1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja
-§. Mahalliy madaniyat va san’atdagi o‘zgarishlar
Download 192.46 Kb.
|
SMT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-maruza
2-§. Mahalliy madaniyat va san’atdagi o‘zgarishlar
Arablar o'zlari bilan islom dinini olib keldilar. O‘rta Osiyo xalqlarining eski dini va u bilan bog'liq bo'lgan hamma yodgorliklar buzildi, vayron qilindi. Haykaltaroshlik san’ati rivoji esa butunlay to‘xtab qoldi. Qimmatbaho metallardan ishlangan haykal va amaliy san'at buyumlari, devoriy suratlar loy va alebastrdan yasalgan haykallar yo’q qilindi. Arablarning kirib kelishi va undan keyingi davr O‘rta Osiyo san’ati va madaniyati tarixini qator bosqichlarga ajratib ko'rish mumkin. Shuning dastlabkisi VIII – IX asr o'rtalariga to'g'ri keladi. Bu arablarning O‘rta Osiyoga kirib kelishi va u bilan bog'liq ozodlik kurashi davri bo'lib, san’at va madaniyat o'z xarakteri jihatidan tushkunlikni va shu bilan birga yangi jarayonlaming kurtak otishi bilan xarakterlanadi. Bu jarayonlar, avvalo, islom dini va u bilan bog'liq yangi urf-odat va marosimlaming kirib kelishi (masalan, namoz o'qish va u bilan bog'liq kiyinish, hayot tarzi va h.k.), qurilmalar paydo bo'lishida bilinadi. Shu davrda mavjud bo'lgan saroy va ayniqsa, boshqa dinlarga (zardushtiylik, xristian, buddaviylik va h.k.) oid ibodatxonalar buzilib yoki qayta o‘zgartirib islom diniga mos masjidlarga aylantirildi, yangi masjidlar qurila boshlandi. Bu davrda sodir bo’lgan notinch jarayonlar o'ziga to'q va imkoniyati bor bo'lgan toifadagi odamlami notinch yerlardan tinchroq joylarga o'tishga zaruriyat tug'dirdi. Natijada avvalgi tashlandiq holga kelgan joylarda yangi qurilma va manzillar yuzaga kela boshladi. Arablar O'rta Osiyoga o'zlari bilan arab yozuvini ham olib keldilar. Bu yozuv arablar kirib kelgunga qadar Markaziy Osiyo xalqlari yozuvlaridagi barcha kitoblar yo'q qilindi, uning bilimdonlari qirib tashlandi. Shunday qilib qadimgi xorazm, so'g'd, uyg'ur yozuvlari muomaladan siqib chiqarildi. Arab va ko’pgina Sharq mamlakatlari qo’llaniladigan yozuv (arab yozuvi) qadimgi somiy alifbosidan kelib chiqqan bo’lib, o’ngdan chapga qarab yoziladi. Bu yozuvning eng qadimgi shakli topilgan Kufa shahri nomi bilan .hbnflbufy kufiy yozuvidir. Bu yozuvdagi 28 harfdan 118 tasi undosh. Qadimgi arab yozuvining bu turi bir necha asrlar davomida saqlanib keldi va sekin-asta isloh qilinib, hozirgi zamon arab yozuvi bilan almashtirildi. Bu yozuvda ham harflar 28 ta, ulardan faqat uchtasi unli. Harflar so’z boshida, so’z o’rtasida va oxirida turli shakllarga ega. Unlilar alohida ifodalanmmaydi (alifning so’z boshida kelishi bundan mustasno). Shakli o’xshash harflarni bir-biridan farqlash va so’z tarkibidagi unlialrni ifoda qilish uchun arab yozuvida diakratik belgilardan foydalaniladi. Arab madaniyati deganda biz faqat arablar tomonidan yaratilgan madaniyatni emas, balki arablar bilan birga Yaqin va O’rta Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy-G’arbiy Yevropa xalqlarining o’rta asrlarda yaratgan madaniyati, moddiy va ma’naviy boyliklari, shu xalqalarning arab tilida ijod etgan ilmiy va badiiy asarlarini ham tushunishimiz kerak. Arab xalifaligi arab tili davlat va hukmron sinf vakilllari tili edi. Arablar bosib olgan mamalakatlarda arab tili joriy etildi. Qadimgi yunon va sharq xalqalarining asarlari arab tiliga tarjima qila boshlandi. Arab tilida faqat arab olimlari emas, xalifalikka qaram bo’lgan mamlakatlar olimlari, yozuvchi va shoirlari