1-Mavzu: “Korhona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifalari Reja
-rasm. Korxona iqtisodiyoti fanining o„rganish usullari
Download 288.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejalilik
- Maqsadlilik va adreslilik printsipi
- Operativlik printsipi
1.1-rasm. Korxona iqtisodiyoti fanining o„rganish usullari
Korxona iqtisodiyoti kursining o„rganish qonuniyatlarini ikkita asosiy guruhga bo„lib olishimiz mumkin: - Makrodoiradagi printsiplar - Mikrodoiradagi printsiplar Ilmiylik printsipi –korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishida iqtisodiy qonunlar, fan va texnika taraqqiyoti yutuqlari, tabiat qonunlarini chuqur o„rgangan holda qarorlar qabul qilishda namoyon bo„ladi. Umumiylik –qabul qilingan qarorlar barcha sohalar, bo„g„inlar va ta'sischilar uchun yagonaligini bildiradi. Bu yerda ta'sischilar tarkibidan va holatidan qat'iy nazar korxona bosh strategiyasi yagona hisoblanadi. Rejalilik – korxonalar xo„jalik yuritishining asosiy vositasi istiqbolli rejalar hisoblanadi. Bu o„z navbatida rejalilik tamoyili mohiyatini anglatadi. Moslashuvchanlik -ikki va undan ortiq ta'sischilar manfaatlari mosligi o„z aksini topishi bilan ifodalaniladi. Korxona faoliyatini boshqarishda xalqaro konventsiya qonunlariga itoat etish, ichki va tashqi bozor talablari asosida mahsulotlar ishlab chiqish. Maqsadlilik va adreslilik printsipi – bu kichik va o„rta biznes sub‟ektlari ishlab chiqarish faoliyatini ma'lum bir maqsad va adresga qaratilganligini anglatadi. Bundan tashqari ishsizlikni cheklash, ichki bozorni to„ldirish mavjud imkoniyatdan to„la foydalanish. Operativlik printsipi – bu korxona faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish qarorlarini o„z vaqtida va tez amalga oshirilishini bildiradi. Samaradorlik tamoyili – korxonalar ishlab chiqarish va xo„jalik faoliyatini ta'sischilar moliyaviy holatini barqarorlashuvi yo„lida olingan ijobiy natijalarni harakterlaydi. Nazorat va muhokama uchun savollar. 1. Bozor iqtisodiyoti ma‟muriy-buyruqbozlikka asoslangan avvalgi iqtisodiyotdan nimasi bilan farqlanadi? 2. Iqtisodiy fanlar va aynan “Korxona iqtisodiyoti” fani jamiyat kadrlarining shakllanishida qanday rol o‟ynaydi? 3. Ishlab chiqarish (sanoat) korxonasi bozorning xo‟jalik yurituvchi boshqa sub‟ektlaridan qaysi xususiyatlari bilan farqlanadi? 4. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining maqsadi nimada? 5. Korxonaning bozor va ishlab chiqarish aloqalarini ochib bering. 6. Raqobatchilik korxona faoliyatiga qay tarzda ta‟sir o‟tkazadi? 7. Zamonaviy korxonalarning faoliyati qaysi qonun hujjatlariga asoslangan? Korxonalar faoliyatiga bevosita ta‟sir qiluvchi muayyan qonunlarni sanab o‟ting. 8. “Korxonalar iqtisodiyoti” fani «Mikroiqtisodiyot» va «Makroiqtisodiyot» fanlaridan nimasi bilan farqlanadi? 9. Iqtisodiy siyosat, iqtisodiy muhit va iqtisodiy fanlarning o‟zaro aloqalarini ko‟rsatib bering. 10. Korxonaning iqtisodiy faoliyati bilan shug‟ullanuvchi zamonaviy mutaxassis qanday xislatlarga ega bo‟lishi lozim? Download 288.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling