Tayanch iboralar
Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti bozor munosabatlari sharoitida korxonalar
faoliyatining
nazariy va amaliy asoslarini, korxonalar faolyatida iqtisodiy qonuniyatlarning
nomoyon bo„lishini hamda ishlab chiqarish va realizatsiya
jarayonidagi iqtisodiy
munosabatlar, ushbu iqtisodiy munosabatlarni respublika davlat iqtisodiy siyosati negizida
rivojlanish
qonuniyatlarini hisoblanadi
Korxona iqtisodiyoti fanining ob‟ekti- mavjud ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
korxonalari, tadbirkorlik sub‟ektlari hisoblanadi
Balans usuli- asosan o„zaro bog„langan va tenglashtirilgan hamda jami o„zaro teng bo„lgan ikki
guruh iqtisodiy ko„rsatkichlarining proportsiyalarini aks ettirishga xizmat qiladi
Normativ usul – tadbirkorlik sub‟ektlari va barcha turdagi korxonalarni
boshqarishda ilmiy
jihatdan asoslangan me'yorlardan foydalanishdir
Ilmiylik printsipi –korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishida
iqtisodiy
qonunlar, fan va texnika taraqqiyoti yutuqlari, tabiat qonunlarini chuqur o„rgangan
holda qarorlar qabul qilishda namoyon bo„ladi.
Umumiylik –qabul qilingan qarorlar barcha sohalar, bo„g„inlar va ta'sischilar uchun yagonalikni
bildiradi. Bu yerda ta'sischilar tarkibidan va holatidan qat'iy nazar
korxona bosh strategiyasi
yagona hisoblanadi.
Rejalilik – korxonalar xo„jalik yuritishining asosiy vositasi.
Korxona iqtisodiyoti – mustaqil iqtisodiy fan hisoblanib, xo„jalik yuritishning nazariy, amaliy
va me'yoriy masalalari bilan shug„ullanuvchi sohadir.