ham o’z asarlarini yozdilar. Bu olimlarning arab tilida yaratgan asarlari barcha xalqlar madaniyatining keying rivojiga asos bo’ldi. Deyarli bir yarim asrlik arab istilosidan keyin asta mahalliy madaniyat jonlana boshlandi, vayron bo'lgan shaharlar qaytadan tiklandi, yangilari barpo etildi. Qishloq xo'jaligi sezilarli yutuqlarga erishdi, tog‘-kon qidiruv ishlari rivojlandi, hunarmandchilikda yangi texnologik jarayonlar qo'llana boshlandi, jumladan, sirli koshin va g'ishtlar ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishi me’morlik va amaliy, amaliy bezak san’atida qator estetik o'zgarishlar yasay boshladi. VIII asrga kelib Samarqand va Buxoroda qog'oz ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishi O'rta Sharq madaniy hayotida muhim o'zgarishlar yasadi. Awallari qo'llanilgan pergament yoki shoyiga nisbatan arzon va qulay qog'ozning muomalada keng ko'lamda ishlatilishi xattotlik, qo'lyozma kitoblar tayyoriash madaniyatini kamol toptirdi. O'rta asrlarda Buxoro va Samarqand qog'ozlari nihoyatda qadrlanib unda rasm ishlashni har bir yevropalik rassom orzu qilar edi. Qog'oz madaniy hayotga kirib kelishi bilan xattot-kotib mavqeyi ortib ketdi. Endilikda xattotlik shunchaki hunar, kasb bo'libgina qolmay, uning ijrochisi san’atkor darajasiga ko'tarildi. Go'zal xattotlik yozuvi nihoyatda yuqori baholanib, mohir xattotlarning dastxatlari tushirilgan alohida varaq – qit’a san’at muxlislari tomonidan e’zozlanib saqlangan va yig'ilgan. Qo'lyozma kitoblar tayyorlashda naqqosh-lawah muhim o'rinni egallagan. U qo'lyozmaning hoshiya qismi go'zal bo'lishi uchun oltin ranglardan foydalangan, yengil siluetli qush, gul va hayvonlar tasvirini ishlagan. Lawah kitob boshlanishi oldidan to'rtburchak chizib, ichki qismini murakkab naqsh kompozitsiyasi bilan to'ldirgan. Bunday naqsh kompozitsiyalar ko'proq me'moriy bezakda ishlanadigan kompozitsiyalarga yaqin ishlangan. Rang tizimida esa oltin va kobalt-ko'k rang yetakchi o'rinni egallagan. Qo'lyozmaning yangi bo'lim, hatto boblari yangi varaqdan boshlanib, ular ham bezakdor bo'lgan. Qo'lyozmaning so'nggi varag'i dumaloq naqsh –medalyon tarzida ishlanib, undan nozik chiziqlarda shakllar yaratilgan. Lawah o'z ishini tugatgach, qo'lyozmani miniatyurachi rassom – musavvir davom ettirgan. Shundan so'ng, qo'lyozma muqovasoz qo'liga kelib tekkan. Muqovasoz qo'lyozmani qalin qog'oz yoki maxsus ishlov berilgan teridan tayyorlab, qo'lyozma ishiga yakun yasagan. Shunday qilib, kitob juda ko‘p ustalar hamkorligida yaratilgan, jamoaviy ishda har bir mutaxassis o'z ishining mohir ustasi bo’lgan va o‘z ishini yuqori mahorat bilan bajargan. Ishga bunday munosabat yaratilgan har bir kitobni nodir san’at darajasida bo’lishiga olib kelgan. Shuning uchun shoh saroyida o'rta asr madaniyati andozalari yaratildi. Davlatlar poytaxtidagi katta kutubxonalar nodir qo’lyozma va kitoblar bilan to'lib bordi. Olimlar ishlari uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Arablar istilosidan keyin Movarounnahrda musulmon qonunchilik tizimi ham joriy etildi. Islom huquqshunosligining asosini tashkil etuvchi shariat muqaddas kitob - Qur’oni Karim va Hadisi sharifga hamda fiqhshunos olimlarning turli savollarga javoblari va qarorlariga tayanar edi. Masalaning yana bir jihati shundaki, Islom dinining ko‘p jihatdan afzalligi, ahloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uning tez orada qabul etilishiga sabab bo‘ladi.
12-ma'ruzaDownload 192.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling