1-Mavzu: “Korhona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifalari Reja
Korxonada ro„y berayotgan iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni
Download 288.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona iqtisodiyoti fanining ob‟ekti
Korxonada ro„y berayotgan iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni holatiga baho berish, ularni takomillashtirish yo„llarini aniqlash va kelajagini belgilash usullarini talabalarga o„rgatishdan iboratdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib korxona iqtisodiyoti fanining predmetiga ta‟rif berish mumkin. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti - korxonada ro„y berayotgan iqtisodiy reallikni shakllantiradigan, tartibga soladigan tashkiliy, iqtisodiy shakl va usullar yig„indisi, ya‟ni korxonaning xo„jalik mexanizmidir. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti - korxonaning xo„jalik mexanizmidir. Fanning predmetini tashkil etuvchi asosiy masalalar va muammolarga quydagilarni keltirishimiz mumkin. Bozor munosabatlarida korxonalarning roli va o„rni; Korxonaning tashkiliy tuzilishi va boshqaruv mexanizmi; Ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlash; Korxonaning investitsion faoliyati; Korxonaning resurslardan foydalanish darajasi; Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini baholash va tahlil qilish. Korxonaning xavfsiligi va tijorat siri. Korxona iqtisodiyoti fanining ob‟ekti- mavjud ishlab chiqarish va noishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik sub‟ektlari hisoblanadi. Korxonalar iqtisodiyoti barcha iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog„liqdir. Ayniqsa, menejment, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, xo„jalik faoliyati tahlili, buxgalteriya hisobi va audit, tadbirkorlik asoslari, iqtisodiyot nazariyasi, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, mehnatni tashkil etish va normalash, mehnat ko„rsatkichlari tahlili va hokazo. Bundan tashqari korxona iqtisodiyoti fani bir qator ijtimoiy gumanitar fanlar, tabiiy va aniq fanlar bilan ham aloqada bo„ladi. Korxona iqtisodiyoti fanini o„rganish to„g„risida so„z yuritilganda albatta uning asosiy vazifalarini aniqlab olish kerak. Uning vazifalari quyidagi asosiy omillardan kelib chiqadi. 1. Korxonaning iqtisodiyotda tutgan o„rni. Buni namoyon qiladigan jihatlari: birinchidan korxona jamiyatni asosiy bo„g„ini; ikkinchidan, korxonalarda jamiyatning barcha moddiy va ma‟naviy boyliklari ishlab chiqariladi; uchinchidan ularning samarali ishlashidan jamiyatning rivojlanishi, xalqning moddiy va ma‟naviy farovonligi, davlatning jahon davlatlari orasida tutgan o„rni. 2. Korxona faoliyatida ro„y berayotgan iqtisodiy reallikni doimiy o„zgaruvchanligi, unga ko„pgina omillarni ta‟sir qilishi bir tamondan, ikkinchi tamondan korxonaning natijalari butun jamiyatni rivojlanishiga ta‟sir ko„rsatishi. 3. Iqtisodiy kadrlarga qo„yiladigan talablardan (ularning kasbiy mahorati, bilimdonligi, tadbirkorligi, bashorat qila bilishligi va hokazolar) kelib chiqadigan omillar. Korxona faoliyatini yuritishda injenerlar, texnologlar, masterlar va boshqa xizmatchi va ishchilar qatorida iqtisodiy kadrlar (menejirlar, marketologlar, iqtisodchilar, buxgalterlar) faoliyat ko„rsatadilar. Ularni amaliyotda bejiz iqtisodiyotning «shturman»lari deb atamaydilar. Iqtisodiy kadrlarning kasbiy mahorati, bilimdonligi, tadbirkorligi bashorat qila bilishligi kabi fazilatlari korxona iqtisodiyoti fanini o„rganish jarayonida shakllanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxona iqtisodiyoti fanining asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: - iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni, o„lchov birliklari, ko„rsatkichlari va kriteriyalarini aniqlash usullarini o„rganish; - korxona xo„jalik mexanizmini holatini o„rganish, baholash, kelajakga bashorat qilish; - bo„lajak iqtisodchilarni korxona faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish, kelajagini bashorat qilish usullari bilan qurollantirish; - xo„jalik yuritishni yangi shakl va usullarini aniqlash; - barcha turdagi korxonalarning rivojlanish tendentsiyalari va qonuniyatlarini aniqlash, takliflar berish; - korxonada birlashtirilgan omillardan (er, kapital, mehnat, tadbirkorlik) samarali foydalanish yo„llarini belgilash. CHunki bu omillar jamiyat, tarmoq va sohalar bo„yicha, ayniqsa alohida korxonalar bo„yicha olinganda, makon va zamon birligida, chegaralangan ekanligini hech kim inkor qilmaydi. Korxona iqtisodiyoti korxonalar faoliyati rivojlanishining miqdor ko„rsatkichlarini sifat ko„rsatkichlaridan ajratmagan holda o„rganuvchi «Iqtisodiy statistika» bilan shuningdek iqtisodiy tahlil fanlari bilan bir biriga bog„liq holda o„rganiladi, ya'ni korxonalar faoliyati iqtisodiy jarayonlarini, texnika va texnologiyalarni taraqqiy etish jarayonlarini, hamda ularni miqdor jihatlarini o„rganishda ular o„zaro aloqada bo„ladi. Boshqa iqtisodiy fanlar singari korxona iqtisodiyoti fanining o„qitishning asosiy usullari umumfalsafiy usullar hisoblanadi. Buni shunday tushunishimiz mumkinki tarmoqdagi xodisa va kategoriyalarni tarixan va mantiqiy bog„liqligida ko„rish, xalq xo„jaligidagi miqdor va sifat ko„rsatkichlarni o„zgarishini ilmiy asosda o„rganishdan iboratdir. Ushbu «Korxonalar iqtisodiyoti» kursining o„rganishning usulologik talablaridan asosiysi nazariya bilan amaliyotni bog„liqlikda talqin qilishdir. Shuning uchun, ushbu kursda asosiy e'tibor korxonalardagi ilg„or tajribalarni o„rganish, ishlab chiqarishni kelgusida yanada rivojlantirish manbalarini aniqlash va aholini ehtiyojlarini to„laroq qondirish asosida xalqni farovon yashashini ta'minlashdir. Xalq xo„jaligi tarmoqlari rivojlanishi qonuniyatlarini o„rganishda asosiy iqtisodiy qonunlar harakatiga tayaniladi. Davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy harakterda ekanligi yoritiladi, rivojlanish tajribalari umumlashtiriladi va kelgusida yanada yuksaltirishni takomillashtirish tadbirlari ishlab chiqiladi. Tarmoqlarni rivojlantirishning harakterli xususiyati bozor iqtisodiyotiga o„tish sharoitida mahsulotlarga bo„lgan talabni aniqlash, ularni ta'minlash, ishlab chiqarish aloqalarini yaxshilash, korxonalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, moliyaviy ahvolini yaxshilash, bozorda mavqeini oshirish, sifat va samaradorlikni orttirishni ta'minlashdir. «Korxona iqtisodiyoti» fan sifatida boshqa iqtisodiy fanlar bilan, jumladan, «Iqtisodiy nazariya», «Mikro va makroiqtisodiyot», «Sanoat iqtisodiyoti», «Lizing», «Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish», «Xom ashyo yetkazib berish va mahsulotni sotishni o„rganish» bilan chambarchas bog„liq bo„lib, unda korxonalarning tashkiliy tuzilmasidan tashqari joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi o„rganiladi hamda mehnatni tashkil qilish va haq to„lashning asoslari ishlab chiqiladi. «Korxona iqtisodiyoti» korxonalar faoliyati va butun xalq xo„jaligi rivojlanishining miqdor ko„rsatkichlarini sifat ko„rsatkichlaridan ajralmagan holda o„rganuvchi «Iqtisodiy statistika» bilan, shuningdek, joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish uchun zarur bo„lgan «Korxonalar xo„jalik faoliyatining tahlili» bilan ham bog„liq. Gap shundaki, korxonalar hayotida ro„y berayotgan iqtisodiy jarayonlarni texnika va texnologiyalarni bilmasdan o„rganishning iloji yo„q. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida texnika va texnologiyada jadal sur‟at bilan yuz berayotgan o„zgarishlar nafaqat ishlab chiqarish xususiyatlarida, balki ayirboshlash, taqsimlash va iste‟mol qilish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalarida ham aks etadi va shu sababli mazkur fanni o„rganishda hisobga olinmasligi mumkin emas. Mazkur fanning “Korxonalar xo„jalik faoliyatining tahlili” fani bilan o„zaro aloqasini alohida ko„rsatib o„tish kerak. Bunda ishlab chiqarishning moliyaviy va boshqa jihatlariga baho berish, zahiralarni aniqlashdan tashqari, bashoratlash yordamida korxona rivojlanishining istiqbollari aniqlanadi. Xorijiy mamlakatlar amaliyotining guvohlik berishicha, korxona, firma va kompaniyalarning ko„pchiligi ishlab chiqarish menedjerlari va iqtisodchilarning yuqori kasb malakasi va o„z sohasidagi chuqur bilimlari evaziga muvaffaqiyatlarga erishib, yuqori daromadga va ishlab chiqarish imidjiga ega bo„lmoqda. SHu sababli korxona iqtisodiyotini yaxshi bilishning o„zi kamlik qilib, bo„lajak mutaxassisning iqtisodiy fikrlash doirasini kengaytirish va uning xalq xo„jaligida o„z o„rnini topishini shakllantiruvchi boshqa iqtisodiy, texnikaviy hamda texnologik fanlar majmuasini ham bilish talab qilinadi. Download 288.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling