoiy guruhlar tuzumlarning xususiyatlarga qarab, turli mazhablarga bO`linib ketgan. «Xinayana» buddizimning asosiy yO`nalishlaridan biridir. «Xinayana» «kichik arava» ma`nosini anglatib, u diniy yO`nalish sifatida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan. «Xinayana» ta`limotiga kO`ra draxmalar tabiatini O`rganishga va nirvanaga ma`naviy yO`l bilan erishiladi. Bu yO`l juda og`ir. Shu sababli faqat monaxlargina nirvana xolatiga yetishish mumkin. Bu yO`nalish Sharqiy Xindistonda, Shri-lanka, Xidi-Xitoy davlatlarida tarqalgan. Maxayana yO`nalishi ruxiy kamolot axdiga rioya etuvchi, Xudoga iltijo qiluvchi roxiblarga in`omlar berib, yordam kO`rsatuvchi xar qanday oddiy dindor najot topish mumkin. degan ta`limotga asoslanadi. Bu Xudolarga ishonish yO`llari barcha uchun mumkin bO`lganligi sababli u «katta arava» nomini olgan. Lamavizm yO`nalishi-u Tibet tilidi «lama»-«eng ulug`» degan ma`noni anglatadi. Lamavizm Tibetda XII-XIV asrlarda vujudga kelgan. Buddizmni barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi. Lamalarsiz nirvanaga erishish u yoqda tursin kishi bu dunyoga qaytib kelishda ham xech narsaga erisha olmaydi. Buddiylikning bu mazhabi mahalliy xalqlar O`rtasida qadimdan mavjud bO`lgan diniy tasavvur va urf-odatlarni O`zlashtirgan. Lamaizmda buddiylikka xos tasavvurlar bilan bir qatorda, Buddaning yana qaytib kelishi va yer yuzida adolatli hokimiyat O`rnatishi tO`g`risidagi uydirmaga keng O`rin berilgan. Lamaizmni kO`chmanchi, qaloq, savodsiz xalq hayotiga moslashtirishga urinish mavjud; undagi ibodat qilish tartibi ham ancha soddalashtirilgan Hindistonda quldorlik tartiblari barham topishi bilan buddaviylik braxmanizmga tobora yaqinlashib borgan; keyinchalik hinduizmga qO`shilib ketgan. XI-XII asrlarda buddiylik Hindistonda O`z ta`sirini deyarli butunlay yO`qotgan. Buddiylik ta`limotini tartibga solish maqsadida 1871 yilda Birmada buddistlarning maxsus ibodatxonasida Tripitakning turli tarjimalari va variantlarini taqqoslash natijasida yagona teksti ishlab chiqilgan edi. Yangi tekst mazmuni 729 ta marmar plitaga tushurilgan edi. Bu yozuvlar saqlangan ibodatxona dunyo buddistlari-ning muqaddas joyiga aylantirilgan.
16
Sharq mutafakkirlari, olim-u ulamolari tomonidan asrlar davomida odob-axloqqa oid minglab kitoblar, hikmatlar yaratilgan. Afsuski, totalitar tuzum tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ulardan xalqimiz mahrum qilib qoʻyilgan edi. Bugun, hurlik sharofati ila qanchadan-qancha ma’naviy, madaniy meroslarimiz qayta tiklanib, xalqimiz ma’naviy qiyofasini yanada boyitayotgani hamda mamlakatimizda keyingi yillarda mazkur masala boʻyicha oʻtmishda arab, fors va boshqa tillarda yozilgan diniy adabiyotlar bilan birga dunyoviy adabiyotlar ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarimizga havola etilayotgani hech kimga sir emas. Shu oʻrinda mutafakkir Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilmi fanidan bebahra millat boshqa milatlarga poymol boʻlur”.1 degan fikrlarini eslash joizdir. Tarjima adabiyotlardan tashqari, oʻzbek olimlari, shoirlari tomonidan ham odob-axloq, ilm-ma’rifat, ma’naviyat masalalariga bagʻishlangan koʻpgina asarlar nashr qilinmoqda. Mazkur adabiyotlarda inson tugʻilganidan tortib to bandalikni bajo keltirganigacha amal qilishi kerak boʻlgan qoidalar, maslahatlar oʻz aksini topgan. Masalan, birgina shariat qoidalarining oʻzida musulmonlar amal qilishi zarur boʻlgan qanchadan-qancha talablar mavjud. Bular orasida insonparvarlik, insonni hurmat qilish va ulugʻlashga qaratilgan gʻoyalar alohida e’tiborga sazovordir. “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan koʻp asrlar mobaynida yaratib kelingan gʻoyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani nihoyatda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy oʻzlikni anglashning oʻsishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz” 1 deb ta’kidlaydi yurtboshimiz. Darhaqiqat, boy madaniy merosimizni chuqur oʻrganish, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizda benihoyat katta ahamiyatga ega. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, oʻz taraqqiyot va islohot yoʻlimizdan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, sharq falsafasining hayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand boʻlish muhimdir. Istiqlol yillarida madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlarga nisbatan munosabatning bu qadar ijobiy tarzda oʻzgarishini muayyan sabablari, oʻziga xos zaruriy jihatlari bor. Chunki, dunyodagi dinlardan birortasi ham xalqlar va millatlarni, odamlarni yomon yoʻlga boshlamaydi, urushu-janjallar chiqarib qon toʻkishlarga, vayronagarchilik va ocharchiliklarga sabab boʻlishga, millat ajratishga, boshqa diniy mazhabdagilarni kamsitishga da’vat etmaydi, yoʻl qoʻymaydi. Aksincha, mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli, oʻzaro izzat-e’tiborli, milliy hamkor-hamjihat boʻlishga undaydi, odamzotni ezgulik tomon boshlaydi. Muqaddas Islom dinining mustaqil Oʻzbekiston hayotidagi ahamiyati, uning odamlar ruhiy dunyosiga koʻrsatib kelayotgan ta’sirini Prezident Islom Karimovning “Turkiston-press” axborot agentligi muxbirining savollariga javoblaridan koʻrish mumkinki: “Aytmoqchimanki, biz oʻz millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz oʻzligimizni yoʻqotamiz. Xoh yosh boʻlsin, xoh keksa boʻlsin, har bir oʻzbek nimagaki munosabat bildirmasin, albatta uni Yaratguvchining nomi bilan bogʻlaydi. Har bir soʻzimizni, ishimizni “Bismilloh” aytib boshlaymiz, yaxshi-yomon kunlarimizda Xudoga shukrona keltiramiz, tavba qilamiz. “Shukur” degan kalomni bilmaydigan biror inson Oʻzbekistonda bormikan oʻzi! Bilsangiz kerak, paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom ham “shukur” va “tavba” degan soʻzlarni eng koʻp ishlatar ekanlar. Tugʻilganda qulogʻimizga azon aytiladi, oila qurganimizda shar’iy nikoh oʻqitiladi, dunyodan koʻz yumganimizda janoza oʻqitiladi. Hatto dindan chuqur xabardor boʻlmagan odam ham diniy urf-odatlarsiz, islomiy tuygʻusiz yashay olmaydi”.1 Tasavvuf ilmining yetuk namoyondalaridan Bahouddin Naqshband shunday degan edi: “Inson barkamol boʻlishi uchun, avvalo, imoni va e’tiqodi mustahkam boʻlishi kerak”.2 Darhaqiqat, diniy va dunyoviy ilmlarni oʻrganib, unga xolis amal qilib, tengdoshlariga, yor-u doʻstlariga, insonlarga ibrat boʻla olgan kishigina komil inson maqomiga erishishi mumkin. Komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma’naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma’naviy barkamollikka intilish – bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchta tushuncha: sogʻlom avlod, ma’naviy barkamol, komil inson – darajama-daraja chuqur ma’no kasb etadi. Alloma bobolarimiz qayd etganlaridek, “Inson oʻzini hirs, ta’ma, nafs, gʻaflat, nodonlik yovuzlik kabi illatlardan poklamasa, u hech qachon komil inson boʻla olmaydi”.3 Ulugʻ mutafakkir Nosir Xisrav: “inson asliy-ilohiy jihat borligʻi va u oʻz haqiqatini bilib olishga qodir. Buning uchun inson hayotini behuda oʻtmasligi, asliga yetish uchun sa’yi-harakat qilishi, ilm egallashi va moddiy ehtiyoj girdobiga tushmasligi kerak”4 degan edi. Sharq falsafasi va Islom ta’limotida insonning ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida juda koʻp qimmatli maslahatlar, fikr-mulohazalar mavjud. Muqaddas Qur’oni Karim va Hadisi Sharif insonning ma’naviy kamoloti uchun beqiyos manba ekanligi hammamizga ma’lum. Albatta, uni tushunish uchun esa ilm oʻrganish talab etilib, bu haqida Abu Dardo roziyallohu anhudan mana shunday hadis rivoyat qilinadi. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shuni aytayotganlarini eshitdim”: “Kim ilm talab qilish yoʻlida yursa, Alloh unga jannat yoʻlini oson qilib qoʻyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qoʻyadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istigʻfor aytadilar. Olimning obiddan fazli huddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga oʻxshaydi. Albatta, olimlar anbiyolarning merosxoʻridirlar. Albatta, anbiyolar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim oʻshani olsa, ulugʻ nasibani olibdi”. Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Lafz Termiziyniki. va Islom ta’limotida insonning ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida juda koʻp qimmatli maslahatlar, fikr-mulohazalar mavjud. Muqaddas Qur’oni Karim va Hadisi Sharif insonning ma’naviy kamoloti uchun beqiyos manba ekanligi hammamizga ma’lum. Albatta, uni tushunish uchun esa ilm oʻrganish talab etilib, bu haqida Abu Dardo roziyallohu anhudan mana shunday hadis rivoyat qilinadi. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shuni aytayotganlarini eshitdim”: “Kim ilm talab qilish yoʻlida yursa, Alloh unga jannat yoʻlini oson qilib qoʻyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qoʻyadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istigʻfor aytadilar. Olimning obiddan fazli huddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga oʻxshaydi. Albatta, olimlar anbiyolarning merosxoʻridirlar. Albatta, anbiyolar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim oʻshani olsa, ulugʻ nasibani olibdi”. Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Lafz Ilm” soʻzi lugʻatda bir narsani voqe’likdagidek idrok etishni bildiradi. Shar’iy istilohda esa ma’naviy ishlarda narsalarni teskarisi yoʻq darajada aniq bilish sifatiga “Ilm” deyiladi. Islom dinichalik ilmni ulugʻlagan din, tuzum yoki falsafa yoʻq. Har bir shaxsga ilm talab etishni farz (majburiy) qilish ham faqat Islomda bor, holos.1 Ilmni va olimlarni Alloh taolo Qur’oni karimda madh etib, Mujodala surasida shunday marhamat qiladi: “Alloh sizlardan iymon keltirganlarini, xususan, ilmga berilganlarni darajalarga koʻtarur” (11-oyat). Ushbu oyati karimada bandalarning oliy darajalarga erishishlari uchun iymon va ilm shart qilib qoʻyilmoqda. Inson zotining Alloh taolo huzurida darajasi koʻtarilishi omili sifatida oldin iymon, keyin ilm zikr qilinmoqda. Bundan inson zotiga iymon bilan birga ilm ham zarurligi ayon boʻladi. Qushning uchishi uchun ikki qanot lozim boʻlganidek, insonning darajasi koʻtarilishi uchun ham ikki qanot-iymon va ilm kerak.2 Haqiqiy solih kishi boʻlish uchun avvolo shirinsoʻz boʻlish lozim. Alloh taolo bunday xitob qiladi: “…odamlarga shirinsoʻz boʻling…” (Baqara, 83) va “Bandalarimga ayting (shirk ahliga) goʻzal (soʻzlardan) soʻzlasinlar…” (Isro, 53), yana “Siz (yomonlikni) goʻzalroq (muomala) bilan daf eting! (Shunda) birdan siz bilan oʻrtalaringizda adovat boʻlgan kimsa qaynoq (qalin) doʻstdek boʻlib qolur” (Fussilat, 34). Bu borada bizga Rasulullohning (s.a.v) quyidagi hadislari kifoya qiladi: “Albatta, jannatda ichidan tashqarisi, tashqarisidan ichkarisi koʻrinib turadigan koʻshklar bor”. Sahobalar: “Ular kim uchun?” deb soʻrashdi. Rasululloh (s.a.v): “Ochlarni taomlantirgan, soʻzini shirin qilgan va odamlar uxlab yotganida namoz oʻqigan kishi uchun”, dedilar. (Taboroniy va Hokim rivoyati).1Ana shunday fazilatlardan rang olgan kishi ma’naviy barkamollik pillapoyalarini bosib, ma’naviyat qoʻrgʻoniga yetib boradi. Ma’naviyat qoʻrgʻonida ilm va amal ila “Komil inson” maqomiga erishadi. Sharq falsafasi va islom ta’limotida rahm-shafqat, muruvvat, odamiylik kabi fazilatlar doimo ulugʻlanib, madh etilib kelingan. Odamiylik—bu kishining boshqa odamlarga, urugʻ-aymogʻiga mehr-shafqat koʻrsatishi, yaxshilik qilishini, insonparvarlik munosabatlarida boʻlishini taqozo etadigan fazilatdir. Alisher Navoiy odamiylikning asl maqsadini shunday ta’riflaydi: - Odami ersang demagil odami, Onikim yoʻq xalq gʻamidin gʻami. Kimki xalqqa qanday muomalada boʻlsa xalq ham unga shunday muomalada boʻladi, “sen xalqqa qancha aralashsang xalq ham senga shuncha yondashadi”, degan naqllar bejiz tugʻilmagan. “Ey aziz,— deydi Muhammad Jabalrudiy, — xalqingga doimo yaxshilik qil, qilgan yaxshiliging ulardan senga qaytadi. Hech kimsaga qasddan yomonlik qilma, kimki yomonlik qilsa qilgan yomonligi, shubhasiz, oʻziga qaytadi”.2 Barhurdar ibn Mahmud aytganidek, arjumandlik bayrogʻini koʻtaruvchilar va sarbalandlik nogʻorasini chaluvchilar qanday kishilarki, ular xalqning tinchligini va osoyishtaligini oʻylaydilar va kecha-kunduz shu haqda fikr qiladilar, barcha kishilarni oʻz aka-ukalaridek koʻradilar, birovning lil shishasini gʻazab toshi bilan sindirmaydilar, adovat va jafo tikanini bechoralik sahrosida yurgan yalanoyoqlar oyogʻi ostiga tashlamaydilar.3 Xalq bilan hamnafas, hamdard boʻlish, unga yaxshi kunlarda ham, boshiga musibat tushgan qorongʻi kunlarda ham sadoqatli boʻlib, astoydil xizmat qilish moʻmin-musulmon farzandi uchun eng katta baxt hisoblanib, kelgan. “Yaxshi hayot va uzoq yashah uchun, xalqning duosi va shodligidan yaxshiroq posbon va qoʻriqlovchi yoʻq”4 deydi, Barxurdor ibn Mahmud. Yozuvchilar, ziyolilar uchun xalqparvarlik oʻz asarlarida xalqning mehnati, hayoti, orzu-umidlarini badiiy obrazlarda aks ettirib, ularning ichki dunyosini boyitish, ma’naviy barkamolligi, dunyoqarashini shakllantirishga koʻmaklashishdan iborat, deb bilmogʻimiz lozim. Olimlarimiz uchun xalqparvarlik xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun zarur boʻlgan narsalarni ishlab chiqarishni ilmiy asoslab berish, kishilarning ongi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish demakdir. Davlat arboblari uchun xalqparvarlik-bu eng avvalo har bir insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning ehtiyojini qondirish, barcha ijtimoiy kafolatlarini ado etish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, osoyishtalik, milliy totuvlikni ta’minlash demakdir. “Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib oʻz istiqbolini tasavvur eta olmaydi”.1 Jamiyatda yaxshi axloqiy sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga koʻtarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili, donosi. Komil insonlar odamlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan moʻtabar zotdir. Insonlar komillikka axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida erishadilar. Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon sharqi axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qoʻllanma vazifasini oʻtagan koʻp pandnomalar, xalq kitoblari yaratilgan. Bu oʻrinda Prezidentimizning quyidagi soʻzini eslash oʻrinli: “...bizning ulugʻ ajdodlarimiz oʻz davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslashimiz kerak, deb bilaman. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andishga, sharm-u hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuygʻu va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi”.2 Komil inson fazilatlarini oʻzida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Boʻston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi muxsiniy” va boshqalar. Bu asarlarning koʻpchiligida odil shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, toʻgʻrilik, insonparvarlik, ma’rifatli boʻlish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan. Alisher Navoiyning “Nasoyim-ul muhabbat” asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab oʻtilgan. Bular qatoriga ulugʻ mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, oʻz kasbidan topib kun oʻtkazish, shariatga rioya etish, barchadan oʻzini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qoʻpollik qilmaslik, chuchuk tilli boʻlish – yaxshi, muloyim tilli boʻlish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli, sadoqatli, vafoli boʻlish, rozi-rizolik bilan kun oʻtkazish, riyozat chekishdan qoʻrqmaslik va boshqalar. Shu tariqa oʻtmishda komil insonning oʻziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan boʻlib, bu sifatlarga ega boʻlish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Komil inson haqidagi gʻoyalar katta ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy ahamiyatga ega. Komil inson iymon va e’tiqodlilik, halollik va poklikning oliy timsoli. Biz hammamiz shunga intilib yashamogʻimiz lozim. Mustaqil Oʻzbekistonning bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida iymonli boʻlish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli boʻlish nechogʻlik zarur ekanligi hammamizga ayon. Quyidagi ta’rifda komil insonning asosiy xususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilingan: “Komil inson deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan oʻzgalarga ibrat boʻladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. 17
1. Hadis deb nimaga aytiladi. 2. Hadislarning tarbiyaviy ahamiyati haqida ma’lumot bering. 1. Muhammad alayhis-salomning ibratli ishlari, e’tiqod, poklik va insonga xos ma’naviy-axloqiy xislatlarni ifodalovchi so'zlari, pandnasihatlari uning nomi bilan bog'hq hadislarda mujassamlangan. Hadislar dastlab yozib borilmagan. Payg'ambar Muhammad alayhissalom arab bo'lmagan kishilarning hadislarni Qur’oni Karim oyatlari bilan adashtirib yuborishlaridan cho'chib, hadislarning yozib borilishiga ruxsat etmaganlar. Biroq payg'ambar Muhammad alayhis-salom huzurida sahobalar bo'lib, ular Rasuli akramdan eshitgan hadislarini yodlab borganlar. Jumladan, hazrati Abu Hurayra ana shunday mo'tabar kishilardan biri bo'lib, hadislarni mukammal yodlab borgan. Abu Hurayra tomonidan qayd etilgan hadislar to'g'ri, ishonarli (sahih) hadislar hisoblangan 2. Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan boiib, bu fazilatlar sirasiga o'zgalarga mehroqibat ko'rsatish, saxiylik, ochiq ko'ngillilik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan m uruw atli bo'hsh, ularga g'amxo'rlik qihsh, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug'lash, halollik, poklik, do'stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kam tarlik, rostgo'ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o'zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intihshi kerakligi borasidagi pandnasihatlar ham o'z aksini topganki, bularning barchasi Qur’oni Karimda qayd etilgan k o 'rsa tm a larg a aso slan ilg an va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi. Bir qancha hadislarda ilmning ibodatdan ustun ekanligi ko'rsatib o'tiladi. Xususan, «Ilm ibodatdan afzal va u taqvo dinining ustunidir» (268-hadis). Biroq ilmning manfaatsiz holda sarflashdan saqlanish maqsadga muvofiq ekanhgi aytiladi va ilm ahlini ana shunga da Vat etiladi (173-hadis), haqiqiy komil insonning bilimga boy, xushxulq, sog'lom bo'lishi (182-hadis), uni faqat foydali ishlar va insonlarning farovon hayot kechirishlari yo'lida sarf etish kerakligi ham uqtiriladi: «Boshliq bolmasingizdan aw al ilmni chuqur o'rganing! Rasulloh sallallohu alayhivassalamning sahobalari yoshlari ulg'ayganda ham ilm o'rganganlar. Rasulloh sallollohu alayhi-vasallam: ikki narsadan o'zgasiga hasad qilmoq joiz emas biri-kishiga Olloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yo'lida sarflayotgan - bo'lsa; ikkinchisi - kishiga Olloh taolo ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli ohy maqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o'rgatayotgan bo'lsa, - deydilar. Hadislar Muhammad payg'ambarimizning sunnatlari bo'lib, mazmunan har bir mo'minning ishonchi, e’tiqodini mustahkamlaydi, shu bilan insonni ma’naviy kamolotga etaklaydi. «Islom dini ma’rifatga asoslangani uchun ham har bir shaxsni aqhy, jismoniy jihatdan kamolga etkazishga oid e’tiqod va iymondan iborat bo'lib, faqat ezgulikka xizmat qilish, oliyjanob bo'hsh, pokiza yurish, bir burda luqmani halol qihb eyish, jaholat va jaholatparastlikka yo'l qo'ymaslik, o'z birodarining, qarindoshurug'larining, millatining va vatanining qadriyatlarini asrashdan iboratdir». Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. 18 18-mavzu BILIM INSON MANAVIY KAMOLOTI OMILI REJA
Komil va barkamol inson tushunchalari.
I.Karimov asarlarida barkamol insonni tarbiyalash g’oyalari. Komil inson tushunchasining sharqona ta’rifi. 9.1. Ma’naviy barkamol, komil inson tushunchalarini bilib olishdan avval inson, shaxs, fuqaro tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilib olish lozim bо‘ladi. Inson nihoyatda murakkab, kо‘p qirrali va kо‘p о‘lchamli mavjudot bо‘lib, uning mohiyatini anglash yuzasidan turli qarashlar ilgari surib kelinmoqda. Sharq falsafasi tarixida ham inson bosh mavzulardan biri bо‘lib kelgan. Masalan, Forobiy falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli sifatida izohlanadi. Mutafakkir insoning barcha olijanob fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson hayotining mazmuni-baxtli bо‘lish va baxtli qilishga intilish, bunga esa faqat ilm va ma’rifat orqali erishish mumkinligini kо‘rsatdi. Beruniy va Ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur tufayli ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Abu Homid G‘azzoliy insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aqlda emas, balki inson qalbida ekanligini kо‘rsatdi.Ulug‘ mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy insonni “kichik olam” deb hisoblagan. Hayot gо‘zaldir, - deydilar shoir va mutafakkirlar, lekin hayot inson bilan gо‘zaldir. Inson gо‘zalligini belgilovchi asosiy mezon uning ma’naviyligi, ya’ni ahloq va odobi hisoblanadi. О‘zbek xalqining “Inson odobi bilan gо‘zal” degan maqolining mohiyatida chuqur falsafiy ma’no yotadi. Konfusiy insonni о‘z mohiyatini ma’naviy-ahloqiy fazilatlari va kamoloti orqali namoyon etadigan jonzot sifatida talqin etadi. U insonning insonligi о‘zidagi har qanday tabiiy ehtiyoj, his va tuyg‘uni ma’naviylikka bо‘ysundira olishidir. Faqat insondagi ma’naviy mas’ullik ularga nima qilish keragu, nima qilish kerakmasligini о‘rgatadi. Shu jihatdan qaraganda insondagi ma’naviylik inson va insonlar faoliyatiga maqsad, yо‘nalish va mazmun beradigan omildir. G‘arb ilmida esa insonga, asosan biologik mavjudot, tabiatdagi evolyusion о‘zgarishlarning mahsuli deb qaraldi. Inson tushunchasiga aniq ta’rif berish uchun uni boshqa biologik mavjudotlardan ajratib turuvchi eng muhim xususiyatlarini aniqlash zarur. Bular qatoriga quyidagilar kiradi. Inson eng avvalo boshqa mavjudotlardan о‘zining xotirasi, tafakkuri, tili borligi bilan ajralib turadi. Boshqa mavjudotlardan insonning tub sifatiy farqini ifodalovchi xususiyatlardan yana biri uning о‘z amaliy faoliyatini tartibga sola bilishidir. Shuningdek, inson о‘z turmushi uchun zarur bо‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, yaratish malakasiga ega ekanligi ham ana shunday xususiyatlardan biri hisoblanadi. Inson hayotida mehnat asosiy rol о‘ynaydi. Mehnat tufayli inson о‘zi yashayotgan tabiatga ta’sir etadi, uni о‘zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratadi. Amerikalik olim B.Franklin “Inson mehnat qurollarini yaratuvchi jonzotdir”, deb ta’riflagan. Oilaviy munosabatlar va ma’naviy-ahloqiy meyorlar insonni hayvondan farq qiluvchi eng muhim xususiyati sanaladi. Inson о‘z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bо‘ladi, о‘z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun manba bо‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda faylasuflar inson uchta buyuk qudrat – tana, ruhiyat va ma’naviyatning yig‘indisi ekanligini ta’kidlamoqdalar. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar kirsa, uning ijtimoiy xususiyatlariga til, muomala, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, о‘zini-о‘zi idora etish, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar bilan ish kо‘rish va boshqalar kiradi. Psixik xususiyatlarini ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g‘am-tashvish, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar tashkil etadi. Inson о‘z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson yashashining birlamchi, asosiy sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand bо‘lish, qorin tо‘yg‘azish, lazzatlanish, boylikka ruju qо‘yishdangina iborat emas. Inson ruhi ham о‘ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj insonda ma’rifatparvarlik, odamiylik, adolatlilik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, oliy himmatlilik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlarni shakllanishiga olib keladi. Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi. Yuksak ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolatni о‘rnatib, sahiy va oliyhimmat bо‘lishga undaydi. Yuksak ma’naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Shaxs - alohida kishi, ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy mohiyatni о‘zida mujassamlashtirgan individ. Kishilar shaxs bо‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bо‘lib shakllanadi va rivojlanadi. Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, о‘zaro muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy-ma’naviy meyorlar, siyosiy qarashlar ta’siri ostida faoliyat yuritadi, ularni о‘zlashtiradi va shu jarayonda asta-sekin ijtimoiylashib boradi, ya’ni shaxs bо‘lib shakllanadi. Natijada insonda irsiy bо‘lmagan yangicha fazilatlar paydo bо‘ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat kо‘rsata boshlaydi. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak kо‘rinishi, oliy maqomidir. U о‘zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida о‘z aksini topadi. Insonga xos bо‘lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan о‘rnida, uning о‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, muayyan g‘oyalarni amalga oshirishda yaqqol kо‘rinadi. О‘zbekistonda bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida fozil va barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bо‘lib qoldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida keng kо‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar о‘z oldiga ana shunday shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish va shakllantirishni maqsad qilib qо‘ygan. Demokratik qadriyatlar tizimida shaxs erkinligi alohida о‘rin tutadi. Erkinlik – insonning intellektual-ma’naviy kamolotga erishuvining zarur sharti. Erkinlik tufayli inson yaratuvchilik qobiliyatini namoyon etadi, shaxsiy mas’uliyat va insoniy burchni tо‘la his etadi. Shaxs erkinligi, avvalo ahloqiy, sо‘z, vijdon, matbuot erkinligida rо‘yobga chiqadi. Inson, shaxs tushunchalari bilan birga fuqaro, fuqarolik tushunchalari ham yonma-yon ishlatib kelinadi. “Fuqaro” sо‘zi “faqir” sо‘zidan olingan bо‘lib, hozirgi davrda uning ma’nosi о‘zgarib ketgan. Fuqarolik tushunchasi antik Yunoniston va Rimda mavjud bо‘lsa-da, asosan о‘rta asrlar oxirida feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga о‘ta boshlaganida, hozirgi shakl va mazmunda paydo bо‘la boshlagan. Ilk bor fransuzchada “situayyan”, inglizchada “sitizen” – “shaharli”, ruscha “gorojanin - grajdanin”, ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feodal munosabatlardan ozod inson, jamiyatning teng huquqli a’zosi, degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon qilingandan sо‘ng, о‘zbek tilida о‘tmishdagi “grajdanlik” sо‘zi о‘rniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi. Fuqarolik – jamiyatning demokratik rivojlanishida insoniyat qо‘lga kiritgan ulkan yutuqlardan biri. U – shaxsning muayyan davlat qaramog‘ida bо‘lishi, shu davlatga, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham mansub ekanligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar yordamida tasdiqlanganligini bildiradi. Shaxs fuqarolikka ega bо‘lgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini e’tirof etadi, ularni amalga oshishini ta’minlash choralarini kо‘radi.О‘z navbatida fuqarolar davlat qonunlari va qoidalariga sо‘zsiz amal qiladilar, о‘zlari uchun belgilangan majburiyatlarni bajaradilar. Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” g‘oyasi ilgari surildi. Demakki, bizning bosh maqsadimiz demokratik, fuqarolik jamiyatini qurish va barpo etishdir. Fuqarolik jamiyati-insonga uni iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlashi kafolatlanadigan, qonun ustivorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, kо‘p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadigan hamda о‘zini-о‘zi boshqarish organlarining mavqei baland bо‘lgan ijtimoiy tuzum. Mamlakatimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi, chunki fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni inson omilisiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, hozirgi sharoitda inson omili va mezoni barcha islohotlarimizning bosh yо‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradi. “Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat”. 9.2. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi keng qamrovli serqirra tushuncha. Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson ahloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bо‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilagacha, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalari, tarbiya sohasida sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning mohiyatini ochib berishni taqozo etmoqda. Yuqorida aytganimizdek, ular mohiyati birday tushunchalar. Insonni tо‘g‘rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qо‘yingki, yuksak ahloqlilikka yо‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali ahamiyat berishimizning boisi – iymoni, e’tiqodi va ahloqiy fazilatlari – qо‘yingchi, ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat tuyg‘usi qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol fuqarolarga ega bо‘lgan mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad kо‘taradi. Boshqacha aytganda, ma’naviy barkamol, komil insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sohlom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada yurtboshimizning quyidagi sо‘zi ibratlidir: “Biz sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona ahloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz” Bu fikrlardan kо‘rinib turibdiki, sharqona odob-ahloq va umumbashariy g‘oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor normalari, ahloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini о‘ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar. Sog‘lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan, ahloqiy pok, ma’rifatli farzandlarni, avlodni tushunmog‘imiz kerak. Bunday kishilar о‘zlarida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari – iymon va insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or-nomus, о‘zaro hurmat, yuksak vatanparvarlik, insonparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g‘oyalarni mujassamlashtirgan bо‘lishlari lozim. Prezident erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi tо‘rt jihatga e’tiborni qaratdi, ya’ni har bir fuqaro: -о‘z haq-huquqini taniydigan bо‘lsin, buning uchun kurashsin; -о‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bо‘lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini kо‘rsin; -atrofida sodir bо‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin; -shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda kо‘rib, faoliyat yuritsin. Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va tо‘liq ta’rifdir. 19 19-Mavzu ALLOMALAR DIN TO'G'RISIDA Fanda «Uyg‘onish davri» deb ataladigan davr G‘arbiy va Markaziy Yevropada joylashgan mamlakat-larda X1U-XU1 asrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba «uyg‘onish» atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J. Vzzari o‘z asarlarida ishlatadi. «Uyg‘onish», «uyg‘onish davri» atamalari X1U-XU1 asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko‘proq antik davr merosini, ya’ni antik madaniyatga o‘xshash madaniyat-ning qaytadan «tirilishi», «uyg‘onishi» ma’nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qo‘llanila boshlandi. Shu ma’noda ko‘pchilik tadqiqotchilar 1X-XI asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixvda madaniyatning rivojlanishiga xos xususiyat-larni ham «uyg‘onish» davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar. 1X-XP asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo‘ldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan edi. Bu hol o‘z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan xalqlarni mutlaq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma’murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha boshladi. Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar. Arab halifaligi tarixida Abbosiylar sulolasi(750-1258 y) davri alohida o‘rin tutadi. Xususan halifa Xorun ar-Rashid (786-809 y) va uning o‘g‘li al-Ma’mun (813-833y) davrlarda Bog‘dodda ilm-fan yuksaldi, yunon olimlaridan Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel), Suqrot (Sokrat), Buqrot (Gippokrat), Jolinus (Galen), Iklidus (Yevklid) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima qilinib, xristian va islom olimlari o‘rtasida hamkorlik amalga oshirildi. Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag‘dodda ilmiy Markaz-Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etilib, unga barcha musulmon o‘lkalari, jumladan O‘rta Osiyodan ham olim va fozillar to‘plandi. Bu markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag‘dod akademiyasini jahonga mashhur bo‘lishida katta hissa qo‘shdilar. Movaraunnahrda arab halifaligini hukmronligini o‘rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag‘doddagi ilmiy akademiyadan o‘rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma’mun akademiyasi vujudga keldi va uning a’zolari bo‘lmish o‘z davrining olimu-donishmandlari o‘z ijodlari bilan Movaraunnahrni donishi olamga yoydilar. Shuningdek o‘lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo‘’tabar shaxslari, hadisshunoslari yetishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog‘onalarida turibdi. Xorazmda Ma’mun akademiyasi. Ma’lumki, uzoq o‘tmishga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o‘z boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz,bu davrlarning barchasi tarixda o‘zining ma’lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XP asrlar davrining o‘rni beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shax Ma’mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo‘lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma’mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Ma’mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini) tashkil qildi. U Ma’mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug‘ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg‘oniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan ulug‘ allomalar ham bor edi. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Xorazm akademiyasini tiklash va uni rivojlantirish haqidagi 1997 yilda e’lon qilgan maxsus Farmoni o‘sha davr ilm-fan taraqqiyotini tan olinishining yana bir timsolidir. Bu davr O‘rta Osiyo xalqlarini dunyo miqyosida mashhur qildi. Chunki O‘rta Osiyo xalqlarining bu davrda qo‘lga kiritgan madaniy yutuqlari, ilm-fan sohasidagi yangiliklari dunyo madaniyati, ilm-fan rivojining ajralmas xalqasini tashkil etadi. Shuning uchun ham bu davr O‘rta Osiyo xalqlari tarixida uyg‘onish (renessans) davri deb qabul qilindi. IX - XII asrlar davri xususida gap ketar ekan, bu vaqtga kelib Markaziy Osiyo hududlarida arab halifaligining ta’siri bir muncha pasayib, bu hududlarda birin-ketin mustaqil turkiy davlatlar tashkil topa boshlagandi. Ular Tohiriylar, Somoniylar, G‘aznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlaridir. Biz quyida yana shu yuksalish davrining buyuk vakillari, ijodkorlari hamda ular yaratgan ilmiy-madaniy meros haqida to‘xtalib o‘tamiz. O‘rta Osiyolik mutafakkir olimlar haqida ma’lumotlar. Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy.(783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiy Xivada tavallud topgan. Yoshligidan ilm-fanga, ayniqsa tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqdi. Arab, fors, hind, yunon tillarini mukammal o‘rgandi. O‘qigan, o‘rganganlari asosida, tabiatning bergan buyuk iqtidori bilan bir necha fanlarga doir yirik, qimmatli asarlar yaratdi. Uning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To‘ldirish va qarama-qarshi qo‘yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo‘ldi. Al -Xorazmiyning ikkinchi matematikaga oid asari «Hind arifmetikasi haqida kitob» bo‘lib, bu asar tufayli avval Sharq xalqlari, so‘ngra esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug‘i-o‘nli pozitsisi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o‘girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-ard» (yerning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo‘lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to‘g‘risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Yevropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G‘arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o‘ynadi. 1983 yilda xalqimiz buyuk allomaning 1200 yillik to‘yini katta tantana bilan nishonladi. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg‘oniy. Al-Farg‘oniyning tarjimai holiga doir ma’lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Farg‘ona zaminida tug‘ilib o‘z ilmiy-madaniy zakovati bilan Bag‘doddagi birinchi Ma’mun akademiyasigacha borgan (ikkinchi Ma’mun akademiyasi Xorazmshox Ma’mun akademiyasi edi). (Al-Farg‘oniy, Muhammad Muso Al-Xorazmiy bilan birga bu akademiyadagi olimlarga rahbarlik qilishgan. Farg‘oniy arab ilmiy atamashunosligini vujudga kelishiga va rivojiga katta hissa qo‘shdi. Bag‘dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u yerda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma’lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. Al-Farg‘oniy astronomiyaga oid «Astronomiya negizlari» asarida astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o‘zining yangi natijalari bilan boyitdi. O‘sha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni yetti iqlimga bo‘lib urgandi. Kuyosh soatlarini. bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi. Farg‘oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Yevropada astronomiya fanidan asosiy qo‘llanma sifatida foydalanildi. Al-Farg‘oniy 25 yoshidan Ma’mun akademiyasiga borib, u yerda salkam 50 yil halol mehnat qildi. Ma’mun davrida Bag‘dodda tashkil etilgan kutubxonada 400 ming jild kitob mavjud edi. Bag‘dod akademiyasida Al-Farg‘oniy bilan birgalikda xorazmlik Muso ibn Shokirning o‘g‘illari Ahmad, Muhammad va Xasan ibn Muso aka ukalar nomlarini va ularning ilmiy natijalarini ham keyinchalik Beruniy o‘z asrlarida hurmat bilan tilga oladi. Faribdan Bag‘dod akademiyasiga borib astronomiya va matematika fanlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan Al-Javhariy ham alohida o‘ringa egadir. Ahmad Farg‘oniyga arab ilmiy dunyosida «Xosib» laqabi berilgan ya’ni, uni matematika sohasida tengi yo‘qligi tan olingan. Yevropada Farg‘oniyni Alfraganus deb ataganlar. Shuni ta’kidlash kerakki, 828 yilda Bag‘dodda 1-chi rasadxona ishga tushirilganda, uni marvlik falakshunos olim Yaxyo ibn Abu Mansur boshqargan. 3 yil o‘tgach Damashqda ana shunday ikkinchi rasadxona barpo qilindi va unga Markaziy Osiyolik alloma Xolid ibn Abdumalik Marvarudiy rahbarlik qildi. Qizig‘i shundaki har ikkala-rasadxonani ham Al-Ma’mun iltimosiga ko‘ra loyihasini va barcha andozalarini qog‘ozga tushirish Ahmad Farg‘oniyga yuklatilgan bo‘lib, ushbu rasadxonalarning vazifalari, ishlari, rejalari hamda ilmiy natijalarini tekshirib fanga kiritish ham ilmiy rahbar Ahmad Farg‘oniyning zimmasiga tushdi. 20 20-mavzu BMT kodekisida korrupsiyaga munosabat Korrupsiya murakkab ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hodisa hisoblanib, u yoki bu darajada u hech qaysi mamlakatni chetlab o‘tmaydi. Korrupsiya demokratik institutlarga putur yetkazadi, iqtisodiy o‘sishni pasaytiradi va davlatning poydevorlarini barbod qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, BMTning baholashlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha berilgan poralarning umumiy hajmi 1 trillion AQSh dollarigaga yetadi va bu dunyo yalpi ichki mahsulotining 5%iga teng demakdir. Butunjahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra esa, korrupsiya sababli biznesni yuritishga ketadigan xarajatlar o‘rtacha 10%ga ortadi. Shuningdek u sababli suv infrastrukturasini qurish bahosini qariyb 40%ga - ya’ni 12 mlrd AQSh dollariga oshiradi va bu miqdordagi mablag‘ bir yilda butun jahonda toza ichimlik suvi va sanitariyani ta’minlashga yetadi. Rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash sohasidagi soxtakorlik va o‘z lavozimini suiiste’mol qilish oqibatida ba’zi hukumatlar yiliga 12 mlrddan 23 mlrd AQSh dollarigacha bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larni sarflashga olib keladi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) ma’lumotlariga binoan, butun dunyodagi 25% sotib olinadigan dori vositalari mansab vazifasini suiiste’mol qilinishi, poraxo‘rlik va boshqa korrupsiyaga oid faoliyatlar oqibatida yo‘qolishi mumkin ekan. Korrupsiyaning oldini olish sohasidagi hamkorlik samarali boshqaruv sohasidagi loyihalar portfelida yaqqol namoyon bo‘ladi va davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligi, davlatning ochiq ma’lumotlari, qonunchilik hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi, qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirni baholash tizimi (QHTSTBT), davlat xizmatiga konkurs asosida qabul qilish va mansabdor shaxslarning kasbiy ahloq kodeksi kabi masalalarni qamrab oladi. Bundan tashqari qator davlat xizmatlari bo‘yicha ma’muriy tartiblarni soddalashtirish, masofadan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, milliy darajada va tajriba viloyatlarida ochiq ma’lumotlar portali, Oliy sud rasmiy veb-saytini, shuningdek, xo‘jalik sudlarida audio-video yozib olish tizimini modernizatsiya qilish kabilarni ta’kidlash mumkin. Korrupsiyaning oldini olishda xalqaro hamkorlikni qo‘llab quvvatlash uchun 2015 yilning iyun-iyul oylarida O‘zbekistondagi BMTTD BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi bo‘yicha mamlakat majburiyatlarining va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasini bajarilishini o’rganuvchi missiyaning tashrifini tashkil qilishga texnik ko‘mak ko‘rsatdi. Transparency International (TI) xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan 1995 yildan buyon amalga oshirilib borayotgan davlatlarning korrupsiyalashganligi to‘g‘risidagi tadqiqotlar, so‘rovlarda aniqlangan davlatlarning korrupsiyalashganligi darajasi bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari shundan dalolat beradiki korrupsiyalashmaganligi jihatdan ilgari o‘rinda turgan davlatlar asosan rivojlangan, demokratik davlatlar sanaladi. Korrupsiyalashganligi jihatdan yuqori o‘rinlarda turgan davlatlar esa asosan sobiq sotsialistik mamlakatlar va davlat boshqaruvida nodemokratik yo‘ldan borayotgan davlatlar bo‘lib, bularga Afrika va Osiyoning boshqaruvda diktatura, avtoritar rejim o‘rnatilgan davlatlari Gonduras, Kamerun, Nigeriya, Keniya, Tanzaniya, Paragvay, Uganda va MDHning ayrim davlatlari kiradi. BMTning yuqorida qayd etilgan hujjatlarida korrupsiyaning xalqaro xarakteri va unga qarshi kurashning vositalari va metodlari haqida tavsiyaviy qoidalar o‘z aksini topgan. BMT tomonidan 2000 yilda qabul qilingan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Konvensiyasida korrupsiyaning tranmilliy xarakterdagi jinoyat ekanligi va unga qarshi kurashda Konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlarning majburiyatlari va korrupsiyaga qarshi kurashning keng qamrovli choralari o‘z aksini topgan. BMT tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashga yo‘naltirilgan hujjatlar ichida 2003 yil dekabr oyida qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvetsiyasi muhim o‘rin tutadi. Mazkur hujjatni korrupsiyani qarshi kurashga qaratilgan xalqaro huquqning universal kodifikatsiyalashgan akti sifatida baholash mumkin. Konvensiyada korrupsiyaning milliy taraqqiyot va xalqaro munosabatlar barqarorligiga tahdid va demokratik institutlar va qadriyatlarni qo‘poruvchi illat sifatida baho berilgan. Konvensiyaning korrupsiyaga qarshi kurash choralari deb nomlangan bobida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashdagi siyosat va amaliyot masalalarida davlatlarning yondoshuvi, korrupsiya vujudga kelishi mumkin bo‘lgan sohalarda davlat ko‘rishi lozim bo‘lgan choralar, bunda davlat organlarining vazifalari va ular faoliyatining tashkil etilishi to‘g‘risidagi normalar mavjud. Download 103.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling