1-Mavzu: “Korhona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifalari Reja


Download 288.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana16.06.2023
Hajmi288.11 Kb.
#1488696
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 мавзу



1-Mavzu: “Korhona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifalari 
Reja. 
1.1. «Korxona iqtisodiyoti» fanini o„qitish maqsadi. 
1.2.«Korxona iqtisodiyoti» fanining predmeti va boshqa fanlar bilan aloqasi. 
1.3. Fanni o„rganish usullari 
 
1.1. «Korxona iqtisodiyoti» fanini o„qitish maqsadi. 
Barcha turdagi mahsulotlar, iste‟mol mollari korxonalar tomonidan iste‟mol bozorlariga 
yetkazib beriladi. Korxonalar ochiq tizim bo„lib, tashqi muhitdan xomashyo va energiya 
resurslarini, mablag„larni va ishchi kuchlarini, axborotlarni va texnologiyalarni jalb qiladi 
hamda u tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko„rsatiladigan xizmatlar shaklidagi mehnat 
natijalarini- iste‟molchilarga taklif etadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so„ng 
korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishi uchun ularning huququiy tamonlariga 
katta e'tibor berilib bir muncha qonun va me'yoriy xujjatlar qabul qilingan. 
 «Korxona iqtisodiyoti» fani birinchi navbatda korxonalarni ichki faoliyatini o„rganishni 
asosiy maqsad qilib oladi. Uning mahsulot ishlab chiqarish moddiy texnika resurslarini sarf 
qilishni talab qilish bilan xodimlar mehnati, ularga haq to„lash va rag„batlantirishning boshqa
shakllari bilan daromad hajmi, harajatlar miqdori va bahoni shakllantirish bilan bog„liq bo„lgan 
qo„shma korxonalarda sodir etiluvchi xodisa va jarayonlarni o„rganishni, izoxlashni 
mo„jallangan, bunda turli xil omillarni oddiy tarzda amal qilish haqidagina emas, balki 
korxonalar iqtisodiy hayotining moxiyatini anglash ularni iqtisodiy axvolini yaxshilash yo„llarini 
tanlash, baholash va tahlil qilish, eng muhim iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirish va 
modellashtirish haqida ham boradi. Fanning maqsadi talabalarga iqtisodiy bilimlarni o„rganish 
yordamida korxonalar iqtisodiyotidagi muammolar bo„yicha qaror qabul qilish ko„nikmalarini 
singdirishdan iboratdir, ya'ni bo„lajak mutahasislarni ishlab chiqarishni tashkil qilish, 
rejalashtirish va boshqarish vazifalarini malakali tarzda hal qilish, korxonalarning harajat va 
daromadlarini tarkib topishi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud 
bo„lgan yo„llarini o„rgatishdan iboratdir.
Hozirgi sharoitda korxonalarda cheklangan manb‟alardan eng maqbul tarzda foydalanish 
to„g„risidagi boshqaruv qarorlari iqtisodiy faoliyatning mazmunini tashkil etadi. Bunday 
sharoitda korxonalardagi iqtisodiy faoliyat turli shakllarda namoyon bo„ladi. Uni ilmiy jihatdan 
tushunish, idrok etish va bilish korxona iqtisodiyoti fanining nazariy asosini tashkil etadi. 
Korxona iqtisodiyoti fani korxonalarda xo„jalik faoliyatini yuritishning samarali nazariy va 
amaliy jihatdan asoslash bilan shug„ullanadi. 
Iqtisodiy faoliyatning maxsus sohalarini tadqiqot qilganda, ya'ni amaldagi xo„jalik yuritish 
haqidagi bilimlarni to„plash, zarur bo„lganda mazkur bilimlar majmuiga murojaat etish va ular 
orasidan zarurini tanlab olishda kerak bo„ladi. Fanlararo fan bo„lmish «Korxona iqtisodiyoti» 
ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida korxonani xo„jalik faoliyatini yuritish masalalariga asoslanadi. 
Mazkur xo„jalik faoliyati esa cheklangan manbalardan samaradorli foydalanish to„g„risidagi 
qarorlar qabul qilish bilan belgilanadi. 

Download 288.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling