1-Mavzu: “Korhona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifalari Reja
Download 288.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona deganda
Korxona iqtisodiyoti - mustaqil iqtisodiy fan hisoblanadi.
Iqtisodiyot fani xo„jalik yuritishning bayoniy nazariy, amaliy va me'yoriy masalalari bilan shug„ullanadigan ilmiy sohadir. Iqtisodiyot ko„p qirrali murakkab tizim, shu sababli u ikki mustaqil ilmiy sohani: milliy xo„jalik to„g„risidagi fan bilan korxona iqtisodiyoti to„g„risidagi fanni o„z ichiga oladi. Korxona deganda mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish jamiyat talabini kondirish uchun foyda olish usulida tadbirkorlar yoki tadbirkorlar birlashmasi tomonidan tashkil qilingan mustaqil xo„jalik yurutuvchi sub‟ekti tushuniladi. Ishchining ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita aloqasi korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sodir bo„ladi. Mustaqil sanoat korxonasi deganda, ishlab chiqarish texnik birligigaa, tashkiliy-ma'muriy va xo„jalik mustaqilligiga ega bo„lgan ishlab chiqarish bo„g„ini tushuniladi. Korxona o„z faoliyatini mustaqil uyushtiradi, mahsulot ishlab chiqarishni, soliq va boshqa majburiy to„lovlardan keyin xosil bo„lgan foydani boshqaradi. Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkor xal etuvchi shaxs rolida bo„ladi. Korxona davlat ro„yxatidan o„tishi bilan tadbirkorlik faoliyatiga ega bo„ladi. Bunda aloxida fuqaro, haq fukarolar birlashmasi tadbirkorlik faoliyati sub‟ekti bo„lishi mumkin. Yuqorida aytib o„tilganidek, korxona faoliyatining maqsadi – aholini ijtimoiy ehtiyojni kondirish va foyda olish. Taraqqiy etgan bozor munosabatlari sharoitida ikkala maqsadni oqilona birga olib borishni talab qiladi. Albatta, biznes – bu tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyati, ularning san'ati hamda foyda miqdorini oshirish, rentabellik darajasini oshirishdagi qobiliyati ekanligini tan olish kerak. Shu bilan birga, ochiq iqtisodiyot sharoitida biznesning rivojlanishi iste‟mol bozorini tovar va xizmatlar bilan to„ldirishga ko„maklashadi, iqtisodiyot tizimining tarkibiy o„zgarishlarini faollashtiradi, ilmiy-texnik yutuqlarni tadbiq etishni rag„batlantiradi, ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirishga yordam beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib «Korxona iqtisodiyoti» fanini o„qitishdan asosiy maqsad ta‟lim oluvchilarga amaliy iqtisodiy bilimlarni, shuningdek mustaqil fikrlash hamda olingan axborotlar va mustaqil o„rganish yordamida korxona iqtisodiyoti muammolari bo„yicha qaror qabul qilish ko„nikmalarini singdirish hisoblanadi, ya'ni mutahasislarni ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish vazifalarini malakali tarzda xal qilish, korxonaning harajatlari va daromadlarini yuzaga kelish tartiblari hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo„llari mavjud imkoniyatlarini topish tushuniladi. Download 288.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling