1-Mavzu: “Korhona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifalari Reja


Download 288.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana16.06.2023
Hajmi288.11 Kb.
#1488696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 мавзу

«Korxona iqtisodiyoti» - aholi va xalq xo„jaligi uchun zarur bo„lgan mahsulot ishlab 
chiqarish, ish bajarish va xizmat ko„rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma‟muriy-xo„jalik 
mexanizmlarini o„rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan ishlab 
chiqarish sharoitlarida rivojlanishining ob‟ektiv qonunlari namoyon bo„lishi va amal qilishiga, 
shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta‟sir ko„rsatuvchi davlat miqyosida 
qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujjatlariga tayanadi. 
Iqtisodiyot – bu odamlar jamiyati, muayyan, cheklangan resurslardan foydalanib, kerakli 
mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqish, odamlar guruhlari o„rtasida taqsimotiga aytiladi. 
Korxona iqtisodiyoti - qanday yuqorida keltirilgan vazifa ayrim korxona chegarisida hal 
etilishi haqidagi fan. 
«Korxona iqtisodiyoti» «Iqtisodiyot» fanining tarkibiy qismi bo„lsada, mustaqil bilimlar 
sohasi hisoblanadi. U boshqa iqtisodiy fanlardan, ayniqsa, «Mikroiqtisodiyot»dan mazmuni va 
ma‟lumotlarni keltirish mantiqiga ko„ra farqlanadi. Afsuski, ba‟zi bir olimlar «Korxona 
iqtisodiyoti» va “Mikroiqtisodiyot”ni bir-biridan farqlamaydilar. Haqiqatdan ham, “mikro” so„zi 
iqtisodiy hodisa va jarayonlarni iqtisodiyotning birlamchi bo„g„inlari - korxona va firmalar 
miqyosida ko„rib chiqishni ko„zda tutadi, biroq ularning ikkita bir xil predmet emasligiga 
mikroiqtisodiyot va korxona iqtisodiyoti bo„yicha darsliklarni qo„lga oliboq amin bo„lish 
mumkin. «Mikroiqtisodiyot» bilan taqqoslaganda «Korxona iqtisodiyoti» xo„jalik amaliyotiga 
yaqinroq, har bir iqtisodchi uchun zarur bo„lgan iqtisodiy bilimlar majmuasini shakllantiruvchi 
fan ekanligi ko„zga tashlanadi. Birlamchi bo„g„in iqtisodiyotini yaxshi bilgan zamonaviy 
mutaxassislarni xo„jalik yuritishda eng xavfsiz va samarali yo„lni topishlari sababli 
iqtisodiyotning “shturmanlari” deb atash mumkin. 
Hozirgi kunda korxona iqtisodiyotiga bo„lgan qiziqish sezilarli ravishda o„sgan. Gap 
shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi huquqiy-tashkiliy shakldagi korxonalar, xom ashyo, 
material va asbob-uskuna yetkazib beruvchilar, shuningdek, bevosita mahsulot yoki tovar 
iste‟molchilari (xaridorlar) bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar vujudga kelib, rivojlanib 
bormoqda. Bundan tashqari, korxona, bu – avvalo ishlab chiqarish jamoai, odamlarning turli 
tarzdagi faoliyati bo„lib, ular o„rtasidagi o„zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi hamda 
ma‟lum bir turmush tarzi, ma‟naviyat va axloq normalari shakllanadi. Bularning barchasi 
xo„jalik yuritish shakl va usullarini qayta ko„rib chiqish, korxonaning iqtisodiyot rivojlanishidagi 
o„rni va roliga yangicha yondashishni talab qiladi. 


Tahlillarning ko„rsatishicha, istalgan korxonaning faoliyatida turlicha savollar yuzaga 
keladi. Masalan, korxona qay tarzda faoliyat yuritishi kerak va daromad nimaga bog„liq bo„ladi? 
Samaradorlik va iqtisodiy barqarorlik nimalarga bog„liq? «Xom ashyo yetkazib beruvchilar va 
iste‟molchilar bilan qanday ishlash kerak?» «Mahsulotni sotishda vositachilardan foydalanish 
zaruriyati; Ishlab chiqarish sur‟atini qanday oshirish mumkin?» «Raqobatchilik kurashida nima 
va qanday omillar muvaffaqiyat keltiradi?» «Ishlab chiqarish va sotishni boshqarish tizimi 
qanday bo„lishi lozim?» va hokazolar. Korxonalar faoliyatida biron-bir mahsulotni qachon, 

Download 288.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling