1 mavzu: botanika faning rivojlanish tarixi botanika fanining rivojlanish tarixi jamiyatning
Download 199.77 Kb.
|
Mavzu (восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ildizlar tizimi
Vegetativ organlar yuksak oʻsimliklarning oziqlanishi va tashqi muhit bilan moddalar almashinuvini taʼminlaydigan qismi hisoblanadi. Ular ayrim hollarda vegetativ koʻpayish vazifasini bajaradi. Asosiy vegetativ organlarga ildiz, novda va barg kiradi. Ildiz suv va mineral moddalarni shimib olish, barg fotosintez qilish vazifasini bajaradi. Vegetativ organlar evolyutsiya jarayonida oʻsimliklar quruqlikka chiqishi bilan ular tuzilishining mukammallashuvi tufayli paydo boʻlgan. Tuban koʻp hujayrali oʻsimliklar (suv oʻtlari) va zamburugʻlarning vegetativ tanasi (tallomi) birmuncha sodda va bir xilda tuzilgan boʻlib, organlarga boʻlinmaydi (ipsimon va ayrim plastinkasimon suv oʻtlari, zamburugʻlar mitselliysi). Koʻpchilik yirik yashil va qoʻngʻir suv oʻtlarining tashqi koʻrinishi yuksak oʻsimliklar organlariga oʻxshaydi, yaʼni bargsimon, poyasimon yoki iddizsimon boʻladi, lekin toʻqima tuzilishiga ega boʻlmagan qismlarga boʻlinadi.
Ildiz — yuksak o‘simliklarning yer ostki vegetativ organidir. Ildizlarning asosiy vazifasiga so‘rish, o‘simliklarni tuproqda mustahkamlash, oziqa moddalarni to‘plash, yer ustki qismining o‘sishi uchun gormonlar, aminokislotalar, alkaloidlarni sintez qilish va ularning harakatini ta’minlash, tuproqda yashaydigan mikroorganizmlar, zamburug‘lar bilan aloqada bo‘lish va boshqalar kiradi. Ildizlarning uchki qismi 4 zonaga bo‘linadi: 1) ildiz qini bilan o‘ralgan bo‘linish zonasi — hujayralari meristematik xususiyatga ega bo‘lib, doimiy bo‘linib turadi; 2) cho‘zilish zonasi — bu zonada hujayralar uzunasiga kuchli cho‘ziladi, lekin hujayralari bo‘linmaydi; 3) shimuvchi zona — bu zonada rizoderma hujayralari mayda tuklar hosil qilib, tuproqdagi suv va suvda erigan mineral tuzlarni shimadi; 4) o‘tkazuvchi zona — bu zona orqali shimilgan suv va mineral moddalar o‘tkazuvchi naylar yordamida o‘simliklarning boshqa organlariga yetib boradi. Ildizlar tizimi. Har bir o‘simlikda odatda, ko‘p sonli kuchli shoxlangan ildiz sistemasi mavjud bo‘ladi. Ochiq urug‘li va gulli o‘simliklarning asosiy ildizi murtak ildizdan rivojlanadi va yer qatlamlari bo‘ylab pastga qarab o‘sadi. Asosiy ildizning apikal meristemaga yaqin joyida yon ildizlar paydo bo‘ladi. Asosiy ildiz birinchi tartibli ildiz ham deyiladi. Undan chiqqan yon ildizlarni ikkinchi tartibli, undan chiqqan ildizlar uchinchi va hokazo deyiladi. Masalan, beda, g‘o‘za, no‘xat, mosh va b. (1.6-rasm). Bir pallali o‘simliklarning asosiy ildizi murtakda hosil bo‘lib, uzoq yashamaydi, ildiz tizimi murtak poyaning asosida paydo bo‘lgan qo‘shimcha ildizlardan shakllanadi va popuk ildizlar tizimini hosil qiladi. Bularga bug‘doy, arpa, sholi, suli, tariq kabilar kiradi. Qo‘shimcha ildizlar poyalarda, ildizpoyalarda hamda asosiy ildizning ko‘p yillik qismlarida paydo bo‘ladi. Download 199.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling