1-Mavzu: “Korhona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifalari Reja
Download 288.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу
1.2. «Korxona iqtisodiyoti» fanining predmeti va boshqa fanlar bilan aloqasi. Korxona iqtisodiyotning asosiy bo„g„ini bo„lib, bunda kadrlar mujassamlangan bo„ladi hamda samarali boshqaruv menejmenti qo„llaniladi va resurslardan oqilona foydalanish va zamonaviy texnika hamda texnologiyalardan foydalanib faoliyat yuritish talab etiladi. Har bir korxonaning asosiy vazifasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifat ko„rsatkichlarini saqlagan holda harajatlar miqdorini minimallashtirish hamda foydani maksimalashtirish hisoblanadi. Bizlarning maqsadimiz korxona xo„jalik mexanizmini mazmunini va elementlarini yoritib berish bo„lganligi uchun faqat xo„jalik mexanizmini korxona faoliyati doirasida ko„rib chiqamiz. Bizlarning fikrimizcha korxona xo„jalik mexanizmi quyidagi elementlardan tashkil topadi. Birinchidan, ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, korxona va tadbirkorlikning shakl va turlari, ularni ixtisoslashi, kooperativlashishi, kontsentratsiyalanishi va hokazolar. Ikkinchidan, korxonani boshqarish tarkibi, usul va shakllari. Bu element iqtisodiy munosabatlarni boshqaruv aspektiga tuzilishini, ishlab chiqarishga ta‟sir qilish uchun ishlatiladigan ma‟muriy va iqtisodiy usullarni o„z ichiga oladi. Uchinchidan, korxonaning davlat organlari va iqtisodiyot boshqa sub‟ektlari bilan moliyaviy-kredit munosabatlari, xo„jalik aloqalari. To„rtinchidan, korxona faoliyatida ishlatiladigan iqtisodiy rag„batlantirish shakllari, usullari, iqtisodiy dastaklar (baho, ish haqi, foydalar kabi). Beshinchidan, korxona faoliyatini ishlab chiqarishni tartibga solishni huquqiy shakl va usullari. Yuridik qonunlar, davlat organlarining normativ hujjatlari, ko„rsatmalari, korxonaning nizomi, ustavi va hokazolar. Oltinchidan, ishlab chiqarishga ta‟sir qiluvchi sotsial-psixologik omillar. Bu tartib va qoidalar korxona iqtisodiyotida o„z ifodalarini topadi va korxonaning faoliyatini yo„naltiradi. ettinchidan, konkurentsiya, jur‟at, xavfsizlik, tijorat sirlarining shakl va usullari. Korxonaning xo„jalik mexanizmi murakkab va ko„p qirrali tushunchadir. Xo„jalik mexnizmini o„rganish orqali korxona faoliyatida ro„y berayotgan iqtisodiy hodisalar va jarayonlarga baho berish, ularni rejalashtirish yo„llarini aniqlash imkoniyatiga ega bo„lamiz. Xulosa qilib aytganda korxona iqtisodiyoti fani korxonaning xo„jalik mexanizmini o„rganish orqali o„z maqsadiga erishadi. CHunki uning asosiy maqsadi: Download 288.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling