1-Mavzu: “Korhona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifalari Reja


Download 288.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana16.06.2023
Hajmi288.11 Kb.
#1488696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 мавзу

 
 
1.2. «Korxona iqtisodiyoti» fanining predmeti va boshqa fanlar bilan aloqasi
Korxona iqtisodiyotning asosiy bo„g„ini bo„lib, bunda kadrlar mujassamlangan bo„ladi 
hamda samarali boshqaruv menejmenti qo„llaniladi va resurslardan oqilona foydalanish va 
zamonaviy texnika hamda texnologiyalardan foydalanib faoliyat yuritish talab etiladi. Har bir 
korxonaning asosiy vazifasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifat ko„rsatkichlarini 
saqlagan holda harajatlar miqdorini minimallashtirish hamda foydani maksimalashtirish
hisoblanadi. 
Bizlarning maqsadimiz korxona xo„jalik mexanizmini mazmunini va elementlarini 
yoritib berish bo„lganligi uchun faqat xo„jalik mexanizmini korxona faoliyati doirasida ko„rib 
chiqamiz. Bizlarning fikrimizcha korxona xo„jalik mexanizmi quyidagi elementlardan tashkil 
topadi. 
Birinchidan, ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, korxona va tadbirkorlikning 
shakl va turlari, ularni ixtisoslashi, kooperativlashishi, kontsentratsiyalanishi va hokazolar. 
Ikkinchidan, korxonani boshqarish tarkibi, usul va shakllari. Bu element iqtisodiy 
munosabatlarni boshqaruv aspektiga tuzilishini, ishlab chiqarishga ta‟sir qilish uchun 
ishlatiladigan ma‟muriy va iqtisodiy usullarni o„z ichiga oladi. 
Uchinchidan, korxonaning davlat organlari va iqtisodiyot boshqa sub‟ektlari bilan 
moliyaviy-kredit munosabatlari, xo„jalik aloqalari. 
To„rtinchidan, korxona faoliyatida ishlatiladigan iqtisodiy rag„batlantirish shakllari, 
usullari, iqtisodiy dastaklar (baho, ish haqi, foydalar kabi). 


Beshinchidan, korxona faoliyatini ishlab chiqarishni tartibga solishni huquqiy shakl va 
usullari. Yuridik qonunlar, davlat organlarining normativ hujjatlari, ko„rsatmalari, korxonaning 
nizomi, ustavi va hokazolar. 
Oltinchidan, ishlab chiqarishga ta‟sir qiluvchi sotsial-psixologik omillar. 
Bu tartib va qoidalar korxona iqtisodiyotida o„z ifodalarini topadi va korxonaning 
faoliyatini yo„naltiradi. 
ettinchidan, konkurentsiya, jur‟at, xavfsizlik, tijorat sirlarining shakl va usullari. 
Korxonaning xo„jalik mexanizmi murakkab va ko„p qirrali tushunchadir. Xo„jalik 
mexnizmini o„rganish orqali korxona faoliyatida ro„y berayotgan iqtisodiy hodisalar va 
jarayonlarga baho berish, ularni rejalashtirish yo„llarini aniqlash imkoniyatiga ega bo„lamiz. 
Xulosa qilib aytganda korxona iqtisodiyoti fani korxonaning xo„jalik mexanizmini 
o„rganish orqali o„z maqsadiga erishadi. CHunki uning asosiy maqsadi: 

Download 288.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling