1-Mavzu: “Korhona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifalari Reja


Download 288.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana16.06.2023
Hajmi288.11 Kb.
#1488696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 мавзу

 
1.3.Fanni o„rganish usullari 
Har qanday ilmiy fan o„rganadigan predmetidan kelib chiqib o„z usullarini (metodlarini) 
yaratgan. Metod grek tilidan «methodos» so„zidan olinib to„g„ridan to„g„ri ma‟nosi «biron 
narsaga yo„l topish» degan ma‟noni bildiradi. O„zbek tilida metod so„zi usul ma‟nosiga to„g„ri 
keladi. 
Fan usuli (metodi) deganda tabiat va jamiyatda sodir bo„layotgan hodisalar va 
jarayonlarni bilish, o„rganish va tadqiq qilish uchun fanda qo„llaniladigan usullar va uslublar 
majmuasiga tushiniladi. 
Usul, falsafiy ma‟noda qaralsa ilmiy fan o„rganadigan predmetni inson fikrida 
nusxalanishi yoki shakllanishini bildirib, ularni o„rganish quroli sifatida qaraladi. 
Ongli ravishda, ilmiy asoslangan fan usullarini qo„llash, har bir fan uchun yangiliklar 
yaratish uchun asos bo„lib hisoblanadi. 
Barcha iqtisodiy fanlarning usullarini falsafiy asosi va umumiy bilish quroli sifatida 
dialektika usuli ishlatiladi. SHu bilan birga bilish jarayonining rivojlanishi asosida ilmiy fikr 
yuritishning umumiy usullari ham topilgan. Ular qatoriga induktsiya, deduktsiya, analiz va sintez 
kabilar kiradi. 
Keltirilgan usullarni qisqacha mazmunini yoritib o„tamiz. 
Aslida, tarixda dialektika dialog va tortishuv mahorati, ya‟ni savol-javob orqali 
tortishuv o„tkazish qobiliyati hamda narsalar, tushunchalarni shakllar va turlarga tasniflash 
mahorati deb tushunilgan. 
Dialektika grekcha «dialektike» so„zidan kelib chiqib tabiat, jamiyat va tafakkurning 
umumiy qonunlarini o„rganish usuli sifatida vujudga kelgan. 
Qadimiy falsafa tabiatda va jamiyatda butun borliq o„zgaruvchanligini asoslagan va 
hodisalar, jarayonlarni bir holatdan ikkinchi qarama-qarshi holatga o„tishini isbotlagan. Aristotel 
dialektikani ehtimol fikrlarini isbotlash to„g„risidagi fan deb qaragan. 
Butun borliq, mavjudotni har biri ham bor ham yo„q; o„z o„ziga teng va teng emas
o„ziga o„xshaydi va o„zidan qarama-qarshi holatga o„tadi. SHuning uchun ham borliq to„la 
qarama-qarshilikdan iborat, yagona va ko„p, mangu va o„tuvchan; o„zgarmas va o„zgaruvchan; 


tinch holatda va harakatda. Bunday jarayonlarni o„rganish usuli sifatida dialektika vujudga 
kelgan. 
SHunday qilib, falsafaning tabiat, jamiyat va tafakkurni o„rganish usuliga dialektika deb 
tushuniladi. 
Iqtisodiy reallik ham butun jamiyatdagi borliqni bir qismidir. SHuning uchun iqtisodiy 
reallikda sodir bo„layotgan hodisalar va jarayonlarni o„rganishda barcha iqtisodiy fanlar, shu 
jumladan korxona iqtisodiyoti dialektika usulidan keng foydalanadi. 
Induktsiya lotincha «inductio» so„zidan olingan bo„lib xabar olish mazmunini bildiradi. 
U fikr yuritishning bir tipi va tadqiq qilish usulidir. Umuman induktsiya tadqiqot qilishda, 
xulosalarni asoslashda xususiylikdan ayrim voqelikdan umumiylikka o„tish usulidir. Iqtisodiy 
jarayonlarni tahlil qilishda umumiy nazariy bilimga ega bo„lish uchun uning alohida tomonlari, 
emprik asoslari o„rganilib xulosa qilinadi. 
Deduktsiya lotincha «deductio» so„zidan olinib so„zma-so„z «chiqarish» ma‟nosini 
bildiradi. Deduktsiya ham induktsiya kabi fikr yuritishni bir tipi va tadqiq qilish usuli bo„lib, 
induktsiya usulini teskarisini ishlatadi. Deduktsiya usuli ishlatilganda umumiylikdan 
xususiylikka qarab fikr yuritiladi va tadqiqot olib boriladi. 
Induktsiya va deduktsiya logik fikr yuritishga asoslangan. Iqtisodiy tadqiqotlar 
o„tkazishida ayrim belgilarni tahlil qilib uning asosida umumiy jarayonga baho berish yoki uning 
teskari hollari yuz berishga ko„p to„qnashamiz. 
Analiz va sintez grekcha «anajysis» va «synthesis» so„zlaridan olingan bo„lib, analiz - 
bo„lish, ajratish va sintez - muvofiqlik, munosiblik ma‟nosini bildiradi. Analiz va sintez tadqiqot 
usuli bo„lib, umumiy mazmunni yaxlitlikni alohida tarkibiy bo„limlarga (xususiylikga) ajratish 
va yaxlitlikni alohida tarkibiy bo„limlardan yaratish jarayoniga tushuniladi. Bular ham tadqiqotni 
logik uslublaridandir. Iqtisodiy amaliyotda bu usullardan keng foydalaniladi. Bunga asos bo„lib 
«Iqtisodiy tahlil nazariyasi», «Xo„jalik faoliyatini iqtisodiy tahlili» degan fanlarning mavjudligi 
hisoblanadi. 
Korxona iqtisodiyoti ilmiy fan sifatida yuqorida keltirilgan falsafaning usullaridan va 
boshqa fanlarda ishlatiladigan ko„p arsinalli usul va uslublarni o„z predmetini o„rganishda 
ishlatadi. Ta‟biiy yo„naltirilishi bo„yicha bu usul va uslublar iqtisodiy jarayon va hodisalarni 
tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o„tkazish, prognozlash, rejalashtirish qurollari sifatida ishlatiladi. Bir 
qator alomatlari bo„yicha bu usullar son va sifat tahlili, solishtirish, kuzatish, eksperiment 
o„tkazish, sistemali tahlil, modellashtirish, estropolyatsiya, interpolyatsiya kabilarga bo„linadi. 
Bular bilan bir qatorda statistik, matematik bashorat (gipoteza) usullari keng ishlatiladi. 
Iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni boshqaruv tizimiga, ularni o„rganish, tadqiqot qilish 
uchun iqtisodiy axborotlar majmuasi ishlatiladi. Ular fan ob‟ektining xo„jalik faoliyati to„g„risida 
tasavvur beradi. Umuman axborotlarsiz qandaydir qaror qabul qilish qiyin. 
Axborot qabul qiluvchiga uch xil tushunish filteri orqali yetkaziladi, ya‟ni qabul qilish, 
tushunish va baholash. SHu nuqtai nazardan axborot, 
qaror qabul qilish yoki biron bir vazifani bajarish uchun foydali bo„lgan, 
qabul qilingan, tushunilgan va baholangan yangi bilimlar qatoriga kiradi. 
Axborotlar doirasi juda kengdir va uning har xil turlari mavjud: Tabiat to„g„risida, tarix 
to„g„risida, ijtimoiy hayot to„g„risida, siyosat to„g„risida, texnikaviy, iqtisodiy va hokazolar. 
Iqtisodiy axborotlarga tushuncha berib o„tamiz. 
Qisqacha qilib aytganda, iqtisodiy axborotlarda iqtisodiy jarayon va hodisalarning son 
va sifat tomonlari o„z ifodasini topadi. Iqtisodiy axborotlarga keng ma‟noda qaralsa, 
quyidagilardan tarkib topadi: 
- boshqaruvchi va boshqariluvchi ob‟ektlar o„rtasida aloqa vositasi sifatida ishlatiladi; 
- barcha aloqador ob‟ektlar, sub‟ektlar orasida bir-biriga yuboriladigan xabarnoma 
sifatida ko„rinadi; 


- boshqaruv qarorlarini asoslash va qabul qilish uchun zarur bo„lgan hodisalar, 
jarayonlar, munosabatlar va narsalarning xususiyati to„g„risidagi yangi bilimlar majmuasi 
sifatida namoyon bo„ladi; 
- hodisalar va jarayonlarni o„ziga xos xususiyatlaridan tabiatidan darak beruvchi 
xabarnoma sifatida tasavvur qilinadi; 
- iqtisodiy usul va uslublarni ishga solish, fan predmetini o„rganish va tadqiq qilish 
hamda xulosalarini namoyon qilish uchun dastak bo„lib xizmat qiladi. 
Yuqoridagilardan ko„rinib turibdiki, iqtisodiy ma‟lumotlar iqtisodiyotda ahamiyati katta 
keng ma‟noda ishlatiladi, ishlatilish doirasi ham keng. 
Konkret qilib ta‟rif berilsa, iqtisodiy axborotlarda jamiyatda sodir bo„layotgan barcha 
iqtisodiy ishlarning son va sifat jihatlari (hajmi, mazmuni) o„z ifodasini topadi. 

Download 288.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling