1 mavzu: botanika faning rivojlanish tarixi botanika fanining rivojlanish tarixi jamiyatning
-MAVZU: QOPLOVCHI VA SOSIY TO`QIMA TUZILISHI
Download 199.77 Kb.
|
Mavzu (восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- -MAVZU: MEXANIK VA O`TKAZUVCHI TO`QIMA TUZILISHI VA TURLARI O`RGANISH
3-MAVZU: QOPLOVCHI VA SOSIY TO`QIMA TUZILISHI
Qoplovchi tо‘qimalar asosan, о‘simliklarni tashqi muhit ta’siridan himoya qiladi, ichki tо‘qimalarni qurish va shikastlanishdan saqlaydi. Uning asosiy fiziologik funksiyasi (vazifasi) moddalarni tanlab о‘tkazish, transwww.ziyouz.com kutubxonasi piratsiya (lot. trans — orqali, spiro — nafas chiqarish) — suvni sharoitga qarab bug‘latish va gaz almashinuvi jarayonini boshqarishdan iboratdir. Ba’zi qoplovchi tо‘qimalar moddalarni sо‘rish va chiqarish xususiyatiga ega. Qoplovchi tо‘qimalar juda ham qadimiy bо‘lib, ularning evolyusiyasi о‘simliklarni suv sharoitidan chiqib, quruqlikka moslashish vaqtidan yuzaga kelgan. Bu tо‘qimalar ham boshqa doimiy tо‘qimalarga о‘xshash ontogenez davrida meristema tо‘qimadan vujudga keladi. Meristemalar hujayralarining takomillashishidan uch xil qoplovchi tо‘qimalar — birlamchi (dastlabki) epiderma (yunon. e p i — yuzasida; d ye r m a — pо‘st) novdaning apekal meristema hujayralaridan yuzaga keladi, barg va poyaning tashqi tomonidan о‘rab oladi. Keyinchalik bu tо‘qima о‘rniga ikkilamchi qoplovchi tо‘qima — periderma-fellogendan hosil bо‘ladi. Bu murakkab tо‘qima poya va ildizlarda bо‘ladi. О‘simlik qarigan sari uning tana va ildizlarida periderma о‘rniga pо‘stloq — ulik tо‘qimalar paydo bо‘ladi. Epiderma. Bu tо‘qima apekal meristemaning sirtqi qavatidan hosil bо‘lib, barg va yosh novda (poya) larni tashqi tomondan о‘rab turadi. Shuning uchun ham birlamchi qoplovchi tо‘qima deb ataladi. Epiderma murakkab tо‘qima bо‘lib, uning hujayralari Epiderma hujayralarining devorlari notekis, ayniqsa, tashqi qavati kuchli qalinlashgan va murakkab tuzilgan. Ichki qavat xujayralari sellyuloza va pektin moddalardan tashkil topgan. Tashqi qavat kutikula bilan qopwww.ziyouz.com kutubxonasi langan. Ilgari kutikula strukturasiz ingichka parda shaklida va о‘zidan hech qanday suyuqlik va gazlarni о‘tkazmaydi deb ta’riflangan. Lekin elektron mikroskop yordamidg tekshirilganda, uning har xil tuzilganligi aniqlangan. Kutin va sellyuloza chegarasida pektin qavat joylashgan. Bu qavat о‘rta plastinkaning pektin moddasi bila chegaradosh bо‘lib, epidermani boshqa hujayralardan ajratadi. Pektin qavatda ingichka va shoxlangan chiziqlar (kanallar) bо‘lib, epidermada hosil bо‘lgan kutin va mu^ moddalarini kutikulaga tashiydi, natijada kutikulg qavatlari hosil bо‘ladi. Bu qavatlarda kо‘pincha mum vg kutin singgan bо‘lib, ularning orasida mayda teshikchalar (poralar) mavjud. Shu poralar yordamida gaz va modsalar almashinuvi jarayoni sodir bо‘ladi. Kutikulaning eng muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u namlangan vaqtda (bahorda yomg‘ir yoqqanda) о‘zidan suyuqlik va gazlarni yaxshi о‘tkazadi, lekin havs quruq bо‘lganda uning о‘tkazuvchanligi keskin pasayadi Bunday holatni chо‘l va saxrolarda о‘suvchi — kserofit (yunon. k s ye r o s — qurg‘oq; f i t o n — о‘simlik) deb ataladigan о‘simliklar (saksovul, juzg‘un va boshqalar)da kо‘rits mumkin. О‘simliklarning hayotida kutikula doimo bir xil shaklda saqlanmaydi, ularning qalin yoki yupqa bо‘lishi о‘simlikning turiga, о‘sish sharoitiga va yoshiga bog‘liqdir. Ba’zan kо‘p yillik epidermasi bо‘lgan novda, poyalarning yuzasiga kutikula yorilib, ichkaridan tirik protoplastnin) о‘sishi natijasida yangilanib turadi (masalan, zarangda). 4-MAVZU: MEXANIK VA O`TKAZUVCHI TO`QIMA TUZILISHI VA TURLARI O`RGANISH Download 199.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling