1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/47
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1835442
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Fetishizm - (fetish - frantsuz tilidagi "fetiko" - yasalgan tumor, but, sanam 
degan so‘zlardan olingan) moddiy buyumlarda g‘ayritabiiy xususiyatlar borligiga 
ishonib, jonsiz narsalarga sig‘inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy 
buyumlar - tog‘, qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, 
tumor, sanam va hokazolarda g‘ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo 
bo‘lgan. O‘zlari vujudga keltirgan bunday kuchlarga o‘zlari sig‘ina boshlaganlar. 


Ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lgan fetishizm barcha xalqlarda diniy tasavvurlar 
shakllanishi bilan uzviy bog‘liqdir. 
Fetishizm politeistik (ko‘p xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik) 
dinlarida hozirgacha saklanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) 
sig‘inish, islomda esa turli o‘simlik turlarini - sedana, ko‘ztikan, qalampirmunchok, 
achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan - yong‘oq, chinor, archa va 
boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta'siri 
yoki yordami bo‘lishi mumkin degan tasavvur paydo bo‘lgan. Bunday xususiyatni 
tog‘-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g‘ayritabiiy fikrlar shakllangan. 
Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba'zi soddadil, 
mutaassiblarning turli tumor, ko‘zmunchoq va hokazolarnn taqib yurishlari, 
daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is chiqarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish, 
ularning mo‘'jizaviy kuchiga ishonish fetishizmning diniy e'tiqoddagi eng xarakterli 
ko‘rinishi va qoldig‘idir. 
Shomonizm - ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo bo‘lgan 
animistik e'tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e'tiqodlardan 
biri. Uning o‘ziga xos xususiyati - kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda 
bo‘la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. Shomonlarga, shuningdek, 
kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o‘lganlarni oxiratga uzatish, tabiatda 
xohlag‘ancha o‘zgartishlar kilish kabi xususiyatlar ham xosdir. O‘tmishda 
shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do‘mbirasi yoki mo‘'jizaviy musiqa 
ijrosida turli rasm-rusumlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha 
bajarilgan. Shomonizm o‘tmish dinlar sarqiti sifatida ba'zi bir holatlarda uchrab 
turadi. 
Magiya (sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g‘ayritabiiy 
yo‘l bilan ta'sir ko‘rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir. 
Sehrgarlik harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular turmushning har xil 
sohalarida qo‘llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish 
magiyasi, dushmanni yengish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha 
keng tarqalgan. Mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan magik qarakatlar ibtidoiy odamlar 


hayotida alohida o‘rin egallagan, ya'ni ular tirikchilikka kerak bo‘lgan narsalarni 
topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog‘liq bo‘lgan magik harakatlarni 
bajarganlar. 
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar 
orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi 
munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob'ekti va sub'ekti 
diniy jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan 
kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang‘ich elementidir. 
Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 
1) diniy e'tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan 
tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a'zolari 
orasidagi o‘zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning birligi. 
Diniy jamoalarning tuzilishi an'analar va urf-odatlar, ququq yoki umumiy 
dasturlar, qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy 
va norasmiy guruxlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va'zxonlar" 
ga, diniy va xo‘jalik, moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi. 
Muayyan sharoitlarda diniy jamoa ko‘shnichilik, qishloq va mahallachilik 
jamoasiga mos kelgan. Bunda dindorlik darajasi yuqori va chukur bo‘ladi. 
Jamiyatning taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy munosabatlar tarmokdanadi. Unda 
shaharning mavqei ortib borgan sari turli axloqiy va milliy guruxdardan tashkil 
topgan ishlab chiqarish jamoalari hosil bo‘lgan va ko‘payib borgan sari diniy 
jamoalar mustaqil tus olgan. Hozir ham shunday. Masalan, islomda dastlabki 
musulmon jamoasi 622 yili Madinada muhojirlar va ansorlardan iborat holda tashkil 
topgan. Ko‘p hollarda diniy birlik geografik joylashish jihatidan etnik birlikka mos 
kelgani uchun din etnik milliy birlik ma'nosini ham anglatgan. Islomdagi mavjud 
qonunlarga binoan 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro diniy jamoa a'zosi bo‘la oladi. 
Bunday jamoa kamida 100 mo‘mindan iborat bo‘lishi lozim, aks holda diniy guruh 
deb hisoblanmaydi. Diniy uyushmalar faoliyati o‘z a'zolarining yashayotgan joyi 
bilan cheklanadi. U ixtieriy va mustakil tashkilot bo‘lib, moddiy jihatdan ham o‘z-
o‘zini ta'minlaydi. Diniy ishlarni boshqarish, diniy mol-mulk va pul mablag‘lari 


bilan bog‘liq vazifalarni bajarish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun diniy 
uyushma a'zolari o‘z orasidan ijroiya organini saylaydi. Diniy tashkilot bu dinga 
ishonuvchilarning va diniy jamoalarning uyushmasidir. 
Milliy dinlar deb, odatda, bir millatga mansub xalqdar e'tiqod qiladigan dinlar 
tushuniladi. Bunday dinlar shakllanishining dastlabki va eng so‘nggi davrlarini bir-
biridan farqlash lozim. Dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan 
bo‘lib, odatda, politeistik, ya'ni ko‘p xudolik dinlari bo‘lgan. Masalan, qadimgi grek 
dini ko‘p xudolikning o‘zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida - bosh xudo) 
hisoblanib, bir ukasi dengaz xudosi, ikkinchi ukasi- yer osti podsholiganing xudosi 
hisoblanar edi. Shuningdek, muhabbat va go‘zallik ma'budasi, urush xudosi, quyosh 
xudosi va san'at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo‘lgan. Xuddi shunga 
o‘xshash kadimgi yahudiylar dinning xudosi - Yahve ham ko‘p xudolilikning yaqkol 
namunasidir. 
Quldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o‘ziga xos yana bir 
xususiyati oxirat to‘g‘risvdagi tasavvurning paydo bo‘lishi va unga ishonishdir. 
Аmmo bu davrda bunday tasavvurlar hali to‘la shakllanmagan edi. Ular keyingi 
davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik kilish keng rasm bo‘lib hatto majburiy 
marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo‘lida meva-cheva, noz-ne'matlardan 
tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar 
ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining so‘ngti davrlariga kelib 
odamlar o‘rniga hayvonlar kurbon qilina boshlangan. Shu bilan birga oxirat haqidagi 
tasavvurlar keng targ‘ib kilinardi. 
Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug‘-qabila 
dinlaridan farkli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida 
vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning so‘ngra, millatning 
shakllanishini o‘zlarida aks ettirgan. 
Milliy dinlarda tasavvur kilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-
marosimlar asosan muayyan elat yeki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, 
bu xildagi qadimga dinlar milliy davlat xarakterida bo‘lishi bnlan boshqa din 
shakllaridan ajralib turagan. 


Eng so‘nggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, jaynizm, 
sikxizm, daosizm, konfutsiylik, sintoizm va iudaizm (yahudiylik). 
Vedalar (Vedizm). Miloddan avvalgi ikkinchi ming yilliklar o‘rtalarida 
Hindistonga, Panjob hududiga g‘arbdan Hindiqush dovoni orqali oriy jangari xalqlar 
bostirib kelganlar. Ular Eronga ko‘chib kelgan qo‘shni qabila tillariga yaqin hind-
evropa tillarida so‘zlashar edilar. Ular harbiy ishlarda, she'riyatda usta bo‘lib, o‘zlari 
bilan muqaddas yozuvlari-Vedalar (sanskrit-muqaddas bilim)ni olib kelganlar. 
Hind adabiyoti boy bo‘lib, uning anchagina qismi yo‘qolib ketgan. Uning 
boshlanishi Vedalardir. 
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirib, ularda 
ibodat, marosimlar, falsafiy ta'limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan. Vedalar to‘rt 
yirik to‘plamdan iborat: 
1. 
Rigveda (“Madhiyalar vedasi”); 
2. 
Samaveda (“Qo‘shiqlar vedasi”); 
3. 
Yajurveda (“Qurbonliklar vedasi”); 
4. 
Аtxarvaveda (“Аfsun va jodular vedasi”); 
Rigveda. Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning to‘plami, diniy 
yodgorliklar bo‘lib, uning mualliflari rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari 
xudolarni oriy tomonga og‘dirish bo‘lgan. Rigvedada zardushtiylikning muqaddas 
kitobi “Аvesto” bilan o‘xshash afsona va marosimlar bor. Rigveda Panjobda, Hind 
havzasi va uning oqimida miloddan avvalgi VI asrda paydo bo‘lgan. Unda Shimoliy 
Hindistonda miloddan avvalgi 2-1-ming yilliklarda yuz bergan voqealar haqida 
ma'lumot beriladi. 
Samaveda. Rigvedaga ko‘proq bog‘liq bo‘lib, u hozirgi davrga ikki tahrirda 
yetib kelgan (cakha – aynan, shahobcha); Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya 
(Ranayaniya). 
Kautxuma to‘plami 1810 she'rdan iborat bo‘lib, undan faqat 76 tasi Rigvedada 
uchramaydi. Undagi she'rlar Rigvedaning VIII va IX mandalasidan olingan bo‘lib, 
tantanali qurbonlik marosimi paytida o‘qiladi. To‘plam ikki qismdan iborat: birinchi 
qism hajmi Аgni, Indra, Sama xudolariga, ikkinchi qism Somaga qurbonlik keltirish 


marosimida aytiladigan qo‘shiqlardan iborat. Samovedaning maqsadi diniy 
marosimlarda aytiladigan qo‘shiqlarni o‘rgatishdan iborat. Hindistonda hozirda ham 
vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samovedinalar saqlanib, ularning maktablari 
mavjud. 
Yajurveda. Yajurveda shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog‘liq bo‘lib, 
uning asosiy qismini qurbonlik usullari – yajus tashkil etadi. Bu marosimlarda to‘lin 
oyli tunda, yangi oy chiqqan payti Аgni uchun qurbonliklar o‘tkazilgan. 
Vedaning bu maktablari qora va oq yajurvedaga bo‘lingan. Qora 
yajurvedaning turli maktablarga xos bo‘lgan Katxoxa, Kapishtxala-Katxa, 
Maytrayani, Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli 
birgina tahriri bor. 
Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I.Marosim. II. Yajus 
va mantralar. III. Braxmana sharhlari. 
Аtxarvaveda. U mil.av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy 
hind afsunlarini o‘zida aks ettirgan. Qadimiy hind jamiyatida mavjud bo‘lgan barcha 
taraflarni, nuqson va kamchiliklarni o‘zida aks ettirgan. Аtxaravaveda afsonaviy 
ruhoniy Аtxarvana (“Olov ruhoniysi”) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, afsun va jodular 
o‘sha davrda olov ustida bajarilgan. Аtxarvaveda 6 ming she'rdan iborat bo‘lib, 371 
madhiyani o‘z ichiga oladi. Ular yigirmata kitobda jamlangan. 
Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta'limot ilgari suriladi. 
Hindistonda ko‘pxudolik keng targ‘ib qilinadi. Xudolar orasida “eng ulug‘i, eng 
kichigi, eng qarisi, eng yoshi bo‘lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Bir xudo 
ba'zida butun borliqning hukmdori bo‘lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga 
tobe bo‘lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo‘lishi 
mumkin. Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bo‘ysunadilar. Bu Veda 
ilohiyotchiligiga xos bo‘lib, shu munosabat boshqa xudolarga ham tegishlidir. 
Vedalarda xudolar osmon xudolari quyosh xudolari, havo xudolari, yer 
xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan. 


Osmon xudolari. Dyaus, Varna, Indra kabi xudolar osmonlarni boshqarib 
turuvchilarga kirganlar. Keyinchalik Varuna suv va dengizlar xudosiga aylanib 
ketgan. 
Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon 
bo‘lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida so‘z yuritiladi. Mitra (do‘st) – 
qadimiy xudodir. Surya – quyoshning yorqinroq namoyon bo‘lgan ko‘rinishidir. 
Savitri -quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo‘ladi. Pushan muruvvatli 
bo‘lib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatini o‘zida namoyon qiladi. Vishnu xudolar 
orasida abadiy bo‘lib, hozir Hindistonda ulug‘lanadi.
Yana Аshvina va Sitvar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi qo‘shiladi.
Indra osmon podshosi va oriylarning milliy xudosidir. Yomg‘ir xudosi 
Panjaniya, shamol xudosi Vayyular Vedalarda aniq tasvirlanmagan. Ular Indra bilan 
jamlangan holda tasvirlanadi.
Runada odamlar qo‘rqib unga bag‘ishlab madhiya, duolar o‘qiganlar. U 
Rigvedada Shiva (yoqimli) nomi bilan zikr etiladi. Shiva Vishnu bilan keyinchalik 
Hindistonda unutilgan xudolar turkumini egalladi. 
Yer xudolari. Аgni – olov xudosi, u haqidagi afsonalar Hindistondan 
tashqarida vujudga kelgan. U odamlarning qurbonliklarini xudolarga yetkazuvchi 
ruhoniy sifatida tasavvur qilingan.
Ushas – tong va uning nuri ma'budasidir. Sarasvatilar – daryo xudosi, 
keyinchalik so‘z xudosi sifatida tasvirlangan. 
Veda ibodatlari ikki turga bo‘lingan. Birinchisi, duolar, ikkinchisi, xudolarga 
atab qilinadigan qurbonliklar yoki narsalarni taqdim qilishdan iborat bo‘lgan. Duo 
kitoblari bo‘lmagan paytda ibodatlar faqat qurbonliklar shaklida amalga oshirilgan. 
Keyin Rigveda, Аtxarvaveda kabi madhiya va duolarni o‘zida jamlagan kitoblar 
paydo bo‘lgach, ibodatning ikkinchi ko‘rinishi – duo va madhiyalar xudolarga atab 
o‘qish odat tusiga kirgan. 
Braxmanlik (Braxmanizm): ta'limoti va tarixi 
Braxmanlik – veda dinlarining bir tarmog‘idir. O‘z hayotlarini ibodat qilish, 
ilohiyot ilmini o‘rganish, murakkab marosimlarni o‘tkazish va xalq ruhoniy hayotini 


boshqarishga bag‘ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga keldi. Dinda ilohiy 
tilni o‘zgartirib bo‘lmasligi, sanskritning muqaddas tilga aylanib qolishi 
braxmanlikning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. 
Oriylar ko‘chmanchilikdan o‘troq hyotga o‘tib davlatdagi hukmron sinfga 
aylanib, madaniyati, hayot tarzi boshqacha bo‘lgan turli xalqlar bilan uchrashib
boshqa tabiiy sharoitga duch keldilar. Ularning eski dinlari – vedizm taraqqiy etdi. 
Bu taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish, ruhoniylar tabaqasini, 
mavqeini ko‘tarish, ibodat va marosimlarini murakkablashtirish hisobiga bo‘ldi. 
Keyin o‘zgartirish taqiqlangan diniy aqida vujudga keldi. Braxmanlikda ko‘proq 
ruhoniylar tabaqasining manfaatlari himoya qilingan.
Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli 
sutralardir. Sutralar san'atning alohida ko‘rinishi bo‘lib, sanskrit tilida yozilgan. 
Unda ma'lum tabaqaga yuqori o‘rin berilgan.
Braxmanlar o‘zlarining kelib chiqishini yetti ruhoniy oilaning boshliqlari 
bo‘lgan kishidan deb hisoblaydilar. Oriylar Hindistonda harbiy yurishlarini davom 
ettirib, borgan sari kamroq qarshilikka duch kelardilar. Ulardan kshatriy (jangchilar) 
tabaqasi e'tiboridan chetga chiqib, diniy – ruhiy jihatdan ta'siri kuchliroq bo‘lgan 
tabaqa – braxmanlarning nufuzi oshib bordi. Ular diniy, huquq, urf-odat kabi 
sohalaridan ham xabardor edilar.
Braxmanlarning hayoti to‘rt bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda braxmanning diniy hayoti balog‘at yoshiga yetib, 
muqaddas bosqichning qabul qilish va baxshida qilish “marosimidan”keyin 
boshlanadi. Braxmanning yoshligi birorta donishmand braxman xuzurida vedalarni 
yodlash, uning uyida muqaddas olovning doimo tutib turish, ustozning xizmatini 
bajarish, uning uchun sadaqa yig‘ish bilan o‘tadi. Braxman bu bosqichda 
“braxmacharin” deb atalgan.
Ikkinchi - “grihasta” nomli bosqichda uy xo‘jayini vazifasini bajarib, 
uylanishi, oilani boqishi, farzandlar tarbiyasi, amaliy hayot ilmi (qachon va nimani 
yeyish, nimani yechish, ibodat qilish, marhumlarni dafn etish, mehmonlarni qanday 


kutish, ovqatni qanday tayyorlash, qariyalarga, ayollarga, yosh bolalarga 
munosabat)ni qonun asosida fuqarolik burchlarini bajarib borishi lozim.
Uchinchi bosqich “vanaprastha” (o‘rmon zohidi) davri bo‘lib, unda oilasi yoki 
yolg‘iz holda o‘rmonga ketishi kerak. Braxman u yerda “o‘z nafsini jilovlab” 
ildizlar, mevalarni yeb, diniy amallarni “jon-jahdi” bilan bajarishi lozim. Bu davrda 
bir qator mashaqqatlarni o‘z boshidan kechiradi. 
To‘rtinchi bosqichda tarkidunyochilik yoki diniy qashshoqlik – “saniyasi” 
davrini boshdan kechiradi. Uning maqsadi “Oliy Brahmaga yetishish, u bilan 
qo‘shilib ketish, bu dunyo va o‘lgandan keyingi abadiy baxtga erishish”ga intiladi. 
U tarkidunyochilik bosqichida faqat sadaqadan tushgan narsalar hisobiga kuniga bir 
marta ovqatlanib kun kechiradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling